Mavzu: ‘Boshlang’ich sinf o’quvchilarini barkamol avlod bo’lib yetishishlarida milliy qadriyatlar’



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana14.02.2021
Hajmi0,49 Mb.
#58690
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
kichik maktab yoshidagi oquvchilar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirish metodikasi.

 IX. Yangi mavzuni bayoni:  

           Mavzu  materialini  boshlashda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “Vatanimiz 

azaldan  bashariyat  tafakkur  xazinasiga  unutilmas  hissa  qo’shib  kelgan.  Asrlar 

mobaynida  xalqimizning  yuksak  ma’naviyat,  adolatparvarlik,  ma’rifatparvarlik 

kabi  ezgu  fazilatlari  Sharq  falsafasi  va  islom  dini  ta’limoti  bilan  uzviy  ravishda 

rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda Xoja 

Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug’bek, 

Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Bobur  Mirzo  singari  mutafakkir  ajdodlarimizning 

dono  fikrlariga  uyg’un  holda  shakllanishi  lozim”,  -  deb  bildirgan  fikrlari  maktab 

o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy  manba bo’lib xizmat 

qilishini  aytaman.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  milliy  qadriyatlar  ruhida 

tarbiyalashda mazkur fikrdan kelib chiqib, shunday ma’naviy me’ros vakilidan biri 

bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida. 

“Hidi,  tilimi  va  mazasi”  matnini  o’rganish  orqali  o’quvchilarni  o’zbek 

xalqining  milliy  qadriyatlari  haqida  ma’lumot  berishga  hamda  matn  mazmunida 

asoslangan materialga mos holda ko’nikma va odatlarni tarkib toptirishga harakat 

qildim.  

Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib u yerning sultoni, ya’ni podshohi 

bo’libdi.  Bobur  Hindistonga  podshoh  bo’lgan  davrida  ko’plab  qurilishlar, 

obodonchilik va xalqqa g’amxo’rlik qilish bilan birga o’zidan yodgorlik qolsin deb 

Hindistonning  ko’rkam  joyida  katta  bir  bog’  barpo  etibdi.  Bu  bog’ga  dunyodagi 



 

34 


turli  yurtlardan  nihollar  keltirib  ektiribdi.  Hind  xalqi  dunyodagi  eng  katta  bu 

bog’ga “Bog’i Boburiy” deb nom qo’yibdi. Bog’dagi daraxtlar hosilga kirib, biram 

meva beribdiki, ularni hech joyga sig’dirib bo’lmabdi. 

“Bog’i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring 

bitibdi.  Ammo  handalak  bilan  qovun  bo’lmabdi.  Shoh  bir  yil  qovun  ektiribdi, 

bo’lmabdi.    Ikkinchi  yil  ham  ektiribdi,  bo’lmabdi,  uchunchi  yil  ham  ektiribdi 

baribir  qovun  bitmabdi.  Qovun  bitishga  bitibdi-yu,  birinchi  yili  gulidanoq  hosilni 

tashlab,  ikkinchi  yili  palagi  o’lib  qolibdi,  uchinchi  yili  pishib  yetilmas,  palagi 

so’lib qolibdi. Boburshoh bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi. 

Keyingi  yili  Boburshoh  bu  yili  qovun  ekib  pishirmasanglar  hammangizni 

jazolayman,-  deya  g’azablanibdi.  Bog’bonlar  nima  qilishini  bilmay  rosa  boshlari 

qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay uzoq Farg’onadan qovun olib kelishga ahd 

qilishibdi.  Boburshoh  bu  orada  bir  necha  oy  ovga  ketishibdi.  Shu  payt 

bog’bonlarning boshlig’i o’zi bilan o’n bir kishini yoniga olib, Farg’onaga boribdi. 

Karvon ot aravalarga qovun ortib, tezda Hindistonga qaytibdi. 

Boburshoh  ovdan  qaytgach,  bog’bondan  qovun  yo’qlatibdi.  Qovunni  olib 

borishibdi.  Boburshoh  qovunni  hidlab  ko’rib:  -  Qayerda  bitgan  deb  so’rabdi.  – 

“Bog’i Boburiy”da bitgan, deb javob beribdi bog’bon.- yo’q, hidi boshqacha. Faqat 

bir  o’lkada  yetishadi  xolos.  Sen  meni  aldayapsan,-debdi  Boburshoh.  –  Aldagan 

bo’lsam,  bilganingizni qiling, shohim.  Bu qovun  “Bog’i  Boburiy”da bitgan,- deb 

bog’bon so’zidan qaytmay. 

Boburshoh  qovunni  hidlab-hidlab,  uni  tilmoqchi  bo’libdi.  Qovun  pichoq 

tegar-tegmas  tarsillab  yorilib  ketibdi.  Boburshoh  bog’bonga  qarab:-Yolg’on 

gapiribsan,  qovunni  qayerdan  keltirganingni  ochiq  aytasan.  Bunday  hidli,  tilni 

yoradigan  qovun  faqat  men  bilgan  o’lkadagina  bitadi.  Sen  mening  savolimga 

to’g’ri javob bermading, qahrim qattiqligini bilasan-a,-debdi. 

Oliyhazrat,  aldasam  boshimni  tanamdan  judo  qiling,  mayli  roziman.  Siz 

ko’rib  turgan  qovun  “Bog’i  Boburiy”da  bitgan,-debdi  bog’bon  yana  bilmagan 

bo’lib.  Tilda  shunday  debdi-yu,  o’zini  bilmaganga  olibdi.  Boburshoh  qovunni 

so’yib,  bir  tilim  olibdi-da  uni  yeya  boshlabdi.  Qovun  shirinligidan  tilni  yorar 




 

35 


emish.  So’ng  Boburshoh  yana  bog’bonga  debdi:-  Yo’q,  sen  meni  aldayapsan, 

bunaqa  shirin  tilyorar  qovun  bu  yerlarda  bitmaydi.  Boshqa  joydan  keltirgansan. 

To’g’risini  aytsang  gunohingdan  kechaman.  Bordi-yu,  meni  aldab  yana  yolg’on 

gapirgan bo’lsang, boshingni tanangdan judo etaman,- debdi. 

Boburshohni  aldab  bo’lmasligini  bilgan  bog’bon  rostini  aytishga  majbur 

bo’libdi. – Farg’ona viloyatidan keltirdik,  -debdi ko’ziga yosh olib. Bog’bonning 

gapidan  Boburshohning  ko’ngli  buzilib  yig’lab  yuborishiga  ozgina  qolibdi. 

Bog’bon:-  Shohim,  qovunni  qayerdan  olib  kelganimni  bilib  oldingiz.  O’limim 

oldidan men ham sizdan bir so’rovimga javob qaytarishingizni tilayman,- debdi. –

Qovun bu yerdan emasligini qayerdan bildingiz?- debdi. 

Hidi,  pichoq  tegar-tegmas  yorilib  ketishi  va  tilyorar  shirinligidan  ona  yurt 

qovuni ekanligini angladim. Rahmatli otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak 

ko’p  bitardi.  Uzoq  Hindu  yurtida  meni  qovun  bilan  siylaganing  uchun  gunohkor 

bo’lmay, in’om-ehsonga loyiqsan, debdi. Boburshoh bog’bonga rahmat aytib, bosh 

oyoq sarpo beribdi. 

Mazkur dars materialini hikoya qilib bo’lgach, dars matnida ilgari surilgan 

mashhur  shoir  va  davlat  arbobi  Mirzo  Boburshoh  hayoti  haqida  va  uning  amalga 

oshirgan  ishlari  haqida  atroflicha  ma’lumot  beraman.  Mirzo  Boburning  uzoq 

Hinduda  o’z  ona  Vataniga  sevgisi,  mehr-muhabbati,  sadoqati  o’ziga  xos  tarzda 

asoslangan.  Ona  Vatan  zaminning  sahovatini  birgina  qovun  orqali  “Uning  hidi, 

tilimi,  pichoq  tegar-tegmasdan  tarsillab  yorilib  ketadigan  va  shirinligi  tilni  yorar 

bunday  qovun  men  bilgan  bir  o’lkadagina  bitadi”,  degan  iboralari  Mirzo 

Boburshohning o’zi yashagan ona tabiatiga yaqinlik, uning har bir ekini, narsalari 

muqaddas,  e’zozli,  qadrli  ekanligini,  o’sha  zaminga  bo’lgan  hurmati,  e’tibori, 

sadoqati,  mehr-muhabbati  bog’bonning  qovunni  “Farg’ona  viloyatidan  keltirdik”, 

degan  gapi  Boburshohning  butun  vujudiga,  hissiyotiga  kuchli  ta’sir  ko’rsatgani, 

uning  ko’ngli  buzilib  yig’lab  yuborishiga  ozgina  qolganligi  kabi  satrlar 

Boburshohning  o’z  ona  Vataniga  bo’lgan  milliy  tuyg’uning  shakllanganligini 

isbotlaydi. 



 

36 


Yuqoridagi  Boburshohning  bog’bon  bilan  bo’lgan  muloqoti  uning  o’ta 

zehnli, fahmli, axloqli, madaniyatli, hamda yuksak ma’naviyat sohibi bo’lganligini 

ko’rsatadi. Bog’bonning qovunni bu yerning qovuni emasligini qayerdan bildingiz 

deb  bergan  so’roviga,  “Hidi  pichoq  tegar-tegmas  yorilib  ketishi  va  tilni  yorar 

shirinligidan  ona  yurt  qovuni  ekanligini  angladim”.  “Rahmatli  otam  Bog’idagi 

polizda  shunaqa  shakarpalak  ko’p  bitardi”  gaplari  orqali  Boburshohning  o’zi 

yashab  o’tgan ona yurtiga cheksiz muhabbat va ajdodlarga sadoqat, xotirlash kabi 

ma’naviy  me’rosga  hurmat,  e’zoz,  qadrlash  sifatlari  mujassamlashgan.  Ana 

shunday  yuksak  milliy  ma’naviy  qadriyatlarni  o’zida  tarkib  toptirgan  Mirzo 

Boburshoh  kabi  hamyurtlarimizga  hozirgi  umum  ta’lim  maktab  o’quvchilarida 

hurmatni,  e’zozni,  qadr-qimmatni  rivojlantirish  xullas  butun  o’tmish  turmush 

tarzidan  ibrat  olish  va  uni  amalda  qo’llash  bilan  bog’liq  ko’nikma  va  odatlarni 

tarbiyalash boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifasi bo’lmog’i darkor.   

Shu  jumladan  o’quvchilarga  mlliy  qadriyatlarimizni  to’liq  va  to’g’ridan-

to’g’ri yetkazib berishimiz uchun “Qovun sayli” didaktik o’yini o’tkaziladi.  


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish