1) pog’onalar soniga ko’ra:
a) bir pog’onali turbinalar; bu turbinalar kichik quvvatga ega bo’lib, odatda, markazdan qochma nasoslar va ventilyatorlarni aylantirish uchun qo’llaniladi;
b) kichik, o’rta va katta quvvatli aktiv va reaktiv ko’p pog’onali turbinalar.
2) bug’ oqimi harakatiga ko’ra:
a) bug’ oqimi turbina o’qi bo’yicha yo’naluvchi turbinalar;
b) radial turbinalar; bu turbinalarda bug’ turbina aylanish o’qiga perpendikulyar tekislik bo’ylab harakatlanadi. Ayrim hollarda katta quvvatli kondensatsion radial turbinalarning oxirgi pog’onalari o’q bo’yicha yo’naluvchi qilib bajariladi. Radial turbinalar qo’zg’almas yo’naltiruvchi kurakchalarga va faqat aylanuvchi ishchi kurakchalarga ega bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |