Mavzu: Boshqaruv modellari Reja


Boshqaruvning vertikal strukturasi



Download 23,15 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi23,15 Kb.
#252629
1   2   3   4
Bog'liq
14. Boshqaruv modellari

Boshqaruvning vertikal strukturasi “kengash – direktor – direktor о‘rinbosari – rahbar va jamoa” vertikalini aks ettiradi. Bunday model boshqarishni markazlashtirish va bо‘lish (desentralizatsiya) о‘rtasidagi nisbatni о‘zgartiradi, bо‘linmalar о‘rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi, ta’lim dasturlarini boshqarishni realizatsiyalashni ta’minlaydi. Bu modelda direktor о‘rinbosarlari, bо‘linma rahbarlari vazifalarining tavsifi mavjud emasligi ta’lim sifatini boshqarishga qiyinchilik tug‘diradi1.

Ta’lim muassasasini boshqarishning chiziqli modeli strukturasida boshqaruvning asosiy bо‘g‘inlari: kengash, direktor, о‘rinbosarlar, bо‘lim boshliqlari, marketolog belgilangan. Bu modelning asosiy g‘oyasi mehnat bozori va buyurtmachilar talablaridagi о‘zgarishlarga egiluvchan reaksiya qilish, о‘quv dasturlari va mutaxassis tayyorlanadigan kasblar rо‘yxatini о‘zgartirishdan iborat.

Ta’lim muassasasini bо‘linma va xizmatlarning gorizontal aloqadagi hamkorligi prinsipi bо‘yicha boshqarish modeli: bо‘linmalar, strukturalar, bо‘limlar, fakultetlar, ilmiy birlashmalar va kafedralarga birlashtirilgan. Ta’lim sifati monitoringi ijtimoiy boshqaruv nazariyasida boshqaruv siklining eng muhim, nisbatan mustaqil bо‘g‘inlaridan biri sifatida qaraladi. Monitoringni ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil funksiyasi sifatida qarash shartli bо‘lib, konseptual va operatsion jihatdan foydali. Real ta’lim jarayonida monitoring boshqaruvning barcha bо‘g‘in va bosqichlari bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun uning jiddiy tavsiflarini faqat ta’lim muassasasi boshqaruvining boshqa bо‘g‘inlari bilan nisbatlash orqaligina tо‘liq о‘rganish mumkin.

Kasbiy ta’lim kompleksini boshqarishning bir muncha boshqa modeli A. I. Rikov tomonidan taklif qilinadi. U uchta asosiy xizmatni о‘z ichiga oladi:

- kasbga yо‘naltirish (psixolog, tarbiyachilar, marketolog);

- kasbiy ta’lim (maxsus va umumta’lim fan о‘qituvchilari, litsenziyalash va

attestatsiya bо‘yicha о‘rinbosar);

- kasbiy moslashish (mehnat monitoringi guruhi, birja).



Bunday model ta’lim sifatini boshqarish funksiyasini litsenziyalash va attestatsiyalash bо‘yicha direktor о‘rinbosari xizmati zimmasiga yuklashni nazarda tutadi, biroq bu taxmin, xolos. Ochiq, о‘zini о‘zi rivojlantiradigan pedagogik tizim boshqaruvning shunday modeliki, uning yadrosi umumiy ta’lim muassasalari, band bо‘lmagan aholi bilan bog‘langan fanlararo markaz sanaladi. Bunday model ta’lim oluvchi shaxsiga maqsadli yо‘naltirilgan, uning о‘zini tо‘liq namoyon qilishi va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun pedagogik sharoitlarni yaratadi.

Amaldagi ta’lim muassasasi boshqarish modellari (tizimlari)ni tahlil qilib, ularning qator kamchiliklarini kо‘rsatish mumkin:

- bu tizimlar tо‘lig‘icha ta’lim oluvchi shaxsiga, uning rivojlanishiga

qaratilmagan;

- ta’lim sifatini yaxshi nazorat qilmaydi;

- tizimlar haddan ziyod markazlashgan (direktor о‘rinbosarlari va tuzilmaviy bо‘linma rahbarlari darajasida mustaqillik yetishmaydi);

- pedagogik jamoa rivojlanishiga u qadar kо‘maklashmaydi;

- tizimlar samarali pedagogik texnologiyalar rivojini ta’minlamaydi;

- ta’lim muassasasi ichki va tashqi muhitdagi tezkor о‘zgarishlarga moslasha olmaydi.

Zamonaviy sharoitda boshqaruv qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi: boshqaruvda mehnatni alohida elementlarga asta-sekin bо‘lish, differensiatsiyalash jarayonlari kechmoqda. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tubdan о‘zgarmoqda. Boshqaruvni desentralizatsiyalash natijasida mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish organlarining roli, ularning rahbarlarining mustaqilligi ortib bormoqda.

Xulosa
Boshqaruv izchillik bilan jamiyat-davlat xarakterini kasb etmoqda. U yoki bu tipdagi ta’lim muassasasini boshqarish qonuniyatlaridan foydalanish amaliyotda alohida xarakterga ega, zero obyektning о‘ziga xosligi tufayli uni boshqarishda tizimining о‘ziga xosligi yuzaga keladi, biroq menejmentda boshqaruvning maqsadga yо‘nalganlik, tizimlilik, demokratiklik kabi umumiy xossalari, shuningdek, boshqarish maqsadida aynan bir xil boshqaruv amallarini (rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik, nazorat) bajarish zarurati barcha tipdagi ta’lim muassasasi uchun umumiy sanaladi. Aynan boshqaruvda harakatlarni integratsiyalash boshqariladigan tizimlarning yaxlitligini saqlash va rivojlantirish, bu bilan ta’lim tizimlarining tiklanishi, normal faoliyat kо‘rsatishi va progressiv rivojlanishiga asosiy hissa qо‘shishi nazarda tutiladi. Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv qonuniyatlarini aniqlab, struktura va jarayonga maqsadli ta’sir kо‘rsatish uchun uning tegishli tur va metodlarini tanlaydi. Ta’lim muassasasini samarali boshqarish uchun direktor boshqaruvning moslashish, barqarorlashtirish, dasturiy tartibga solish, kuzatish, о‘zini о‘zi boshqarish kabi turlarini yaxshi bilishi va ularning dinamikasini ta’minlay olishi talab qilinadi.

Adabiyotlar ro‘yxati



Download 23,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish