Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Fakulteti: Tadbirkorlik va boshqarish Yo’nalish: Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalar bo’yicha Ikkinchi mutaxassislik bo’yicha 2-kurs 6-guruh talabasi Salimov Muzaffarninig Menejment fanidan Qabul qildi:A.Qurbonov Mavzu: Boshqarish jarayoni Reja: 1.Boshqarish haqida tushuncha 2.Boshqarish jarayoni Boshqarish deb-xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqarish xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqarishning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. B.ning iqtisodiy usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Boshqaruv jarayonining bosqichlari Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo’lib, ular tartibi va birikishi natijida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat Uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tadbiq qilish lozim. Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo’llanadigan texnikaviy vositalar ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari ananaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyati axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; taxlil, hisob-kitob, qaror turlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Rahbarning tashkilotchilik faoliyati ayni shu operatsiyalar yig’indisitashkil etadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va taminot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funktsiyalarini bog’lashni taminlash, boshqaruv tizimi ayrim (maqsad-usul, maqsad-kadr, qaror-usul, usul-tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni taminlash zarur. Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot istemolchilari, xomashyo bilan taminlovchilar va korxona o’rtasida munosabatlar olib borish. Xulosa: - Xulosa qilib aytmoqchimanki har bir sohada boshqaruv jarayonlari bo’ladi albatta boshqaruvda inson o’rtasida bevosita qatnashuv bo’ladi, hozirda misol uchun biron bir korxona misolida har hil texnologiyalar bevosita o’z o’rnini egalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |