ALI QUSHCHI
Ulug‘bek ilmiy maktabining atoqli namoyondalaridan biri, Ulug‘bekning
yaqin shogirdi, mashhur olim Alouddin ibn Muhammad Ali Qushchi 1402 yilda
Samarqandda tug’iladi. U boshlang’ich ma’lumotni Samarqandda olib, 1414
yilgacha o‘qishni davom ettiradi. O‘z ma’lumotini oshirish uchun 1414- yilda
Eronga, Kirmor shahriga jo‘naydi va u yerda uch yil tabiiy fanlarni puxta o‘rganadi,
Kirmon shahridagi madrasada ta’lim oladi. Ali Qushchi 1417- yilda yana
Samarqand shahriga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug‘bek madrasasi
qurilmoqda edi. Ali Kushchi Ulug‘bek madrasasida ham ta’lim oladi, uning
mudarrislari Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Koshiy edi. Ali Qushchi Ulug‘bek
madrasasini bitirib, shu madrasada matematika va astronomiyadan mashg‘ulotlar
olib boradi va o‘zining ilmiy ishlarini davom ettiradi. Ko‘p o‘tmay, uning shuhrati
Samarqand olimlari orasiga tarqaladi.
Ali Qushchi Xuroson, Hirot, Sharqiy Turkistonga safar qilib, u yerdagi
olimlar bilan tanishadi, fan taraqqiyotini o‘rganadi. Ali Qushchi Turkiyada olimlar,
faylasuflar, shoirlarni o‘z atrofiga to‘plab, ilmiy tekshirish ishlarini rivojlantiradi. U
Istambulda matematika, astronomiya, falsafa, mantiq, adabiyot va boshqa fanlarga
oid asarlar yozadi. Ali Qushchi 21 dan ortiq asarlar yozgan. U umrining oxirigacha
o‘z shogirdlari bilan hamkorlikda, ko‘p olimlarning asarlariga sharhlar yozadi va bu
asarlar Ayo-Sufiyo madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan.
Ali Qushchining ayrim asarlari bilan tanishib o‘tamiz: 1. "Hisob risolasi", bu
asarni Ali Qushchi 1425 yilda Samarqandda fors-tojik tilida yozgan. Bu asar uch
qismdan iborat bo‘lib, hindlar arifmetikasi )o‘nlik sanoq sistemasi), astronomlar
arifmetikasi(oltmishlik sanoq sistemasi) va geometriyadan iborat. Bu asardan O‘rta
Osiyo madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Asarning
qo‘lyozmalari Toshkent, Dushanbe, Leningrad, Istambul, Oksford kutubxonalarida
saqlanmoqda.
2. "Kasrlar haqida risola". Kasrlarga bag‘ishangan bu asar 1430 yilda fors-tojik
tilida yozilgan. Unda oddiy va o‘nli kasrlar haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
53
Asarning yagona qo‘lyozmasi Leningradda Sharq xalqlari kutubxonasida
saqlanmoqda.
3. "Kitob-ul Muhammadiya". Bu asarni birinchi marta Ali Qushchi "Hisob risolasi"
nomi bilan fors-tojik tilida yozgan. Asar arifmetika, algebra, geometriya va
trigonometriyaga oid bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Ali Qushchi yozgan
"Astronsmiyaga oid risola" XV asrlarda O‘rta Osiyoda astronomiya fanining qay
darajada rivojlanganini ko‘rsatadi. Bu asar astronomiyadan yozilgan eng muhim
asar bo‘lib, astronomiyadan o‘qish kitobi vazifasini ham o‘tagan.
Ali Qushchi vafotidan so‘ng, XV-XVII asrlarda uning shogirdlari o‘z ustozlarining
ilmiy ishlarini davom ettiradilar. Ular orasida Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy,
Bahouddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqalar bor. Ular Ulug‘bek maktabi
ilmiy ishlari va astronomik jadvallariga sharhlar yozadilar, matematikani o‘qitish
metodikasini mukammallashtirdilar, matematika va astronomiyadan yangi asarlar
yozdilar.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |