1. “Toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxonasiga iqtisodiy
tavsifnoma
“Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ qo’shma korxonasi O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasining (hozirgi Davlat mulki qo’mitasi) 1994 yil 24 iyundagi 388 № - PO-sonli buyrug’i asosida “Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ davlat tassarufidan chiqarish yo’li bilan tuzilgan. Aktsionerlik jamiyati 2003 yilning 18 iyunidagi 1055-sonli oldi-sotdi shartnomasiga binoan “Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ aktsiyalarining 62.45% xorijiy investor tomonidan sotib olinganligi asosida xorijiy sarmoyali korxona maqomiga ega bo’ldi. Yuqori tashkiloti “Oziq-ovqat va yog’-moy” uyushmasi xisoblanadi. Jami 5 marta aktsiyalar chiqarilish amalga oshirilgan. 01.01.2007 aktsiyalar quyidagicha taqsimlangan: O’zbekiston Davlat mulki 10%; “O’zyog’moy va oziq- ovqat” sanoat uyushmasi 15 %; erkin savdoda 8%; mehnat jamoasi a’zolarida 4%; Beglone Investment Company Estabisnment 62.45%.
Kombinat faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish xisoblanadi. Korxonaning asosiy vazifasi paxta chigitini qayta ishlash va o’zbekiston va tashqi bozorni kam xarajatli va yuqori sifatli yog’ maxsulotlari (tozalangan o’simlik yog’i, mayonez, margarin) bilan to’yintirish, shuningdek, margarin va sovun ishlab chiqarish uchun xom ashyo xisoblangan solamas ishlab chiqarish xisoblanadi.
“Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ O’zbekiston-Lixtenshteyn qo’shma korxonasi xo’jalik faoliyatining taxlili shuni ko’rsatadiki bu korxonaning muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda xom Ashe bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan bir qancha muammolar mavjud.
Bugungi kunda “Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ QQ da quyidagi asosiy maxsulotlar: paxta yog’i, margarin,mayonez tozalangan, qadoqlangan o’simlik yog’i, ishlab chiqariladi.
2. “Toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxonasining
boshqaruv tizimi haqida ma’lumot
Tashkilotning boshqaruv tuzilishi:
Toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxonasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, davlat tomonidan boshqariladi. Toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxona bo’lganligi sababli, toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxonasining 2000 yilda tasdiqlangan va toshkent viloyati toshkent tumani hokimining 2000 yil 10 mayidagi 305-sonli qarori bilan ro’yxatdan o’tgan nizomining v bandiga asosan ish yuritiladi. Toshkent yog’-moy kombinati” qushma korxonasi nizomining v-17 bandida yozilishicha, qo’shma korxona 25 yoshga to’lgan, iqtisodiyotda tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo’lgan, muomalaga layoqatli xo’jalik a’zolaridan biri rahbarlik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |