Mavzu: Brusning dinamik yuklanishi Reja: Brusning dinamik yuklanishi



Download 280,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi280,35 Kb.
#768092
  1   2   3   4
Bog'liq
30 Стерженнинг динамик юкланиши



Maruza K.Iamayilov 

Mavzu: Brusning dinamik yuklanishi 
Reja: 
1.
 
Brusning dinamik yuklanishi 
2.
 
Sim arqonni hisoblashda inersiya kuchini inobatga olish 
3.
 
Tekis tezlanish bilan harakatlanayotgan brus hisobi 
4.
 
Aylanma harakatda bo‘lgan brus hisobi 
5.
 
Aylanma harakatda bo‘lgan halqa hisobi 
 
30.1 Brusning dinamik yuklanishi 
 
Fanning oldingi boblarida sterjenlar va sterjenlar sistemalarini statik yuk 
ta’sirida hisoblash masalalari mukammal ko‘rib chiqilgan edi. Yuk konstruksiyaga 
juda ham asta-sekin qo‘yilganda inshoot qismlarida paydo bo‘ladigan harakat 
tezlanishi juda kichik bo‘lganligidan ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. 
Yuk o‘z miqdori, qo‘yilgan nuqtalarini yoki yo‘nalishlarini sekin-asta oxirgi 
qiymatigacha o‘zgartiradigan, ya’ni tezlanishlari e’tiborsiz bo‘lgan yuklarga 
statik
yuklar
deyiladi.
Yuklar o‘z miqdori va qo‘yilgan nuqtalarini juda qisqa vaqt mobaynida juda 
katta tezlik bilan o‘zgartirsa, bunday yuklar 
dinamik yuklar 
deyiladi. Dinamik 
kuchlar jumlasiga inersiya, zarb va davriy o‘zgaruvchan kuchlar kiradi. Bunday 
yuklar ta’siri natijasida konstruksiya elementlarida tebranish hosil bo‘ladi. Bu 
yerda biz dinamik kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan jarayon mohiyatiga batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz.
Muhandislik tajribasida ko‘pincha dinamik yuklarga duch kelamiz. Bu yuk 
o‘zining qiymati va holatini nisbatan tez o‘zgartiradi (masalan, harakatlanayotgan 
poezd, shamol va boshqalar) (30.1-chizma). Dinamik yuk inshoot qismlarida 
tebranma harakatni yuzaga keltiradi. Shuning uchun hisoblarda inshootning o‘z 
massasiga ham, yuk massasiga ham (masalan, poezd massasi) bog‘liq bo‘lgan 
inersiya kuchlarini ham hisobga olish zarur. 


Maruza K.Iamayilov 

O‘z navbatida qo‘shimcha zo‘riqish va deformatsiyalar inersiya kuchlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan bu qo‘shimcha kuchlanishlar shu darajada kattaki, hatto 
asosiy kuchdan paydo bo‘ladigan kuchlanishlardan ham ortiq bo‘ladi. 
Masalan, passajir lifti o‘zgarmas tezlik bilan yuqoriga ko‘tarilayotganda, uning 
sim arqonida statik kuch, agar ma’lum tezlanish bilan ko‘tarilsa, dinamik kuch 
hosil bo‘ladi. Bunday yuklardan dinamik ko‘chish, deformatsiya va kuchlanishlar 
hosil bo‘ladi.
Konstruksiya elementlarini dinamik yukka hisoblashda nazariy mexanikadan 
ma’lum bo‘lgan, Dalamber prinsipidan foydalaniladi. Dalamber prinsipi, dinamik 
kuch ta’siridagi konstruksiya elementi har daqiqada sirtqi va inersiya kuchlari 
ta’sirida muvozanatda deb qaraydi. Inersiya 
kuchi hajmiy kuchga kirib, u 
konstruksiya elementining hajmi bo‘yicha barcha zarrachalariga uzluksiz ta’sir 
etadi.
30.1-chizma. Dinamik yuklarga misollar. 
Konstruksiya elementining har bir zarrachasiga ta’sir etayotgan elementar 
inersiya 
kuch, uning 
massasi bilan 
tezlanishi ko‘paytmasiga teng 
bo‘ladi va tezlanishiga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi: 
(30.1) 
Bu yerda 
va 
konstruksiya kichik elementining og‘irligi va hajmi; 
materialning solishtirma og‘irligi, 
i
F
in
dF
dm
a
.
g
a
dV
a
g
dQ
dma
dF
in




dQ
dV

3
/
m
kN


Maruza K.Iamayilov 

erkin tushish tezlanishi, uning qiymati 
Konstruksiya elementining bir-birlik hajmiga ta’sir etuvchi inersiya kuchi 
quyidagiga teng bo‘ladi: 
(30.2) 
Sterjenlarni hisoblashda uning uzunligi bo‘ylab tekis taqsimlangan kuchni 
kiritish qulaylik tug‘diradi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 
uzunligi 
bo‘lgan 
elementar sterjenning hajmi 
ga teng bo‘ladi. Unda (30.2) formulani 
e’tiborga olib, quyidagini hosil qilamiz: 
(30.3) 
Bunda 
sterjenning bir-birlik uzunligiga to‘g‘ri keluvchi kuch. 
Materiallar qarshiligi fanida ko‘pgina masalalarni yechishda 
dinamik 
kuchlardan hosil bo‘ladigan dinamik 
ko‘chish, deformatsiya va 
kuchlanishlarni, statik 
kuchdan hosil bo‘ladigan statik 
ko‘chish, 
deformatsiya va 
kuchlanishlarni dinamik koeffitsientga ko‘paytirib aniqlanadi: 
(30.4) 
Ko‘pgina hollarda dinamik koeffitsient 
analitik usulda topiladi, agar bu 
qiyin bo‘lsa, tajriba yo‘li bilan topiladi. Tabiiyki, bu koeffitsient dinamik yuk 
turiga, inshootning o‘lchamlari, massasi, bikirligi kabi qator omillariga bog‘liq. 
Umumiy holda dinamik yuk inshootga bo‘ladigan murakkab ta’sir bo‘lib, 
hamma vaqt ham uni hisobga olib bo‘lmaydi. 
Bu bobda, faqat sodda masalalarni ko‘rib chiqamiz va ularni yechishda hisobni 
soddalashtiruvchi qator gipotezalar qabul qilinadi.

Download 280,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish