20
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
chо‘ponlardan talab qilinadigan narsa qо‘ylarni talab jarajasida boqish va ularning
sog‘lig‘iga e’tibor berishdir. Suruvni boshqarish va yaylovda о‘tlatishda quyidagilarni
nazarda tuting:
-
bitta chо‘ponga tо‘g‘ri keladigan qо‘ylar soni 200-300 boshdan oshmasligi kerak;
-
qо‘zilatish mavsumida qо‘shimcha ishchi kuchi talab qilinadi;
-
suruvni yaylovda 150-200 metr kenglikda va taxminan 10-15 sotix maydonda bir
tekis yoyilishini taminlash kerak. Shu tariqa siyrak shaklda yoyilgan qо‘ylar bir-birini
bezovta qilmasdan о‘tlaydi. Agarda suruvdagi qо‘ylar soni juda kо‘p bо‘lib, bir joyga
tо‘planib qolishsa, suruvning oldida о‘tlayotgan qо‘ylar suruvning orqasida о‘tlayotgan
qо‘ylarga
ozuqa qoldirmaydi, natijada qо‘ylar boshqa tomonga tarqab ketadi;
-suruvning old tomonida chо‘pon, orqasida esa yordamchi chо‘pon bо‘lishi hamda har
bir daqiqada 4-5 metr (250-300 metr tezlikda) odimlashi kerak. Yaylovda о‘t miqdori
kam bо‘lsa, bu tezlikni oshirish mumkin, aks holda qо‘ylarga
yaylov ozuqasi
yetishmaydi va och qolishadi; itlar suruvni himoya qilish uchun ishlatiladi va 100-120
qо‘yga 1 it tо‘g‘ri kelishi kerak katta yaylovlarda о‘tlatishda yaylovning bir tomondan
boshlab, kengligi 150-200 metr bо‘lgan hududni oxirigacha bir chetdan о‘tlatish kerak;
8- rasm. Qо‘ylarni kech kuz va qish oylarida yaylovlarda oziqlantirish
issiq bо‘lgan davrlarda, quyosh tik kо‘tarilmagan
vaqtda podani sharqqa, quyosh tik
kо‘tarilib, harorat yanada oshganda shimolga va kechqurun g‘arbga tomon о‘tlatish
21
kerak; bahor va kuz oylarida qо‘ylarni kun bо‘yi о‘tlatish mumkin. Qо‘ylar yoz oylarida
peshin vaqtida issiq payti о‘tlashni yoqtirmaydi, shu bois ularni soya joyda biroz dam
oldirish kerak;
qо‘ylar qirov erib ketgandan sо‘ng ertalab soat 6 larda qо‘ylarni yaylovlarga olib borish
va soat 10 da dam oldirish kerak. Bahorda ertalabki qirovdan ehtiyot bо‘lish kerak, erta
tongdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib
yubormaslik kerak, peshindan keyin ularni avval
sug‘orib, keyin soat 16-17 lar atrofida yaylovga qaytarish mumkin;
о‘tlatish kun bо‘yi (bir necha soatlik dam olish bilan birgalikda) qо‘ylar tо‘yguncha
davom ettirilishi kerak yaxshi yaylovlar qо‘ylarning oziqlanishi uchun yetarlidir. Lekin
qochirish mavsumida va tuqqandan keyin sovliqlar albatta qо‘shimcha oziqlantirilishi
shart.
Qо‘ylarni urchitib kо‘paytirishda muhim bо‘lgan
mavsumiy davrlar mavjud, ular
quyidagilardir: qо‘ylarni qochirish davri, qishlov davri, tо‘l olish (tug‘dirish) davri.
Ushbu davrlarda qо‘ylarni yaylovlarda о‘tlatishdan tashqari, qо‘shimcha sifatli ozuqalar
bilan oziqlantirish qо‘ylarning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etadi.
Qо‘ylarni urug‘lantirish davrida oziqlantirish. Sovliqlarni natijali urug‘lantirish hamda
bо‘g‘ozlik davrini yuqori darajaga kо‘tarish, qochirish
muddatlarini qisqartirish
maqsadida (urug‘lantirish mavsumidan oldin va mavsum davomida) oziqlantirish,
urug‘lantirish mavsumidagi oziqlantirish, deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: