Davlat soliq xizmati organlarining Moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- soliq qonunchiligi, soliqlar hamda О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat etish;
- soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq tо‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam kо‘rsatish, soliq bо‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatib qо‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari о‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
soliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi bilan bog’liq bо‘lgan Moliyaviy hujjatlarni, Shuningdyek eksport-import opyerasiyalari bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa Moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bо‘yicha opyerasiyalarni tо‘xtatib qо‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari о‘z zimmalariga Yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari, statistika va Moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan о‘zaro birgalikda bajaradilar. Kо‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart.
Kо‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qо‘mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tо‘g’risida nizom6ga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bо‘yicha markaziy organi hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasining Moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq tо‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblab yozilishi, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasi о‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir:
Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashti-rish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish Rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tekshirish;
soliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) Moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va tо‘lash hamda eksport-import bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
•savdo, tovarlarni sotish va xizmat kо‘rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag’larining tо‘liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatlarini qо‘llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tizimida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi7 tuzilgan bо‘lib, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar bо‘linmalari mavjud.
Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning soliq qonunchiligiga rioya etishi bо‘yicha Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga Yuklatilgan masalalar bо‘yicha nazorat tekshiruvlarini tashkil etish va о‘tkazish;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan olinadigan soliqlar va yig’imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi va о‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatish;
о‘tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, Moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k.
Davlat soliq qо‘mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
- Yuridik va jismoniy shaxslardan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar) faoliyatiga tyegishli ma’lumot, axborot, ma’lumotnoma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
- banklar va boshqa kredit-Moliya muassasalaridan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan opyerasiyalari tо‘g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish.
Davlat Moliyaviy nazorati bо‘yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g’risida» 1995 yil 21 dyekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qо‘llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bо‘yicha о‘z vakolatlarini amalga oshirish Yuzasidan bank opyerasiyalarini amalga oshirish, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va bank statistik hisobotini Yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bо‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
•banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan opyerasiyalari tо‘g’risida axborot, ma’lumotlarni sо‘rash va olish;
•olingan axborot, ma’lumotlar bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish;
•banklarning ichki auditi bо‘yicha talablar belgilash;
•bank aktivlarini sifat bо‘yicha tasnif qilish va aktivlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun Shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
•banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bо‘yicha bajarilishi majburiy bо‘lgan yozma buyruqlar, kо‘rsatmalar jо‘natish.
Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillari va auditorlar tomonidan о‘tkaziladi.
Davlat Moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qо‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi8ga taalluqli bо‘lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar tо‘g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi Yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |