O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA TA`LIMI YO`NALISHI
“MUSIQA O`QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Boshlang`ich sinflarda vokal-xor malakalarini rivojlantirish
Ilmiy rahbar: Xodjabayeva Z.P.
Bajardi: 3Mguruh talabasi Hamidov Shamshod
Navoiy-2022
KIRISH
Asosiy qism
O`quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati.
2. Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi.
3. Boshlang`ich sinflarda qo`shiq kuylash malakalarini shakllantirish.
4. Boshlang`ich sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga yo`naltirish.
5. Boshlang`ich sinflarda qo`shiq kuylashni o`rgatish metodlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISH
Xorda kuylash – jamoaviy ijro faoliyatining ko`rinishlaridan biridir. U orqali o`quvchilarning kuylash madaniyati va malakalari shakllantiriladi, ularning umumiy musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi, o`quvchilarga ma`naviy tarbiya beriladi, ularning dunyoqarashi shakllanishi, barkamol avlod tarbiyasi amalga oshiriladi. Xorda kuylash o`z tabiati bilan qiziqarli badiiy jarayondir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari xorda kuylash jarayonida jamoaviy faoliyatni his etib turadilar, ular birbirlarining ijrolarini nazorat etadilar, xatolarini ko`radilar va bir birlarini tuzatishga intiladilar. Bir xil tovush balandligida kuylab, unison ijroning xususiyatlarini, ansamblga erishishning naqadar qiziqarli va o`ziga jalb etuvchi jarayon ekanligini bilib oladilar. Bolalardagi vokal ovoz mvajudligi yoki yo`qligidan qat`iy nazar, har bir bolada kuylash malakalarini shakllantirish mumkin. Boladagi yosh xususiyatlari va tovushni to`g`ri rivojlantirish qonuniyatlariga tayangan holda vokal imkoniyatlarini tarbiyalash tovush apparatining to`g`ri rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o`quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o`quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko`nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo`lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo`llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg`ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to`g`risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro`yxatda keltirilgan milliy cholg`ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo`lish musiqa fani o`qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san`at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o`z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Kurs ishimning maqsadi vokal-xor malakalarini rivojlantirish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Zamonaviy jarayonda o`tmish an`analariga yangicha qarash, ilg`or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e`tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya`ni insonlarni ruhiy hamda ma`naviy tarbiyasiga asos bo`la oladigan omil sifatida qaraladi. O`quv-ta`lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e`tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta`limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo`lga qo`yilmoqda. Natijada o`qitish mezonida qo`llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o`quv adabiyoti ko`rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |