Mavzu: Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati



Download 171,79 Kb.
bet1/12
Sana28.12.2022
Hajmi171,79 Kb.
#896823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bozorni boshqarishda narx


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Moliya instituti


Mustaqil ish

Mavzu: Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati


Bajardi: Saydig’aniyeva S. D.


Qabul qildi: Ergashev E.I.

Toshkent-2022





Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati





I. Kirish


II. Asosiy qism:
1. Narxning mohiyati va shakllanish xususiystlari.
2. Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati.
3.Raqobatli va monopol bozor sharoitida narxlarning shakllanishi
4.Monopol bozor sharoitida narxlarning shakllanishi
5. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari
IV. XULOSA.
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI


Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi.
Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.

Narx – bozor mеxanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’еktlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdеk, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi. Shuningdеk, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O’zbеkistondagi o’ziga xos jihatlari ham ko’rib chiqiladi.


Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta’rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga uning o‘zgarishiga turli omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar1. Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi. A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi.
A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi.
U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir. A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir. Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Bozor narxi – bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini belgilab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga
bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.
3. Raqobat vositasi. Ma’lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarfxarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin2.
7. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.
Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.
Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.
Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Dotatsion narxlar. Davlat budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir. Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narxlar. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi. Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k.) narxi sifatida chiqadi. Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.
Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilanganda hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar.
Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.
Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi. Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan hududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.
Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.
Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi.
O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra standart va o‘zgaruvchan narxlar farqlanadi.
Maksimal va minimal narxlar
Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi.
Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tеbranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning istе’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kеlishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.

Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 1-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.




Download 171,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish