qo‘yardi. и davlat ishlari orasida, hatto harbiy yurishlar
vaqtida ham qulay fursat bo‘lib qolsa, kitob o‘qish va asar yozish bilan
shug‘ullangan.
Shams ud-Davlaning harbiy yurishlardan birida kasali avj olib ketib, ahvoli
og‘irlashib qoladi. Uni tuzatish uchun ibn Sinoning har qancha urinishiga qaramay,
u Hamadonga qaytish yo'lida vafot etadi.
Shams ud-Davlaning o‘rniga taxtga o‘tirgan o‘g‘li Samo ud-Davla ibn Sinoga
nisbatan unchalik iltifot qilmaydi. Shuning uchun Ibn Sino vazifasini topshirib,
saroydan ketadi. Olimning maqsadi o‘z ilmiy-ijodiy ishlarini davom ettirish edi.
Ammo, Ibn Sinoning oldida yangi qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Saroydagi Ibn
Sinodan norozi kishilar va harbiylar yangi shohning olimga nisbatan
iltifotsizligidan foydalanib, unga qarshi g‘arazli ishlar qila boshlaydilar. Ibn Sino
bu hujumlardan qutilish va o‘zining hayoti hamda ijodiy ishlari uchun qulay
sharoit topish maqsadida bo‘lsa kerak, Isfaxon hukmdori A’lo ud-Davlaga xat
yozib, unga xizmat qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Bu xatdan Samo ud-
Davlaning vaziri Toj ul-Mulk xabardor bo‘lib qolib, uni shohga ma’lum qiladi.
Samo ud-Davla Ibn Sinoni hibsga olish haqida farmon beradi. Ammo, olimning
do‘stlari uni bir ishonchli kishining uyiga joylashtirib, yashirib qo‘yadilar. Ibn Sino
bu yerda ham vaqtni bekor o‘tkazmay, o‘z asarlari ustida ishni davom etdiradi. Bu
haqda Abu Ubayd Juzjoniy quyidagilarni yozgan: "0‘shanda shayx Abu G‘olib al-
Attor degan kishining uyida yashirinib yotardi. Men u kishidan "Ash-shifo"
kitobini tugatib berishni so'radim. Shayx uy egasidan qog‘oz va siyoh olib kelishni
iltimos qildi. U kishi shayxning so‘raganlarini keltirib berdi. Shayx o‘z qo‘li bilan
yigirma qismdan iborat sakkizdan bir taboq qog‘ozga asosiy masalalarni yozib
12
chiqdi. Bunda u birorta kitobga ham qaramaydi, birorta manbaga ham murojaat
qilmadi. Barchasini yoddan yozdi".
Shayx dasta-dasta qog‘ozlarni oldiga qo‘yib olib, sarlavhalari qo‘yilgan har bir
mavzuga nazar tashlardi-da yozishga kirishardi. Har kuni 50 varaq yozardi. Bu
yerda Juzjoniy Ibn Sinoning har kimda ham bo‘lavermaydigan uchta fazilatini
ko‘rsatib bergan. Birinchidan, Ibn Sino har qanday mushkul vaziyatda ham
tushkunlikga tushmasligi; ikkinchidan, uning zo‘r ish qobiliyatiga ega ekanligi;
uchinchidan uning o‘ziga xos takomillashgan ish uslubi borligi. Bularga yana Ibn
Sinoning o‘z asarlarini yoddan yozishligi qo‘shilsa, bu olimning haqiqatan buyuk
iste’dod egasi ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Ibn Sino o‘shanda, yashirinib yotgan joyida o‘zining "Kitob ash- shifo" nomli
asarini tugatish arafasida edi. Ammo, uni bu yerdan topib olib, shahar chekkasidagi
qal’aga qamab qo‘ydilar. Olim bu qal’ada to‘rt oycha qamalib yotdi. Bu yerda ham
u tushkunlikga tushmay, o‘ziga xos, matonat bilan kitob yozishni davom ettirdi.
Xususan, Ibn Sino bu qal’ada "Kitob al-hidoiya" (”To‘g‘ri yo‘l kitobi"), "Hayyi
ibn Yakzon” ("Uyg'oq o‘g‘li tirik") va "Kitob al-qulanj" (”Yo‘g‘on ichak
yallig'lanishi") nomli uchta asar yaratdi. Bularning oldingi ikkitasi falsafaga,
keyingisi esa tibga oiddir. Bu voqea 1023-yilda bo'lib o‘tgan edi. Demak, "Kitob
al-qulanj" 1023-yilda yozilgan.
O'sha vaqtda Isfaxon hukmdori A’lo ud-Davla Hamadonga yurish qilib, u yerga
bostirib keladi. Samo ud-Davla bilan Toj ul-Mulk qochib ketadilar. Buning
natijasida Ibn Sino hibsdan qutiladi. Abu Ubayd uni kutib olib, bir tanish kishining
uyiga joylashtirib qo'yadi. Ammo, Ibn Sinoning Hamadonda qolishi xavfli edi.
Samo ud-Davla bilan Toj ul-Mulk qaytib kelganlaridan so'ng uni yana hibsga
olishlari yoki boshqa yo'l bilan undan o'ch olishlari mumkin edi. Shuning uchun
Ibn Sino bu shaharga kelgan ukasi Mahmud va shogirdi Juzjoniy bilan
Hamadondan yashirincha chiqib ketadilar va Isfaxon tomonga jo'naydilar. Ularni
Isfaxon darvozasi yaqinida A’lo ud-Davla yuborgan kishilar kutib oladilar. Bundan
ko'rinadiki, A’lo ud-Davla Ibn Sinoga nisbatan hurmatni bajo keltirgan.
Bir oz vaqtdan so'ng Ibn Sinoni saroyga chorlaydilar. Bu yerda uni A’lo ud-
Davla qabul qilib, saroy ahllariga tanishtiradi. A’lo ud-Davlaning saroyida "Majlisi
ulamo" ("Olimlar majlisi") tashkil etilgan bo'lib, unda saroydagi barcha olimlar
birlashgan edilar. Ibn Sinoni ham bu anjumanga kiritadilar. Majlis a’zolari har
juma kuni kechqurun yig'ilishib, fanning turli sohalari bo'yicha suhbatlar, bahslar
va munozaralar o'tkazib turarkanlar.
A’lo ud-Davlaning o'zi ham o'qimishli, bilimdon kishi bo'lgan. Shuning uchun
anjumanni ko'pincha uning o'zi olib borgan. Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha
"Majlisi ulamo” a’zolarining orasida Ibn Sino o'z bilimining chuqurligi va kengligi
jihatidan boshqalardan ajralib turarkan. Shuning uchun A’lo ud-Davla Ibn Sinoga
13
alohida hurmat bilan qararkan.
Isfaxonda Ibn Sino 14 yilcha (1024—1037) yashagan. Bu yerda ham u o'zining
ijodiy faoliyatini davom ettirib, turli sohalarga oid ko'pgina asarlar, sharhlar va
kitoblarga qo'shimchalar yozgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra Isfaxonda Ibn Sino rahbarligida bir kasalxona
barpo etilgan. Uni "Davolash uyi" deb atagan ekanlar. Kasalxonaga bunday nom
berishning o'z tarixi bor ekan. Ibn Sino tomonidan tuzilgan loyihada bu kasalxona
"Davolash uyi", deb atalgan ekan. Loyihani tasdiqlashda A’lo ud-Davla bu so'zni
"Bemorlar uyi", deb o'zgartirib qo'yibdi. Shunda Ibn Sino odob va muloyimlik
bilan A’lo ud-Davlaga kasalxonani "Davolash uyi" deb atash maqsadga muvofiq,
chunki bunda bemorlarda kasallikdan qutilish umidi paydo bo‘ladi. "Bemorlar uyi"
deganda esa, umidsizlik hissi kelib chiqishi mumkin, deb tushuntiribdi va qo‘shib
qo‘yibdi — "Mening ko‘p yillik tajribam shuni ko‘rsatdiki, xastalikdan qutilish
mumkinligi haqida ishonch paydo bo‘lishi bemor uchun juda yaxshi dorilardan
biridir". Shunda A’lo ud-Davla Ibn Sinoga qarab, bir oz o‘ylab qolibdi, so‘ng
"Bemorlar uyi" degan so‘zni keskin o'chirib, "Davolash uyi” deb yozib qo'yibdi.
Abu Ubayd Juzjoniy Ibn Sinoning tibbiy asarlari va amaliy tabiblik faoliyati
haqida unchalik ko‘p ma’lumot bermagan. Faqat olimning tibga oid ba’zi asarlari
qachon va qayerda yozilganligi haqida qizqa-qisqa ma’lumot berib o‘tgan. Bir
joyda Shayx bemorlarni davolash jarayonida ko‘p tajriba hosil qildi. Ularni "Al-
qonun" kitobiga kiritmoqchi bo'ldi, lekin ular "Qonun” kitobi yozilishidan oldin
turli sabablar bilan yo‘qolib ketdilar" deb xabar qilgan, xolos.
Ibn Sinoning amaliy tabiblik faoliyati haqida esa "Olim bir marta o‘zini bosh
og‘rig‘i kasalligidan tuzatgan edi va xorazmlik bir ayolni o‘pka sili kasalligidan
davoladi", deb yozish bilan cheklangan. Bizning fikrimizcha Ibn Sino ko‘proq
shohlar va katta amaldorlarni davolash bilan band bo'lgan bo‘lsa kerak.
Biz yuqorida Ibn Sinoning tibga oid asosiy asarlarini ko‘rsatib o‘tdik. Rasmiy
ma’lumotlarga binoan Ibn Sino tibga oid 31 asar tasnif etgan. Shulardan eng kattasi
va eng muhimi "Tib qonunlari" kitobidir. Ibn Sino ana shu kitobi tufayli jahonga
mashhur bo‘lib ketgan.
Ibn Sino asarlarining hammasi ham bizgacha yetib kelgan emas. Ularning ko‘pi
vaqt o‘tishi va turli suronli voqealar natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Masalan,
olimning ko‘p asari G‘azna shahridagi kutubxonada saqlangan ekan. 1150-yilda bu
shaharga o‘t ketganida shu kitoblar ham yonib ketibdi.
Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha "Tib qonunlari" dastlab 14 jilddan iborat
bo‘lgan. Keyin u 5 jildga keltirilgan. Hozir bu kitob o‘zbek va rus tillarida 6 jildlik
qilib chop ettirilgan.
Ibn Sino hayotining so‘nggi davri haqida Juzjoniy quyidagi ma’lumotni bergan:
"Ustoz jismoniy jihatdan juda baquwat odam edilar. U kishining tanasi
14
kasalliklarga nisbatan chidamli edi. Ammo, 425-hijriy (1035- milodiy) yilning
yozida u kishida qandaydir ichak kasalligi paydo bo‘lib, unga har qancha muolaja
qilsalar ham tuzalmadi. Aksincha kasallik og‘irlashaverdi. Hech qanday dori
korqilmadi. Bunday ahvol bir yildan ortiq davom etdi. Nihoyat, ustozning darmoni
butunlay qurib, ahvoli haddan tashqari og‘irlashib qoldi va kasalni tuzatish uchun
har qancha urinishlarga qaramay, 427-yil (1037-milodiy)ning 24-iyunida ustoz
olamdan o‘tdi. Shunday qilib qanchadan-qancha odamlarni o‘lim changalidan olib
qolgan buyuk hakim o‘z dardiga davo topa olmadi.
Tarixchrlar Ibn Sino qulanj (kolit) kasalligidan vafot etgan deb yozadilar.
Bizning fikrimizcha olim ichakda paydo bo‘lgan saraton (rak) kasalligidan vafot
etgan. Fikrimizni shu narsa tasdiqlaydiki, birinchidan Ibn Sinodek buyuk hakim
saratondan boshqa har qanday kasallikni muolaja usuli bilan davolay olardi.
Ayniqsa o'zini. Ikkinchidan kasallikga hech qanday dori kor qilmagan. Chunki
saratonni dori bilan tuzatib bo‘lmaydi. Uni operatsiya qilish kerak. Tabiiyki, Ibn
Sino o‘zini-o‘zi operatsiya qila olmasdi. Ehtimol, Isfaxonda o‘sha vaqtda bunday
operatsiyani qila oladigan jarroh bo'lmagandir. Uchinchidan rak kasalligi bir-bir
yarim yildan oshmaydi. Shu muddat ichida bemor vafot etadi. Ibn Sino ham o‘zida
kasallik alomatlari paydo bo‘lgan kundan boshlab bir yarim yilcha yashagan,
xolos. Hastalikning bunday kechishi aynan saraton (rak) kasalligiga xosdir. Shu
dalillarga asosan biz Ibn Sino rak kasalligi bilan og‘rigan va shu kasallikdan vafot
etgan, degan qat’iy fikrdamiz.
Abu Ali ibn Sino qomusiy bilimga ega bo‘lgan buyuk hakim edi. Shuning
uchun biz bu yerda olimning tibbiy fikrlari va tabiblik faoliyati haqida so‘z
yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |