Ikkinchidan, davlat — iqtisodiy o ‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalq ning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘nalishlarini
belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o ‘zgarishlarni amalga
oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi
kerak.
Uchinchidan, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanm og‘i zarur. Iqtisodiy o ‘zgarishlar sinalgan, amaliy
kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija
berishi, muqarrar bo‘lishi mumkin. Qonunning ustuvorligi —huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |