2.2 Boshqaruvning tashkiliy strukturasi Me’yorlarni vaqt sarfi (ish yoki mahsulot birligini yaratishga sarflangan vaqt sarfi), ish yoki mahsulot hajmi (bir ish soati, kuni yoki smenasida bajariladigan ish yoki ishlab chiqariladigan mahsulot) va miqdor sarfi (mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarishga sarflanadigan moddiy, mehnat va kapital sarflari) bo`yicha o`rnatish mumkin.
Ayrim hollarda obyektiv (iqtisodiy sharoitlarning o`zgarishi, noqulay iqlim va ob-havo ta’siri, texnikaning ishdan chiqishi va boshqalar) va subyektiv (mehnat intizomining buzilishi, mahsulot sifatining pasayib ketishi, mas’uliyatsizlik va g`ayriqonuniy xatti-harakatlar) omillar ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bunday holatlarda ishlab chiqarishdagi uzluksizlik tashkiliy-farmoyish va ma’muriy usullar orqali tartibga solinadi.
Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, boshqaruvning har bir bo`g`ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo`yadi, buyruqlar va farmoyishlarning bajaralishini nazorat etadi, ishda tartib o`rnatadi va hokazo.
Shu bilan birga bu usullarni me’yor doirasida va o`z o`rnida qo`llash lozimligini unutmaslik lozim. Chunki tashkiliy-farmoyish usullariga haddan tashqari keng o`rin berish ma’muriyatchilik va byurokratizmga yo`l ochadi, ishchi va mutaxassis xodimlarning ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini oshirishga bo`lgan rag`batini va manfaatdorligini susaytiradi. Tashkiliy-farmoyish usullarni iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullar bilan birgalikda qo`llash maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining asosini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy usullar bu munosabatlarni tashkil etadi, tartibga soladi va takomillashtirib boradi.
Iqtisodiy usullar qo`yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o`tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag`batlar va vositalar yig`indisidan tashkil topadi (4-chizma). Moddiy rag`batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Bu usul ishlab chiqarish natijalari va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishdan shaxsning manfaatdorligini ta’minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim.
“Struktura” lotincha so’z bo’lib, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishini va tuzilishini bildiradi.
Boshqaruv strukturasi – bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Bo’linma – o’zaro ma’lum bir tarkibga ega bo’lgan ma’lum bir maqsad uchun tashkil etilgan va korxona ishlab chiqarish tizimini bir yaxlit vazifasini bajaruvchi bo’lim hisoblanadi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limi.
Boshqaruv strukturasi miqyosiga qarab unsurlari turlicha bo’lishi mumkin.
Boshqaruv strukturasiga ta’sir etuvchi omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi:
Strukturani aniqlovchi omillar:
boshqaruv strukturasi maqsadi;
boshqaruv strukturasi funksiyalari va vazifalari;
xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar soni;
korxonaning ish vaqti, rejimi, intervali.
Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar:
tashqi muhit;
texnologiya;
korxona hajmi;
biznes strategiyasi;
xodimlar soni;
qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
shakllangan struktura.
Korxonani boshqarishni 5ta tashkiliy strukturasi bor:
Chiziqli struktura, Chiziqli-shtabli struktura, Funksional struktura, Chiziqli-funksional struktura, Dasturli-maqsadli struktura
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
Bu strukturasining afzalligi: qabul qilingan qarorlar yuqori samara keltiradi. Kamchiligi: chiziqli boshqarishning yakkaboshchilik prinsipi buziladi.
Funksional strukturada boshqaruv apparati ixtisoslashgan funksional bo’limlardan tashkil topadi va har bir yo’nalishdagi qarorni mustaqil amalga oshiradi. Sof holatda funksional struktura uchramaydi.
Chiziqli-funksional strukturaning ijobiy tomonlari:
1) boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuvi mutaxassislarni yuqori darajada malakali bo’lishini ta’minlaydi;
2) funksional rahbarlar boshqarish samaradorligini yuqoriroq bo’lishiga erishiladi;
3) boshqaruv qarorlarini takrorlanishi kamayadi.
Salbiy tomonlari:
1) boshqarishning yakkaboshchilik tamoyili buziladi;
2) boshqarish bo’yicha o’z manfaatdorligi yuzasidan umumiy samaradorlikka erishmaslik;
3) mas’uliyatni susayishi.
Dasturli-maqsadli boshqarish strukturasi quyidagi 3 ko’rinishda bo’ladi:
Loyiha bo’yicha boshqaruv.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Matritsali struktura.
Loyiha bo’yicha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug’ilgan paytlarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. Ish bitgach loyihali struktura tugatiladi. Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi. Kichik bo’limlarga ajratiladi yoki to’ldiriladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.
1. Yangi mahsulotni yaratish.
2. Reklama qilish.
3. Bozorni o’rganish.
4. Sotish.
5. Moliya.
6. Ishlab chiqarish.
Matritsaviy boshqarish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
Gorizontal aloqalarning davomiyligi qisqaradi.
Qaror qabul qilish tezlashadi va menejerlarning mas’uliyati yuqori bo’ladi.
Ishlab chiqarish ichki tashqi sharoitlarga tez moslashadi.
Bo’ysunish asosida boshqariladi va yakkaboshchilik prinsipi amalga oshiriladi.
Boshqarishning funksiyalaridan yana biri – bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish – hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo’gan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq «yo’qoladi», yagona texnik va texnolorgiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqamasalalarni hal etish qiyin bo’ladi.
Boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat xududida joylashgan turli tuman tarmoqlarga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, rasional aloqalarni o’rnatilishini ta’minlaydi.
Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari ham bor.
Boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi.
Tegishli funksiyalarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga umumiy rahbarlar – direktor, uning o’rinbosarlari, bug’im va bo’limlar boshliqlari shuningdek, hizmat ko’rsatish bo’limlari rahbarlari va boshqalar mas’uldirlar.
XULOSA Xulosa o’nida shuni aytish mumkinki, menejmenti vositalarining vazifalarni turkumlanishi boshqaruv ob’ektini xususiyatini baholashga asoslanadi. Bu holda ishlab chiqarish boshqaruvida butun bir tizimning aniq vazifalari ajratib ko’rsatiladi. Boshqaruv jarayonida funksiya bajarishdan maqsad bu boshqaruvni mustahkamlash, boshqaruvni umumiy, universal vazifalarini ajratib ko’rsatish. Ular har qanday tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini izhor etadi va sub’ekt boshqaruvi uning xususiyatga bog’liq emas. Boshqaruvning funksiyalari ishlab chiqarish jarayonida samarali mehnat faoliyatini ta’minlaydi. Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, komponentlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, boshqaruv funksiyalari korxona va ishlab chiqarishdagi ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. Misol qilib boshqarishning iqtisodiy funksiyasini olsak, bu funksiyani bajarish jarayonida korxonani iqtisodiy tanglikdan saqlashga qaratilgan:”mablag’larning doiraviy oborotini amalga oshirish;mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish;marketing xizmatini uyushtirish;foyda olishni ta’minlash”. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko’ra, korxonani mablag’larini aylanishini ta’minlash, sifatli maxsulot va sifatli xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotilishini ta’minlash, maxsulot sotilishi davomida foyda olishga qaratilgan funksiya hisoblanadi. Bundan tashqari boshqaruv funksiyalarini qo’llash jarayoni xodimlarni samarali mehnat faoliyati, o’z ishiga mehr-muhabbat, ularni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash,xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilishnin xam o’rgatadi.