Mavzu: boshlang`ich sinf matematika kursida ulush tushunchasini o`qitish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana15.11.2020
Hajmi0,81 Mb.
#52577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darsida ulush tushunchasini oqitish

 



 

qilishda bolalar e’tiborini kasrlarni o`zlashtira olishlariga  erishish zarur. Kasr ulushlarining 

nomlari  bilan  predmet  nechta  teng  bo`lakka  bo`linishi  orasidagi  bog`lanishni  o`rgatish 

zarur.  (Agar  predmet  ikkita  teng  qismga  bo`lingan  bo`lsa,  ulardan  har  biri  ikkidan  birga, 

agar to`rtta teng qismga bo`lingan bo`lsa, to`rtdan birga tengligi va hokazo). 

Bolalarni  turli  ulushlarning  nomlari  hosil  bo`lishi  bilan  tanishtirib  bo`lgach,  ularga 

har  bir  ulushni  qanday  belgilashni  ko’rsatish  zarur  va  boshqa  ko`rinishdagi  yozuvlar  bilan 

”surat”  va  ”maxraj”  atamalarini  kiritmasdan  tanishtiriladi.  O`quvchi  ikkidan  bir  ulushini 

belgilash  uchun  chiziq  chizadi  va  chiziq  ostiga  ikki  bir  ulushni  ifodalash  uchun  esa  ustiga 

bir yozadi.  

O`qituvchi  masalan,  5  ta  bir  xil  to`g`ri  to`rtburchakli  tasma  qirqishni  taklif  qiladi. 

Kerakli  sonda  bir  xil  to`g`ri  to`rtburchakli  tasmalarni  uchta  turli  usul  bilan  tayyorlash 

mumkin. 

1-usul.  Kataklar  bo`yicha  teng  ko`pburchaklar  chiziladi  (qaralayotgan  holda  to`g`ri 

to`rtburchakli tasmalar) va ularning har bir ayrim-ayrim qirqiladi. 

2-usul.  Bitta  to`g`ri  to`rtburchakli  tasma  chiziladi  qog`ozga  qo`yiladi  va  atrofidan 

qalam yuritib chiqiladi. Chizilgan to`g`ri to`rtburchakli tasma qirqiladi va hokazo.  

3-usul.  Nechta  tasma  hosil  bo`lishi  kerak  bo`lsa,  shuncha  varaqli  qog`oz  olinadi. 

Ustidagi  qog`ozga  kerakli  to`g`ri  to`rtburchak  tasma  chiziladi.  O`quvchilarda  kerakli 

miqdorda  to`g`ri  to`rtburchakli  tasmalar  tayyor  bo`lgandan  keyin  tasmalardan  birini 

(buklash  yo`li  bilan)  ikkita teng  qismga, ikkinchisini teng uchga,  uchinchisini teng  to`rtga, 

to`rtinchisini  teng  oltiga,  beshinchisini  teng  sakkizga  bo`lish  taklif  qilinadi.  Bolalar 

ulushlardan eng kattasi yarim, eng kichigi esa sakkizdan bir ekaniga ishonch hosil qiladilar. 

Shunday qilib, o`quvchilar shakllarni teng bo`laklarga amaliy bo`lish yo`li bilan ulushlarni 

taqqoslaydilar.  Ulushlarni  amaliy  taqqoslashda  to`g`ri  to`rtburchakli  tasmalar  bilan  bir 

qatorda  doiralardan  ham,  kvadrastlardan  ham,  boshqa  geometrik  shakllardan  ham 

foydalanish zarur. Turli usullarni faqat qog`ozga buklash yoki qirqish bilangina emas, balki 

bo`yash orqali ham hosil qilish mumkin. 

Ikkinchi sinfda bolalarni sonning ulushini topishga va ulushiga ko`ra sonning o`zini 

topishga  doir  masalalarni  yechish  bilan  tanishtirish  kerak.  Bolalarni  sonning  ulushini 

topishga  doir  masalalarni  yechish  bilan  tanishtirishni  amaliy  ishdan  boshlash  kerak: 

bolalarga  uzunligi  12  sm  bo`lgan  qog`oz,  tasmalar  tarqatilad i  va  uni  teng  ikkiga  bo`lish 

taklif  qilinadi.  Tasmalarning  yarmini  o`lchash  taklif  qilinadi.  Tasma  necha  sm  dan  iborat 

(12 sm). Uning yarmichi? (6 sm). Endi bu tasmaning o`zini to`rtta teng bo`lakka bo`ling. 

Tasmaning  bo`lagi  qanday  bo`ladi?  O`lchash  yo`li  bilan  bajariladigan  topshiriqlar 

beriladi. 

Xuddi shunday ish boshqa geometrik shakllar, masalan, doiralar bilan ham bajariladi.  




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish