Mavzu: bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari


Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi



Download 35,29 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi35,29 Kb.
#952763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari

2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.
Bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo’ygan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo’lgan bir qator savollarga javob topishi zarur.
1. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur ?
2. Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur ? 3. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo’ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir. Agar bu savollarni umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo’lgan umumiy javobni beradigan bo’lsak ularni lo’nda qilib quyidagicha tushuntirish mumkin: - aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish; - mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarish; - aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o’zgacha javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to’’lami jamiyatning talablarini to’la qondirilishi e’tiborga olinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talabi mavjud bo’lgan, binobarin foyda keltirishi mumkin bo’lgan tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko’rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki olmaslikni korxona o’z tovarini sotishdan oladigan umumiy ‘ul daromadi va uning ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajati o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor tizimi puldor iste’molchining xoxishini, korxonalar talabini hisobga oladi, ular uchun ishlab chiqaradi va bu qarorni resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi hamda ulardan tegishli javob olishga erishadi. Tovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga hos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: - alohida tarmoqlar o’rtasida resurslar qanday taqsimlanishiga; - ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga; - har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani tanlashiga. Bozor tizimi, resurslarni, avvalo mahsulotlariga iste’molchi ancha yuqori talab bildiradigan va bu mahsulotlarni ishlab chiqarish foyda keltiradigan tarmoqlarga yo’naltiradi. Foyda bermaydigan tarmoqlar resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira oladi? Qaysi korxona ishlab chiqarishga iqtisodiy jihatdan eng zamonaviy texnologiyani qo’llashga intilsa va shunga layoqatli bo’lsa. Zamonaviy texnologiya iqtisodiy samaradorlik bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilarga bog’liq: mavjud texnologiyaga, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning muqobil uyg’unlashuviga yoki ishlab chiqarish omillariga, resurslarning narxlariga. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning mavjud hajmini resurslardan eng kam harajat qilib olishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti so’zsiz texnika taraqqiyoti uchun rag’bat yaratadi. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keluvchi texnologiyani birinchi qo’llash, korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish harajatlarining ‘asayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilib aytadigan bo’lsak bozor iqtisodiyoti sharoitida: a) foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi. b) ‘uli bor, yuqori foyda olish imkonini beradigan haridorlar uchun ishlab chiqariladi. v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.

Download 35,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish