Mavzuning maqsadi: Mamlakatimiz umumiy o’rta ta’lim tizimining tahlili shuni ko’rsatadiki, bugungi kun maktablarimizda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayoni va uning mazmuni zamon talablariga yetarli darajada javob bermaydi, ya’ni:
Maktablarimiz bitiruvchilarining tayyorgarligibugungi kun talablariga mos kelmaydi, ya’ni ular zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan kompetensiyalarga yetarli darajada ega emaslar;
Umumiy o’rta maktab tizimida ta’lim mazmuni va uni amalga oshirishga yo’naltirilmagan;
Aksariyat o’quvchilar maktabda egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini qayerda ishlatishni bilishmaydi;
Darslik va undagi o’quv topshiriqlarining mazmuni kompetensiyaviy yondashuv asosida o’qitishga yo’naltirilmagan va hokozolar.
Yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etishning eng muqobil yo’li bu – matematika fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirishga erishish hisoblanadi. Bunda albatta nostandart masalalar muhim o’rin tutadi. Chunki nostandart masalalarni har biri uni yechishda turlicha yondashuvni talab qiladi.
Bunday mazmundagi amaliy masalalarni yechish orqali matematika darslariga kompetensiyaviy yondashuv asosida darslarni tashkil etish muhim o’rin tutadi.
Mavzuning vazifalari:
* Kompetensiyaviy yondashuv asosida matematika o’qitishni tashkil etishning metodik asoslari.
* Kompetensiyaviy yondashuv asosida matematika o’qitishning didaktik talablari.
* Matematik kompetensiyalarni shakllantirishda didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
* Matematika o’qitishning shakl, metod va vositalari.
* 4-sinf matematika o’qitishda kompetensiyalarni shakllantirish yo’llari.
* 4-sinfda “O’nli kasrlar” mavzusini o’rgatishda kompetensiyaviy yondashuv metod va vositalari.
Mavzuni o’rganilganlik darajasi: Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi.
O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o'tishida muhim rol o'ynaydi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olib matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv muhim ekanligini bilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |