5. Boshlang`ich sinflarda qo`shiq kuylashni o`rgatish metodlari.
O`quvchilar mashq yoki qo`shiqlarni kuylash vaqtida o`qituvchining qo`l ishoralariga karab nafas olish va uni tejab chiqarish, bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishga o`rgatib borish lozim. Shuningdek bakirmasdan yumshok va mayin vokal ovozida kuylashlariga e'tibor berib borish muhim sanaladi.
1. Qo`shiq kuylash holati deganda, o`tirib yoki turib kuylash vaqtidagi holatlar tushuniladi. O`quvchilarga o`tirib yoki turib kuylash vaqtida gavda, oyoq va qo`llarni kay xolatda tutish kerakligi haqida doimiy eslatib turish va nazorat qilib turish maqsadga muvofiqdir. Gavdani kiyshaytirmasdan to`g`ri tutish, o`tirib kuylaganda stul suyanchig`iga yastanib suyanmagan xolda gavdani to`g`ri tutish, yelkalarni yengil kerib, iyakni ortikcha ko`tarmasdan bo`yinni va boshni to`g`ri ushlash, qo`llarni yorkin pastga tushirish, kaftlarni tizzalar ustiga yengil ko`yish va oyoqlarni yelka kengligida yorkin ko`yish kabi xolatlar mazkur malakaning asosiy koidalari sanaladi.
2. Ashulachilik nafasi. Ma'lumki, kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas o`rtasida farq bor. Fiziologik nafas bola tug`ilgandan boshlab tabiiy xolda amal qila boshlaydi. Ashula aytishda esa nafas olish tez va qisqa vaqt oralig`ida sodir bo`ladi. Nafas olish va uni chiqarish qo`shiq jumlasining cho`zilishiga, asar sur'atiga va xarakteriga bog`liq.
Nafas ritmi kuylanayotgan qo`shiq xarakteriga qarab o`zgarib turadi va tabiiy nafasga nisbatan biroz chuqurrok olinadi. Ashulachilik nafasining quyidagi turlari mavjud:
1. Ko`krak nafasi.
2. Diafragma nafasi.
3. Korin nafasi.
Bolalar nafasi hajmini va imkoniyatlarini hisobga olgan xolda mashq va qo`shiqlarda nafas olish joylari oldindan belgilab qo`yiladi va ular kuylash vaqtida o`rgatilib boriladi.
Ovoz hosil qilish. Ovozning vujudga kelishi murakkab psixologik, fiziologik jarayondir. U ovoz apparati (kekirdak, hiqildok) va uning ichidagi konussimon ikkita ovoz pardasining nafas (o`pka, traxeyalar, ko`krak qismi) va eshituv apparatining birgalikdagi amaliyotida hosil bo`ladi. Tomokda hosil bo`lgan tovush kuchsiz va hishillab sadolanib, uning nutk apparati ayniksa burun bo`shlig`i orqali tebranishi kuchayadi va o`ziga xos tembr va jarangdorlik xususiyatiga ega bo`ladi. To`rt organ – nafas, ovoz, nutk va eshituv apparatining o`zaro faoliyatidagi musiqiy oxangda kuylanadigan ovoz – ashulachilik apparati deb ataladi.
Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, o`z ovozini unga moslab kuylashi – sozlanish degan ma'noni anglatadi. Sozlanish – ma'lum balandlikdagi tovushni aniq intonatsiya qilish demakdir. Bu muhim malaka bo`lib hisoblanadi, chunki boshlang`ich sinflardagi vokal-xor ishlarining asosiy maqsadi sof unisonga yerishishdan iboratdir. Shuning uchun birinchi darsdan boshlab sof unison o`quvchilarda sozlanish malakalarini shakllantirish ustida tizimli ish olib boriladi. Ayniksa musiqiy ukuvi sust bolalarga e'tibor kuchaytiriladi.
Ansambl – fransuzcha so`z bo`lib, “birgalikda” degan ma'noni bildiradi.
U musiqa, balet va arxitektura sanatlarining qonuniyatlaridan sanaladi. Musiqada bir necha ijrochilarning birgalikdagi ijrosi ansambl deyiladi. Masalan: o`zbek xalq cholg`u asboblari ansambli, ashula va raks ansambli, vokal ansambli va boshqalar. Xorda esa barcha xonandalarning soz birligi, ijro tempi, ritm-usul va dinamika birgalikda ijro etiladi.
Ansambl xususiy va umumiy turlarga bo`linadi. Xorda barcha ijrochilarning bir ovozga sozlanib 2-3 ovozda kuylashi ham ansambl deyiladi. Har bir ovozning alohida-alohida sozi va ansambli xususiy ansambl deyiladi. Soz va ansamblning uyg`unligi uzluksiz ish jarayonini talab etadi, shundagina asosiy maqsad qilib qo`yilgan sof unisonga erishish mumkin.
Talaffuz. Kuylashdagi talaffuz nutk talaffuzidan farqqiladi. Artikulyasiya organlari (lab, til, jag`) ning faol harakatidagi hamjihatligi vositasida ifodali talaffuzga erishish mumkin. O`quvchilar nutkida zaiflik, ovoz apparatini sikib gapirish natijasida xorda bakirib kuylash nuksonlari uchraydi. Bunday o`quvchilarga e'tiborni kuchaytirish va ular bilan yakka tartibda ko`proq ish olib borish lozim. Eng muhimi, o`quvchilarni mashqlar va qo`shiqlar matnini vokal uslublariga muvofiqtalaffuz etishga o`rgatib borish lozim. Undosh d, r, n, m, l kabi jarangli tovushlarni dona-dona qilib kattikrok ovozda kuylash, k, z, s, t, sh kabi undosh tovushlarni keskinrok kuylash lozim. Unli tovushlarni esa cho`zib, og`iz shaklini belgilangan shaklda ochib kuylash talab etiladi
Vokal-xor malakalari yildan-yilga barcha sinflarida asta-sekin mustahkamlanib, sifati yaxshilanib, murakkab shakldagi qo`shiq repertuarlarini kuylashga, ko`p ovozda kuylashga imkoniyatlari ortib boradi. Vokal-xor malakalarini hosil qilishda ovoz apparati va ovoz hosil qilish organlarini bir maromda o`zaro alokada normal ishlashiga erishish zarur, aks xolda ovoz apparatiga ziyon etishi mumkin. O`quvchilarning musiqa savodini bilishlari musiqiy asarlarni ongli ravishda o`zlashtirishlariga, xotiralarida yaxshi saklab kolishlariga yordam beradi. Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarash, musiqiy xotira, musiqiy idrok shakllanadi. Bu faoliyat turida o`quvchilar musiqaning yaratilishi tarixi, musiqaning ifoda vositalari-ritm, temp, registr, o`lchov, lad, metr, nota yo`li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida to`lik bilimga ega bo`lishbilan birga, musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu esa o`z navbatida o`quvchilarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantiradi.
Qo`shiq kuylash uchun tanlangan ko`p ovozli asarlar va mashqlar o`quvchilarda garmonik eshitish qobiliyatlarini shakllantiradi. 5-7 sinflarda ikki ovozda kuylash malakalari avval kanon, aks-sado, so`ngra tersiya bo`lib kuylash orqali shakllantirib borilib, musiqiy asarlar yordamida mustahkamlanadi. Asosiy maqsad hamohanglik bilan birga sof ohangdoshlikni xosil qilishdir.
Shu o`rinda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo`lmasin, u shaxsning barcha psixologik komponentlarini shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun biz shuni ta'kidlashimiz kerakki, har bir musiqiy faoliyatlar barcha sanab o`tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo`lsa ham o`z ta'sirini o`tkazmay qo`ymaydi.
Musiqa madaniyati darslari to`g`ri tashkil etilishi uchun avvalambor maktabdagi sinf xonalari talabga muvofiq jixozlangan bo`lmog`i lozim. Sinf xonalari keng, yorug`, harakatlanish uchun kulay bo`lishi, maxsus stol va stullar bilan, matn va nota yozuvi uchun mo`ljallangan doska, musiqiy cholg`u (iloji boricha pianino), musiqa tinglash uchun magnitofon yoki musiqiy markaz, audio-video moslamalari, televizor, kompyuter, musiqa savodi uchun plakatlar, sur'atlar, qo`shiqlar to`plamlari, bilan ta'minlangan bo`lishi lozim.
Sinf xonadagi jixozlar talabga muvofiq joylashtirilishi lozimki, o`quvchilar sinfga kirganlarida o`zlarini xuddi musiqa va musiqa tovushlar olamiga kirgandek his qilishlari kerak. Buning uchun sinf devorlarida taniqli o`zbek va chet el kompozitorlarining rasmlari, tuvaklarda gullar, chiroyli oq pardalar, musiqiy tovushlarni ta'riflovchi suratli plakatlar, musiqiy cholg`ular va hokazolar bilan bezatilgan bo`lmog`i zarur. Umuman aytganda sinf xonasiga kim kirishidan qat'iy nazar u musiqaning sehrli olamiga kirib qolgandek bo`lsin, estetik zavq olsin va o`qituvchining ishidan mamnun bo`lsin.
O`qituvchi dars jarayonida musiqiy qobiliyati sust, o`zlashtirishi past darajada bo`lgan o`quvchilarni oldingi qatorlarga, aksincha musiqani yaxshi eshita oladigan, o`zlashtirishi yaxshi bo`lgan o`quvchilarni orqa qatorlarga joylashtirishi lozim. Ayrim hollarda «bo`sh» o`quvchilarni «kuchli» o`quvchilar bilan yonma-yon o`tkazib qo`yish yaxshi samara beradi. Shuningdek, musiqa ta'limida o`quvchilarning yosh xususiyatlariga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Masalan, boshlang`ich sinf o`quvchilarining diqqatlari tarqoq bo`lishi, tez charchashlari, zerikishlari tabiiy holdir. Shuning uchun darsdagi faoliyatlarni tez-tez almashtirib turish, o`quvchilarga dam beruvchi hikoyalar, mavzuga mos voqealar aytib berish, ko`pincha o`quvchilar yoshiga mos musiqa tinglash juda yaxshi natijalar beradi. Ayrim hollarda musiqa tinglab bo`lingandan keyin, o`quvchilarga o`z olgan taassurotlariga tayangan holda rasmlar chizdirish o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Musiqiy ta'lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psixologik asoslarini o`rganish o`ta muhimdir. Bizning hayotimizda musiqa har bir uyga kirib borgan. Musiqa mavzusi o`z xususiyatiga ega bo`lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmagani uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg`u va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqada musavvirlik va haykaltaroshlikdan farqli tarzda dunyo haqida tasavvurlar emas, balki tuyg`ular va kayfiyatlar hosil qiladi. Musiqada tuyg`ular hayotiy tuyg`ularning aynan o`zi bo`lmay, ular tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai nazardan anglangan bo`ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatining barcha rango-rang tovlanishlarini aks ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg`ular, eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi.
Musiqa vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarning o`zgartirib turishlari, avjlanishi va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi.
Musiqa inson ichki dunyosining hissiyotli tomonlari bilan birga ma'naviy olamini butunligicha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim xususiyatlarini ifodalash, milliy ruh holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ham ega. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa xos bo`lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg`u holatlari va voqelikni in'ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko`rinadi. Milliy ruh xususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq musiqiy ijodi katta o`rin tutadi.
Buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta’limotiga ko`ra, inson kechirayotgan turli his-tuyg`ular bosh miya yarimsharlari po`stloqqismining faoliyati asosida yuzaga keladi. Atrof muhitning inson organizmiga doimiy ta'siri va organizmning bu ta'sirlarga qonuniy javob reaksiyasi natijasida asta-sekin ma'lum bir munosabatlar tizimi vujudga keladi. I. P. Pavlov buni- dinamik stereotip, deb atagan edi. I. P. Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta'limoti kishidagi hissiyotlarning fiziologik va psixologik tabiatini chuqurrok o`rganishda katta akamiyatga egadir. Gap maktab o`quvchilarida estetik hissiyotni tarkib toptirish haqida borar ekan, e'tiborni avvalo ikki muhim masalaga qaratishimiz kerak.
1) o`quvchilarda estetik hissiyotning paydo bo`lishi uchun obektiv shart-sharoitlar mavjudmi?
2) o`quvchilar san'at asarlarini go`zallik nuqtai nazardan baxolay oladilarmi?
Psixologiya fanidan ma'lumki, voqelik ta'siri ostida paydo bo`ladigan sezgi va idrok hissiyotning asosiy manbaidir. Bolalarda bosh miya va sezgi organlarining tarakkiyoti yetarli darajada yuksak bo`lmaganligi tufayli ularda sezuvchanlik bir muncha ta'sirli bo`ladi.
Musiqani to`la to`kis idrok etish uchun diqqat, xotira va musiqiy tafakkur zarur va muhimdir. Ana shundagina insonning tasavvuri yordamga keladi va estetik hissiyot shakllanadi. Aytilganlardan ko`rinib turibdiki, musiqiy asarni to`lik idrok etish uchun inson psixikasining faoliyati xilma-xil bo`lmog`i lozim. Musiqiy-nazariy bilimlarni o`zlashtirishdan maqsad o`quvchilarning musiqiy asarning lad, o`lchov, sur'at, registrini aytib berishlari emas, balki musiqaning yuqoridagi ifoda vositalari orqali ularda shaxsga xos bo`lgan xususiyatlarni: ijodiy qobiliyat, yorkin yo`naltirilgan diqqat, musiqiy xotira, tasavvur, faollikni, tashabbuskorlikni shakllantirishdir.
Mamlakatimizda vokal-xor madaniyatini rivojlantirishda bolalar ovozini tarbiyalash va saklash masalasi juda katta ahamiyatga ega. O`quvchilarning musiqa faniga qiziqishlarini, intilishlarini hisobga olgan xolda Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim mazmunini har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashga qaratish zarur.
O`zbek xalqi asrlar davomida quvonch, g`am-alam, armon kabi barcha o`y-kechinmalari va his tuyg`ularini kuy va qo`shiqlar orqali ifodalab kelgan. Xalqimizning ma'naviy boyligini uning qo`shiq va kuylarida, unga bo`lgan xurmat va munosabatlarida ko`rish mumkin.
1-4-sinflarda qo`shiq kuylash malakalarini shakllantirish musiqa fani oldiga qo`yilgan muhim masalalardan biridir. Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlariga (vokal-xor mashqlari, ovoz sozlash, vokal-xor malakalarini shakllantirish, qo`shiq kuylash) ko`proq vaqt ajratiladi. Kuylash malakalarini shakllantirishda musiqa o`qituvchisi o`quvchilarni musiqa olamiga shunday olib kirishlari kerakki, ovoz sozlash, qo`shiq kuylash, qo`shiqning badiiy ijrosiga yerishish kabi mashakkatli mehnatdan zerikmasinlar, aksincha, kuylash malakalarining shakllanishi jarayoni samaradorligi oshsin. Qo`shiq ustida ishlash jarayonida o`quvchilar emotsional holati ko`tarinki ruxda bo`lishi ularning fikrlash qobiliyatini ham faollashtiradi va ijobiy natijalarga erishish omillaridan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |