Nodavlat Moliyaviy nazorat
Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan Moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. YUqorida qayd etilgandyek, Moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.
Ichki firmaviy Moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporasiyalar о‘zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgaltyeriya, Moliya bо‘limi, Moliyaviy myenyejmyent xizmatlari va boshqalar tomonidan о‘z korxonasi, filiallari va Shu’ba tuzilmalarining Moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag’larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi, Rejalashtirgan Moliyaviy natijalar bilan haqiqiy Moliyaviy natijalar qiyoslab, tahlil qiladi, investision loyihalarning natijalariga Moliyaviy baho beradi, korxonaning Moliyaviy holatini nazorat qiladi.
Ichki nazorat kapitalni investisiyalashtirishning butun jarayonini kuzatib boradi. Ichki nazoratning kо‘rinishlaridan biri bо‘lgan va “post-audit” nomini olgan nazorat biznyes-Rejaning Moliya bо‘limidagi ishlab chiqarish-investisiya faoliyatining har bir bosqichida ryejlashtirilgan Moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini yaxshilash yо‘llarini qidirishni anglatadi.
Bank tizimining qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bо‘lishi ahamiyatli darajada Moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini о‘zgartiradi. Agar SSSR Davlat bankining bо‘limlari о‘zlariga biriktirilgan korxonalarning butun Moliyaviy faoliyatini nazorat qilgan bо‘lsa, tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa opyerasiyalarini Yuritish va valYuta qonunchiligiga rioya etish borasida о‘rnatilgan tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Shu bilan birgalikda likvidlikni qо‘llab-quvvatlashning ob’yektiv zarurligi bankdan potyensial zayom oluvchilarning, ya’ni zayom oluvchi korxonalarning Moliyaviy holati va kredit olishga layoqatliligini baholashni talab qiladi. Ssuda berilgan taqdirda bank о‘rnatilgan muddatlarda tyegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini, mijozning tо‘lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini boshqarishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi.
Auditorlik nazorati nodavlat Moliyaviy nazoratining yangi turi bо‘lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida О‘zbekistonda ham paydo bо‘ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga о‘tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bо‘lishi bilan ularning Moliyaviy ishonchliligiga, Shuningdyek ular Moliyaviy holatini ob’yektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgaltyerlik va Moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalarining amalda bо‘lgan mye’yoriy hujjatlarga muvofiqligini niqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’yektlarning tо‘lov-hisobot hujjatlarini, soliq dyeklarasiyalarini va boshqa Moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham kо‘rsatishlari mumkin:
•buxgaltyeriya hisobini yо‘lga qо‘yish va olib borish;
•daromadlar haqida buxgaltyeriya hisobotini va dyeklarasiyani tuzish;
Moliya-xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash;
buxgaltyeriya xizmati xodimlarini о‘qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish;
auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish;
va boshqalar.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bо‘lishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’yektning о‘z qarori bо‘yicha amalga oshiriladigan bо‘lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog’liq bо‘lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda о‘tkaziladi. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug’urta tashkilotlari; investision va boshqa jamg’armalar, Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag’lari ularning asosiy manbalari bо‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jamg’armalar;
hosil bо‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bо‘lgan nobyudjet fondlar, ustav jamg’armasida davlatga tyegishli ulushi bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarda о‘tkazilishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buYurtmachisi sifatida xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektdan eng kam ish haqining ellik barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bо‘ladi. Jarima tо‘lash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan ozod etmaydi.
Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bо‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan sub’yektning Moliyaviy hisoboti tо‘g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bо‘lishdan uning ozod ekanligini tuShunish lozim. Shu bilan birga, yana Shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit mye’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini rо‘yxatdan о‘tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat о‘rnatadi. О‘zbekistonda ham xuddi Shunday ahvol tarkib topgan bо‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U Moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bо‘lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit о‘tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bо‘yicha) talablar qо‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning о‘zini о‘zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan profyessional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Kо‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq mye’yorlari bо‘yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish-faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bо‘yicha bilimlarini attyestasiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik mye’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qо‘llash (bu - davlatga xos xususiyat bо‘lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, SHvyesiyada, garchi Vakolatli auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uYushmasi ishlab turgan bо‘lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bо‘lgan xususiyatdir. О‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari bilan о‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga solish bо‘yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qо‘yilgan.
О‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati tо‘g’risidagi qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini Yuritishni ta’minlash maqsadida sо‘nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy о‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, belgilab qо‘yildiki, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va hisobot tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tyegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda Moliyaviy hisobotning tо‘g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi.
Tartiblar tо‘g’risida bir nyecha nizomlar tasdiqlangan:
a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish;
b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish;
v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziyalar berish.
Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish tо‘g’risidagi nizom bunday xulosalarning ikki turini belgilab bergan bо‘lib, ulardan har biri muayyan huquqiy oqibatlarga olib kyeladi:
- ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti tо‘g’risida xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisoboti uning Moliyaviy ahvolini tо‘g’ri aks ettiradi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalari О‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kyeladi, degan fikrlar mavjud bо‘lgan hujjatdir.
- salbiy auditorlik xulosasi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisobotida tartibbuzarliklar mavjud bо‘lib, Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishishga olib kelishi mumkin bо‘lganligi tо‘g’risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti hujjatidir.
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektda oldingi ikki yil uchun ijobiy yillik auditorlik xulosasi mavjud bо‘lishi uni xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rо‘yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan biri hisoblanib, ularning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirish sо‘nggi tekshiruv о‘tkazilganidan kyeyin 24 oy о‘tmasidan oldin о‘tkazilishi mumkin emas. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv Reja-jadvaliga kiritilishi kerak.
Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv auditorlik xulosasi xо‘jalik yurituvchi sub’yekt Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq kyelmasligini aniqlagan holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-Shubhasiz soxta dyeb hisoblanadi va auditorlik tashkiloti, Shuningdyek bunda aybdor bо‘lgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq va boshqa nazorat organlari о‘n kunlik muddat ichida О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tyegishli auditorlik tashkiloti tomonidan amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilganligi aniqlanganligi tо‘g’risida xabar berishi shart.
Auditorlik tashkiloti, Shuningdyek shak-shubhasiz soxta auditorlik xulosalarini tuzishda aybdor bо‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha belgilangan tartibni buzganligi uchu qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod qilmaydi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish tartibi tо‘g’risida nizom qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarga nisbatan amal qiladi.
Jarima solish uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortishi asos bо‘ladi. Bunda yillik Moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan kyeyingi yilning 1 mayiga qadar о‘tkazilishi hamda auditorlik xulosasining yо‘qligi qoidabuzarlik fakti dyeb topiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt о‘zining yillik Moliyaviy yil uchun auditorlik tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar о‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi о‘tkazilganidan kyeyin 15 kunlik muddat ichida tyegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga topshirilmagan holda, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ushbu organga yozma ravishda auditorlik xulosasi yо‘qligi sababini aks ettiruvchi tushuntirishni taqdim etishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortilganligi sababli auditorlik xulosasi yо‘q bо‘lgan taqdirda, soliq organi xо‘jalik yurituvchi sub’yektga belgilangan tartibda jarima soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini о‘tkazmagan xо‘jalik yurituvchi sub’yektga nisbatan soliq organi tomonidan jarima solish chorasi qо‘llanilmaganligi aniqlangan taqdirda, tyegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining profyessional xizmatlaridan tashqari) yangi qonunchilik bо‘yicha auditorlik tyeshiruvini о‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bо‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |