tartibsizlik1 holat ‹ tartibsizlik 2 holat
Sistema izolirlangan, shu sababli na modda na energiya almashinuvi ro’y bermaydi. Xar ikkala holatda xam bir xil. Agar 1 holatdagi to’siqni sindirsak, gaz 2 holatga o’tadi. Faqat tartibsizlik ortishi hisobiga entropiya ortadi. Zero sistema
modda va energiya almashinuvi yo’q. YA’ni к in1 = к in2, shunday qilib, sistema tartibliroq holatdan tartibsiz holatga o’tdi. Entropiya ortdi. YAna bir misol:
tartibsizlik yuqori.
Muz erisa tartibsizlik ortadi, entropiya ortadi; suv bug’latilsa, tartibsizlik ortadi, entropiya ortadi.
Tartibsizlikni oshiradigan barcha o’zgarishlarda entropiya ortadi. Bularga qaynatish, suyuqlantirish, eritish kabi jarayonlarni aytish mumkin. Xajm ortishi bilan bo’ladigan jarayonlarda xam entropiya ortadi. Tartibli holatga olib keladigan barcha o’zgarishlarda entropiyaning pasayishi kuzatiladi. Tarkibi va tuzilishi bo’yicha bir xil qiymatga ega bo’lgan moddalarning entropiyasi bir-biriga yaqin bo’ladi. Isitilganda xar doim entropiya ortadi. Agar ichki energiya: U = F + ts
ekanligini inobatga olsak; ya’ni F - erkin energiya, o’zgartiraoladigan, ish bajara oladigan energiya. ts - esa bog’langan, foydali ishga aylanmaydigan energiya, ya’ni ichki energiyaning foydasiz energiyasi. Uni G = ts deb xam ifodalash mumkin. Issiqlik manbai va sovutgich haroratlari orasidagi farq qancha kichik bo’lsa, ts yoki bog’langan energiya G shuncha yuqori bo’ladi. Isitilganda entropiya ortadi, chunki s = G;
Tajribada entropiya bir holatdan 2 holatga o’tganda entropiya o’zgarishlari aniqlanadi.
AS=S2-Si
YUqorida aytilgandek, entropiya o’zgarishi sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq bo’lib, bosib o’tilgan yo’lga bog’liq emas. Entropiya o’zgarishi J/K. mol bilan ifodalanadi.
Izotermik jarayonlarda entropiya o’zgarishi jarayonning issiqlik effektini absolyut haroratga bo’lgan nisbatiga teng: as = Q
Q - jarayonning issiqlik effekti.
T- absolyut harorat (T- const).
Izotermik qaytar jarayonlar uchun ds = ^ deb yozish mumkin qariyb
barcha jarayonlar amalda qaytmas bo’ladi.
Pirovardida barcha o’zgarishlarda energiyaning ma’lum qismi issiqlikka o’tadi; issiqlik esa energiyaning boshqa turlariga qisman aylanadi. Natijada,
qaytmas jarayonlarda ushbu tengsizlik kuzatiladi: ds > ^, ya’ni jarayon qaytmas bo’lsa, entropiya xar doim ortadi.
Izolirlangan sistemalarda, tashqi muxit bilan issiqlik almashmaydigan sistemalarda jarayonlar energiya o’zgarishisiz sodir bo’ladi. YA’ni dQ=0 (energiya o’zgarmaydi); qaytar jarayonda esa dQ>0 bo’ladi. Termodinamikaning l qonuniga muvofiq
dQ=dG ’+dA
Izotermik qaytar jarayon uchun ds = — ekanligini hisobga olsak: dQ=TdS yoki
TdS=dG’+dA bo’ladi.
Yuqoridagi ifoda qaytar jarayonlar uchun termodinamika-ning l va ll qonunlari birlashgan tenglamasi, qaytmas jarayonlar uchun esa TdS>dQ va dS>dQ/T yoki TdS>dG ’+dA kelib chiqadi.
Nazorat savollari
1.Termodinamikaning II qonuni
2.Foydali ish koeffitsienti.(FIK).
3.Izolirlangan sistema nima ?
4.Absolyut harorat va temperature qanchaga teng ?
5. G nima?
6. Sistema deganda nimani tushunasiz ?
7. Entropiya va ehtimollik deganda nimani tushunasiz ?
Do'stlaringiz bilan baham: |