Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi kesta

2§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar

2.1. О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari
Qо‘zichoqlar uchun profilaktoriyalar 100 bosh urg‘ochi qо‘y uchun kamida 10 ta 
tug‘ruqxona talab qilinadi. Tug‘ruqxonaning о‘lchamlari 1,2x1,2 m, 1,2x1,5 m bо‘lishi 
mumkin. Qо‘yxona (og‘ilxona) ichidagi yana bir muhim bо‘lma saqman bо‘lmasidir. 
Undan tashqari, bо‘g‘oz qо‘ylar, qisir qо‘ylar, qо‘chqorlar va kasal qо‘ylar uchun 
kо‘chma tо‘siqlar bilan alohida bо‘limlarga ajratish mumkin.qо‘ylarning salomatligini 
asrash Og‘ilxona tozaligi va dizenfeksiya qilish 
Kasallik qо‘zg‘atadigan illat gо‘ng va siydik bilan ifloslangan og‘ilxona polida paydo 
bо‘ladi. Shuning uchun, agar iloji bо‘lsa, siydikni kanallar orqali tozalash va yuvish va 
gо‘ngni tez-tez tozalash kerak. Agarda tо‘shamalar (yog‘och qipig‘i, somon) ishlatilsa, 
ifloslangan tо‘shamalarni yoz boshlanishi oldidan (tug‘ish boshlanmasdan) tozalash 
kerak. Og‘ilxona devorini, pol va shiftni ohak qilish lozim. Yog‘ochli joy (oxurlar va 
kataklarni) metall qismlari bо‘yalishi, ferma tо‘liq dezinfeksiya qilinishi shart. Dori-
darmonlar uchun laboratoriya 
Og‘ilxonaning kirish va chiqish eshiklari bir xil bо‘lishi kerak, iloji bо‘lsa og‘ilxonaga 
kiraverishda ohak yoki dezinfeksiyalovchi tozalik vositalarini qо‘yish kerak. Yopiq 
og‘ilxonalarda derazalar va eshiklar panjara bilan о‘ralgan bо‘lishi lozim. Shu tariqa har 
xil zarakunandalarning og‘ilxonaga kirib kelishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Gо‘ng turadigan 
joylar og‘ilxonalardan uzoqda bо‘lishi shart, pashshalar va shunga о‘xshash 
zararkunandalarning kо‘payishini oldini olish maqsadida gо‘ng tо‘planadigan joyni tez-
tez dorilang. 
Parazit kasalliklari. Boshqa chorva mollari singari qо‘ylarda parazitlar hayvonlarning 
mahsuldorligini pasaytiradi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazitlar 
kasalliklarning birinchi guruhi – distomatosis (jigar qurti), disroselium, oshqozon-ichak 
qil qurtlari kasalligi, senuroz (gir aylanma yoki tentak) kasalligi, ichak tasmasimon 
chuvalchanglari va о‘pka qurtlari kasalliklaridan iborat. Bular gelmint kasalliklari, deb 
ataladi. Parazitlarning ikkinchi guruhiga qо‘y bezgagi, teyleryoz, fassiolez, anaplazmoz 
va qonli diareya kabi kasalliklarning qо‘zg‘atuvchilari kiradi. Qо‘tir, kana, qon sо‘ruvchi 


28 
chivinlar, bit va burgalar kasallik manbaidir. Ulardan chorvani himoya qilishda 
quyidagilarga e’tibor bering: mintaqaning xususiyatlarini hisobga olgan holda qо‘ylarga 
bir necha marta dori beriladi, bо‘g‘oz qо‘ylar bundan mustasno; yaylovda о‘tlatish 
tartibga solinadi, hayvonlar shilliq qurtlar kо‘payadigan kо‘lmak suvli va loyli nam 
joylarda boqilmasligi kerak; og‘ilxonalarda yoriqlar yopiladi; yoz mavsumi 
boshlangandan qо‘ylar chо‘miltiriladi; - kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlardan 
ajratiladi.CHо‘miltirish parazit kasalliklarga qarshi eng samarali usullardan biridir. 
Qо‘ychilikda eng samarali dorilash ishi yuvintirish orqali amalga oshiriladi. Yuvintirish 
va dorilash ishida e’tiborga olinadigan masalalar quyidagilardir: hammom suviga 
aralashtiriladigan eng ta’sirli dorining ishlatilish meyorini aniqlash uchun qо‘ylardagi 
bitlar, kana va qо‘tirlarni aniqlang. Mutaxassis bilan maslahatlashing; dori-darmonlarni 
quruq joyda, bolalar ololmaydigan joylarda saqlash kerak. Oshxona anjomlari va 
oziqovqat saqlanadigan joylarda dorilarni saqlamang; dori vositasini hammomda suv 
miqdoriga mos dozada ishlatish va hammom suviga tо‘liq aralashtirish kerak. Shuning 
uchun uni avvalroq kichik idishlarda namuna usulida aralashtirish kerak. Kichik 
idishlarda eritilgan yoki kо‘paytirilgan preparat asta-sekin hammom suviga qо‘yiladi va 
aralashtirish uchun uzun tayoq bilan bir yо‘nalishda sekin aralashtiriladi. Dori-darmonli 
suv og‘izga va yuzga, qо‘llarga tegib ketmasligi uchun ehtiyot bо‘lish kerak. Epidemik 
kasalliklarQо‘ylarda epidemik kasalliklarning keltirib chiqaradigan omillar viruslar va 
bakteriyalardir. Qо‘ylarning chechak kasalligi. Qо‘ylar tanasining tuksiz qismida gul 
shaklidagi yaralarning paydo bо‘lishi kasallik alomatlaridan biridir. Yuqori harorat, 
nafas olishning qiyinlashishi, pulsning kо‘tarilishi, kо‘zning shishishi, siydik va 
axlatdagi о‘zgarishlar va boshqa alomatlar chechak darakchisi hisoblanadi. Bunga qarshi 
eng samarali himoya emlashdir. Emlama qо‘zilarga, har qanday yoshdagi qо‘ylarga 0,5 
dozada kо‘krak va о‘ng bilak о‘rtasidagi teri ostiga yuboriladi. 
Oqsil kasalligi va unga qarshi emlash. Bu kasallik turli fasllarda, kо‘pincha yoz oylarida 
uchraydi, kasallikning belgilari asosan tirnoqlar orasida yaralar paydo bо‘lishidir. 
Kamdan kam hollarda og‘izda ham yaralar kuzatiladi, boshqa alomatlari yuqori harorat, 
ishtahaning yо‘qolishi hamda bola tashlash tarzida namoyon bо‘ladi. Oqsildan himoya 
qilish kasal qо‘ylarni ajratish va emlashdan iboratdir. Emalash yilning istalgan vaqtida 


29 
va barcha yosh va jinsdagi qо‘ylarda amalga oshirilishi mumkin. Emlamani bо‘g‘oz 
qо‘ylar va 4 oydan kichik yoshdagi qо‘zilarga qо‘llash mumkin emas. 
Kataral isitma kasalligi va emlash. Bu qо‘ylarga xos kasallik bо‘lib, og‘zida, tilida va 
burnida shish kuzatiladi. Eng odatiy alomat - bu tilning kо‘karishi va osilib qolishi, bunda 
hayvonning nafas olishi qiyinlashadi. Chivinlarga qarshi kurashda, qо‘ylarni emlash eng 
samarali kurash chorasidir. Bо‘g‘oz qо‘ylar emlanmaydi, qо‘chqorlarni qochirish 
mavsumidan keyin yoki qochirishdan 2 oy oldin emlashni amalga oshirish kerak. 
Vibriosis (yuqumli bola tashlash kasalligi) va emlash. Bu kasallik homiladorlikning 
sо‘nggi oylarida qо‘ylarda bola tashlash shaklida namoyon bо‘ladi. Emlash ishlari 
urg‘ochi qо‘ylarni qochirish mavsumidan 3-4 hafta oldin amalga oshiriladi. 
Yuqumli ektima va emlash. Bu kasallik asosan qо‘zilarda uchraydi, qо‘zilarning og‘zi, 
tili va og‘iz atrofida paydo bо‘ladi. Tilning terisi shilinadi, yaralardan qon ketishi 
mumkin, agarda yaralar davolanmasa, ular yallig‘lanadi. Yaralar tufayli oziqlana 
olmaydi va qо‘zilar zaiflashadi, zarur choralar kо‘rilmasa, qо‘zilarda о‘lim darajasi 50 
foizgacha kо‘tarilishi mumkinTuyoq chirish kasalligi. Kasallik kuz va qishda kо‘proq 
uchraydi. Yaylov va og‘ilning loy va nam bо‘lishi kasallikni keltirib chiqaradi. 
Qо‘ylarning tuyoqlari yallig‘lanib, yomon hid keladi, hayvon oqsoqlanadi, tirnoq 
shaklini о‘zgartiradi, agar davolanish amalga oshirilmasa, tirnoq hatto tushishi mumkin. 
Buning oldini olish uchun qо‘yxonalar toza va tagi quruq bо‘lishini ta’minlash kerak. 
Yuqumli enterotaksemiya kasalligi (о‘t, ichak zaharlanishi). Entroksemiya bilan 
kasallangan qо‘zilar 1-14 kunlik bо‘lganida diareyadan qisqa vaqt ichida nobud bо‘ladi. 
Qо‘ylarda kasallik alomatlari odatiy kо‘rinishda bо‘ladi. Sog‘lom hayvonlarda tо‘satdan 
sakrash va titroq paydo bо‘ladi va hayvon tо‘satdan yiqilib о‘ladi, о‘lgan hayvonlarning 
oshqozon va ichagida qon quyilish kuzatiladi. Enterotaksemiyaga qarshi kurash ikki 
usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, kasallikning rivojlanishida rol о‘ynaydigan 
omillarni yо‘q qilishdir, ikkinchisi – emlash. Enterotoksemiya emlamasi fasllar 
almashinuvida, oziqlantirish sharoitlari о‘zgarishi boshlanishidan, ya’ni qishda 
boqishdan, yozda yaylov sharoitlariga boqishdan oldin qо‘llaniladi. 


30 
Infeksion nektorik gepatit kasalligi (yuqumli jigar). Kasallik alomatlari - tо‘satdan 
turg‘unlik, yurish qiyinlashuvi, tez nafas olish, bо‘yin egilishi, tishlarni g‘ijirlatish va 
tо‘satdan о‘lish.
Kasalliklarga qarshi kurash parazitlarga qarshi kurash tarzida amalga oshiriladi. 
Qо‘ylarga jigar zararkunandalariga qarshi muntazam ravishda dori berish kerak. Oraliq 
xost vazifasini bajaruvchi shilliqqurtlar va ular mavjud bо‘lgan botqoqliklar dezinfeksiya 
qilinishi kerak. Nekrotik gepatitdan himoya qilishning yana bir vositasi emlashdir. 
Kuydirgi kasalligi (taloqdagi qora yaralar). Kasallikning alomatlari yuqori tana harorati, 
yurakning tez urishi, titroq, og‘izdan sо‘lak oqishi va orqadan qon kelishi, qonli siydik 
chiqarish, tez zaiflashish va tо‘satdan о‘lim. Sо‘yilgan hayvonlarda qonning 
quyuqlashmasligi va taloq meyordan ortiq katta bо‘lishi kuzatilgan. Eng samarali chora 
emlashdir. 
Yuqumli brusellyoz kasalligi. Ushbu kasallikning asosiy belgisi sovliqlarda 
(homiladorlikning 2-4 oylarida) bola tashlash hodisasidir. Kasallikni aniqlash uchun 
qо‘ylardan qon olinadi va laboratoriyaga yuboriladi. Bu kasallik insonga osonlikcha 
yuqadi. Ayniqsa, xom sut iste’mol qilinsa va chala pishgan gо‘shtdan yuqishi mumkin. 
Bola tashlagan qо‘ylarning bachadonidan noxush hidli suyuqlik keladi. Kasallikning 
oldini olish uchun birinchi navbatda kasal hayvonlar suruvlardan ajratiladi. Samarali 
himoya emlash hisoblanadi. 
Babesiosis (qon siyish) kasalligi. Kasallangan hayvonlarda tana harorati kо‘tariladi, 
kavsh qaytarmay qо‘yadi, kasallik avj olganda siydik rangi о‘zgarib, quyuqlashadi. 
О‘lgan hayvonlar gо‘shtining rangi sariq rangga kiradi, qarshi choralar kо‘rilmasa, о‘lim 
darajasi juda yuqoridir. Eng samarali chora - emlash. 
Yaylovlar va о‘tzorlarda zaharli va zararli о‘simliklarning mavjud bо‘lishi ularning 
ozuqaviy qiymatini keskin kamaytirib yuboradi. 
Qо‘ylar zaharli о‘simliklarni iste’mol qilganda organizmida jiddiy о‘zgarishlar sodir 
bо‘ladi, ba’zida о‘lim holatlari kuzatiladi. О‘simliklarning zaharliligi ularda alohida 
kimyoviy birikmalarning: alkoloidlar, glikozidlar, saponinlar, organik (sinil, oqsalat va 
b. kislotalar), laktonlar, tkosaalbuminlar (fotozaharlilar- ritsin, robin), efir yog‘lari 


31 
(terpenlar, kamfora), bо‘yovchi moddalar (gossipol, giperitsin), smolali moddalar 
mavjudligidir. 
Zararli о‘simliklar tarkibida zaharli moddalar bо‘lmasa-da, ularda о‘tkir chetlar, 
murakkab gullar shodalari, qirrali tikonlari mavjud bо‘lib, bu illatlar qо‘ylarni 
oziqlanishiga xalaqit beradi. Bu guruh о‘simliklar ozuqa sifatda ishlatilsa yoki iste’mol 
qilinsa, olinayotgan chorvachilik mahsulotlarining sifatini (sutning rangi va ta’mi, 
terining yaxlitligi, junning kо‘rsatkichlari va boshqalar) buzadi. Chorva mollarining 
markaziy asab tizimi faoliyatini buzuvchi о‘simliklar qatoriga zaharli vex, oq va qora 
belena, krasavka (beladonna), oddiy luman, ikki boshoqli xvoynik, omejnik va boshqalar 
kiradi. . Ba’zi zaharli yaylov о‘simliklari Chorva mollarining markaziy nerv tuzilishining 
faoliyatini kamaytiruvchi hamda falajga olib keluvchi, ularning oshqozon, ichak tizimiga 
salbiy ta’sir qiluvchilar qatoriga kuzgi va tog‘li bezvremenniklar, bobovnik, aptekalik 
borets (akonit), bargsiz yejovnik, ekiladigan va baland orlyak, oddiy kirkazon, 
paparotnik, it petrushkasi kokorish), rakitnik, sariq rododenron, samshit, termopsis, 
dengiz triostrenigi, chemeritsa о‘simliklari kiradi.
Chorva mollarining nafas olish va oziqlanish tizimlari faoliyatiga ta’sir etuvchi 
о‘simliklar qatoriga: dala gorchitsasi, zaharli va qatorli gulyavnik, levkoyli sariq о‘t, 
о‘rmon jerushnigi, dorili kozlyatnik, yovvoyi sholg‘om kiradi. Chorva mollarining 
oziqlanish tizimlari faoliyatiga nojо‘ya ta’sir etuvchi о‘simliklar qatoriga dorili avran, 
andromed, dog‘li aronnik, botqoq oqqanoti, vatochnik, garmala, achchiq va dorili 
listoven, botqoq myatasi, izdizli va suvli norichnik, jariq va achchiq ochistok, qora 
paslen, pereleka, yumaloq bargli rosyanka, oddiy (kо‘kli) rumyanka, chastuxalar kiradi. 
Kо‘pgina zaharli va zararli о‘simliklar namli, yomon qaralmagan yaylovlar va boshqa 
joylarda uchraydi. 
О‘simliklardan zaharlanishning belgilari. О‘simliklar turli xil zaharlarni о‘z ichiga oladi, 
shuning uchun hayvonlarning о‘simlik turlariga qarab qanday alomatlar kо‘rsatishini 
aniq aytish qiyin. Ammo quyidagilarni kasallik alomatlari, deb hisoblashimiz mumkin: 
hech qanday sababsiz, tushunarsiz shaklda kasallanish; tana harorati kо‘tarilmasa ham 
markaziy asab tizimida yoki ovqat hazm qilish organlarida tо‘satdan bezovtalik va 
suruvdagi kо‘pgina hayvonlarda bu holatning kuzatilishi;yurakning tez-tez urishi va 


32 
oshqozon va ichakning buzilishi; zaiflik, koma holati va nafas olishning qiyinlashuvi;- 
tо‘satdan ich ketish va о‘lim. О‘simlikdan zaharlanishni davolash qiyin kechadi, ba’zida 
bu holat о‘lim bilan tugaydi. Zaharlanishni oldindan bartaraf etish muhimroq va osonroq 
hisoblanadi. Oldini olish uchun avvalambor, zaharli о‘simliklarni tanib olish va atrofda 
buta, о‘tloq-yaylov va daraxtlarni bilish juda muhimdir.
О‘simliklardan zaharlanishiga qarshi quyidagi choralarni amalga oshirish mumkin: 
qо‘ylarni sug‘orish va yurishi zaharlanish alomatlarini tezlashtirishi mumkin. Shuning 
uchun zaharli о‘simliklarni iste’mol qilishda gumon qilinayotgan hayvonlar suvdan 
uzoqroq tutiladi va yuritilmaydi; och qо‘ylar zaharli о‘simliklarga kо‘proq sezgir 
bо‘ladi, shuning uchun och va oriq qо‘ylarni yaylovlarga yuborishdan oldin ularni 
pichanlar bilan oziqlantirish kerak; agarda qо‘ylar yetarli miqdorda foydali о‘simliklarni 
topsa, ular zaharli о‘simliklarni yemaydi, zaharli о‘simliklar kо‘pincha mazali 
bо‘lmaydi; qо‘ylar boqiladigan yaylovlarda zaharli о‘simliklarni chо‘ponlar tanib 
olishlari kerak, agar zaharli о‘simliklar mavjud bо‘lsa, yaylov ulardan tozalanadi va 
ularga qarshi choralar qо‘llaniladi; ba’zi о‘simliklar ma’lum davrlarda zaharli 
hisoblanadi, bunday paytlarda qо‘ylar yaylovlarga qо‘yilmaydi; zaharli о‘simliklar 
foydali о‘simliklarga qaraganda tezroq о‘sadi, shuning uchun foydali va zararli 
о‘simliklar yaylovda tо‘liq о‘sib ulgurmasdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik 
kerak; hayvonlar orasida zaharlanish alomatlari paydo bо‘lishi bilanoq, podani bu joydan 
tezda olib ketish kerak. Xulosa qilib aytganda, qо‘ylarni och holda yaylovga yubormaslik 
kerak, ayniqsa, yaylov о‘simliklari yomg‘ir yoki shudring bilan namlanganda zaharli 
о‘simliklarning ta’siri yuqori bо‘ladi va zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ajratish va 
karantin Ajratish qisqacha qilib aytganda, kasal hayvonlar va sog‘lom hayvonlarni 
alohida-alohida joylarga olib borish va shu bilan kasallikning yuqishiga yо‘l 
qо‘ymaslikdir. CHо‘ponlar kasal hayvonlar bilan ishlaganda, fartuk va qо‘lqoplardan 
foydalanishi kerak. Yuqumli kasalliklar yuzaga kelgan holatlarda, og‘ilxonalarda va 
ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar yaxshilab tozalanadi va dizenfeksiya qilinadi. 
Dag‘al xashak va pichanlarning ochiq joyda bо‘lgan qismlari chiqindiga tashlanadi va 
qolgan qismlar dezinfeksiya qilinadi. О‘lgan qо‘ylar yoqib yuboriladi va chuqurga 
kо‘mib tashlanadi. Ushbu jarayonlar paytida yuzaga kelgan kasallik haqida veterinar 


33 
mutaxassislariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga xabar beriladi. Hududdagi barcha 
qо‘ylar emlanadiKarantin bir mamlakatga yoki hududga tashqaridan kelayotgan 
qо‘ylarni alohida joyda saqlash yoki kasallik paydo bо‘lgan hududdagi qо‘ylarni boshqa 
joyga kо‘chirishdan oldin bir muddat ushlab turishdir. Ushbu jarayon, ayniqsa, qо‘y 
suruvlarini boshqa joyga harakatlantirganda yoppasiga qо‘llanilishi kerak. 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish