Boshqarish tizimining ishlashi (quyidagi rasm) axborot bazasida, oldiga qo'yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo'yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirini uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko'rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili—teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish). - Boshqarish tizimining ishlashi (quyidagi rasm) axborot bazasida, oldiga qo'yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo'yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirini uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko'rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili—teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish).
- Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ко'rib chiqish mumkin.
Boshqarish tizimining ishlashi.
Boshqarish tizimining ishlashi tasodifiy yoki muttasil ta’sirlar manbayi bo'lgan tashqi muhit bilan o'zaro ta’sir sharoitlarida ro'y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik paydo bo'lishi mumkin. Boshqarish jarayonida to'g'ri va teskari aloqa kanallari bo'yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o'rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo'yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to'g'ri kanali bo'yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo'natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. - Boshqarish tizimining ishlashi tasodifiy yoki muttasil ta’sirlar manbayi bo'lgan tashqi muhit bilan o'zaro ta’sir sharoitlarida ro'y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik paydo bo'lishi mumkin. Boshqarish jarayonida to'g'ri va teskari aloqa kanallari bo'yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o'rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo'yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to'g'ri kanali bo'yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo'natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |