Mavzu: boshlangich 1-sinfda geometrik materiallarni organishda didaktik tamoyillardan foydalanish reja: kirish asosiy qism I bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning nazariy asoslari


II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALNI O’RGATISHNING METODIKASI



Download 249,5 Kb.
bet6/8
Sana22.12.2022
Hajmi249,5 Kb.
#893870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANGICH 1-SINFDA GEOMETRIK MATERIALLARNI ORGANISHDA DIDAKTIK TAMOYILLARDAN FOYDALANISH

II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALNI O’RGATISHNING METODIKASI
2.1 Geometrik materialni o’rganish bo’yicha qo’llaniladigan didaktik materiallar
Biz I-IV sinflarda geometriyadan amaliy ishlar haqidagi masalani ko’rib o’tamiz. Bunday ishlarning mohiyati haqida F.A.Orexov quyidagicha yozadi: "Geometriyadan amaliy ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi o’qitish faoliyati ko’rinishlaridan biridir. Bunday o’qish jarayonida geometriya geometrik obrazlarni qurish hamda yasash, hosil bo’lgan figuralar va ular orasidagi munosabatlarni o’quv nazariy va amaliy tadqiqot yo’li bilan o’rganiladi."
Amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik shakllar va ulardagi miqdoriy o’zlashtirishlariga, olingan bilimlarini turli amaliy na nazariy masalalarni hal etishga tatbiq qila olishlariga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Amaliy ishlar ta'lim berishda perspektiv prinsipni amalga oshirish uchun ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang’ich maktabga nisbatan quyidagidan iborat: geometrik materialni o’rganish vaqtida geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni to'plash, geometrik figuralarni yasash malakalarini hosil qilish yo’li bilan navbatdagi sistematik kursni o’rganishga tayyorlash.
Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Amaliy ishlar o’qitishning jami ish ritmini buzmasdan, differensiallab olib borish imkonini beradi.
Jadvalli amaliy ishlarda ilgari o’rganilgan mavzuni takrorlash yangi o’tish bilan birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning to’planishiga asoslanib navbatdagi mavzularni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi F.A.Orexov.
Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini rivojlantiradi va takomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini o’stiradi.
Matematikadan amaliy ishlarga bag’ishlangan maqolalarning ko’pchiligi ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini, mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bo’lib qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi.
Maktabda matematika o’qitishda amaliy ishlardan foydalanish g’oyasi, matematika ta'limi ishining mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda.
Amaliy ishlarga hisoblash, o’lchash, yasash, chizish usullarini kompleks qo’llanishini talab etadigan barcha ishlar taalluqlidir.
F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga bo’ladi: tayyorlov, asosiy va amaliy ishlar. Muallif ko’rsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan masalalar takrorlanadi, o’tiladigan mavzu bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan o’quvchilar o’rganilayotgan figuralarning xossalarini ko’rib chiqadilar va isbot qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy va nazariy masalalarga qo’llanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi chuqurlashadi va mustahkamlanadi".
Boshlang’ich sinflarda ta'lim berish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda, jumladan, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, o’quv predmeti mazmunining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Demak, boshlang’ich maktablarda amaliy ishlar o’tkazishning tashkil etilishi ham, texnikasi ham, metodikasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Boshlang’ich matematikaga oid o’quv-metodika adabiyotlarda qaysi materialni o’rganish vaqtida amaliy ishlar o’tkazish ma'qulligi haqida ba'zi ko’rsatmalar berilgan. Jumladan. A.S.Pchyolko bunday yozadi "Amaliy mashg’ulotlardan asosan o’quvchilarni kattaliklar; uzunlik, og'irlik, sig’im, vaqt, yuza, hajm va boshqalar bilan, ulaming, xossalari va o’lchash usullari bilan tashkillashtirishda foydalaniladi.
Amaliy ishlar mavzularini tanlashda biz ularning mazmuniga nisbatan qo’yiladigan quyidagi mulohazalarga asoslanamiz:
1) amaliy ishlar programma materiali bilan uzviy bog’liq bo’lishi va boshlang’ich matematika o’qitish sistemasidan tashqariga chiqmasligi kerak;
2) o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarining, o’lchash va yasashga oid qobiliyatlarining shakllanishiga iloji boricha to’laroq yordam berishi, ularning politexnik tayyorgarligiga ko’maklashishi lozim;
3) ishlar orasida shundaylari ham bo’lishi lozimki, ular o’quvchilardan faqat geometriyadan tegishli ma'lumotlarni va hisoblashlarni qo’llanishni talab etmasdan, balki ma’lum bo’lgan matematik bilimlarni kompleks qo’llanishni talab etsin.
Amaliy ishlarni o’tkazish metodikasi shunday bo’lish kerakki, birinchidan, bu ishlarni bajarish kuzatuvchanlini, gipoteza va taxminlarni qo'ya bilishni hamda tekshira bilishni rivojlantirishga, analogiya bo’yicha xato fikrlash va umumlashtirishlarni rad eta olishga, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini o'stirishga, tadqiqot xarakteridagi o’quv faoliyatining rivojlanishiga yordam berishi; ikkinchidan, ishlarni bajarish, o’lchash, hisoblash va yasash malakalarining egallanishiga yordam berishi; uchinchidan bu ishlar o’quv topshiriqlarini mustaqil bajara olish, fikrlash, eksperiment o’tkaza olish, o'zini qiziqtirayotgan masalalarga mustaqil javob izlash va xulosa chiqarish, mustaqil ishlarda chizmachilik qurollaridan foydalanish hamda nazariy bilimlarni amalda qo’llana bilish uchun malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga va mustahkamlashga yordam berish kerak.
Demak, biz amaliy ishlarni tanlayotganda mana shu shartlarni qanoatlantiradiganlarini tanlab olishimiz lozim. Biz yana shularga e'tibor berishimiz kerakki, tashkillashtirayotganda amaliy ishimizni sinfdagi har bir o’quvchi bajara olishi, eng past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham jarayonda faol qatnashishlari lozim.
Bu qo’shimcha ma'lumotlarni va vazifalarni amaliy ishlarni tanlashda ham, tashkillashtirishda ham o’quvchilarga vazifa qilib berishda ham e'tiborga olish lozim. Shuningdek, keyingi bandlarimizda ham bunga batafsil to’xtab o’tamiz.
Amaliy ishlarning ichki tuzilishi. Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda barcha mazmuniy tayanch bandlarni o’z ichiga oladi, bu bandlarni o’zlashtirish o’rganilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki tuzilishiga ko’ra bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki 2-4 va undan ortiq topshiriqni o’z ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi mumkin.
Jihozlar. O'quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich, go'niya, chizmachilik uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Masalan, chizg’ichdan foydalanishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat chizg’ichning bo’linmalar qo’yilgan qirrasi faqat o’lchash uchun mo’ljallangan, to'g'ri chiziq kesmalarini chizish uchun uning ikkinchi qirrasidan foydalaniladi. Chizg’ich ifloslanmasligi va chizilgan kesma ravshan bo’lishi uchun chizmani faqat qalam bilan chizish loizim. Qog’ozga chizg’ichni shunday qo’yish kerakki, o’lchanayotgan yoki chizilayotgan kesma chizg’ichning yorug’lik tushib turgan tomonida qolsin. Ishga kirishishdan oldin o’qituvchi chizmachilik qurollarini tartibli saqlash zarurligini bolalarga tushuntirishi lozim: chizg’ich va go’niyada bo'lishi, chizg'ichning bo’linmalari ravshan ko’rinib turishi, qalamlar yaxshi ochilgan bo’lishi kerak. Sinfda o’rganilayotgan figuralarning xossalarini namoyish qilish uchun ko’rsatmali qurollar majmui, shuningdek o’quvchilar bajaradigan rasmlar, sxemalar o’xshash ko’rgazmali rasmlar, sxemalar bo’lishi lozim.
Chizmachilik sinf doskasida bajarish uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak.
Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi, bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.
O’quvchilar ishni bajarayotganlarida o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak.
Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz: o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida jurnalga baho qo’yiladi.
O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi. Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni rag’batlantirish katta ahamiyatga ega.
Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin. Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin.
Topshiriqlarning rejasini va mazmunini o’quvchilarga tushuntirish. Topshiriq teksti turli usullar bilan, ya'ni ko’rsatmali qurolni, modelni namoyish qilish bilan bir vaqtda og’zaki tushuntiriladi, didaktik material ko’rinishida barcha o’quvchilarga tarqatiladi, topshiriq qismlar bo’yicha bir ishni bajarishdan oldin o’qib beriladi, doskaga yoziladi.
Topshiriq o’quvchilarga tushunarli, ixcham, shu bilan birga batafsil qilib tushuntirilishi lozim. Kirish suhbati butun ishning amaliy va mantiqiy rejasini tuzib olish maqsadini ko’zda tutadi. Topshiriqni bajarish jarayonida ko’pincha uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirib olishga ehtiyoj tug’iladi. O'qituvchi bolalarning ishlarini kuzatib borib, ularga ishning borishi davomida tushuntirishlar beradi, topshiriq o’quvchilarga qiyinchilik qilgan hollarda esa topshiriqning bir qismi (yoki butun topshiriq) doskada o’quvchi tomonidan bajariladi. Biroq asosiy e'tiborni ishni mustaqil bajarishga qaratish kerak.
Bolalar har bir ishni bajarib bo’lganlaridan so'ng, qilingan ishni umumlashtirish maqsadida yakunlovchi suhbatlar o’tkazish zarur. Hosil qilingan chizmalardan foydalanib, qilingan ish va olingan natijalarning mohiyati haqida so’zlab berishni bolalarga taklif qilish foydalidir.
Amaliy ishlarni bajarishda darslik bilan ishlash.
Bir qator amaliy ishlar darslikdagi mashqlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli darslikdagi qator topshiriqlarni amaliy ishlar bilan qo’shib bajarish mumkin.
Ba'zi chizmalarni, ayniqsa darsliklardagi katak chiziqlarda berilgan chizmalarni ko’chirib chiqish maqsadga muvofiqdir, chunki o’quvchilarda figuraning eng xarakterli nuqtalari koordinatalarini topish malakalari, berilgan figuraga teng figura yasay olish malakalari mustahkamlanadi. Shu bilan birga ular o’rganilayotgan materialning mohiyatiga tushunib boradilar.
O’qitishda individual yondashish.
Darsda individual yondashish, o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir.
Amaliy ishlar, birinchidan, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish - imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi, bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qo’shimcha topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin.
Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin.
Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish.
Amaliy ishlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni o’quvchilar mustaqil bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni kuzatish imkoniga ega bo'ladi, ish qanday ketayotganligini baholaydi, qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k. Bilimlarni tekshirish va baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir.
Amaliy ishlar bilimlarni tematik jihatdan hisobga olish imkonini beradi.
Eng yaxshi ishlarni ko’rsatish.
Vaqti-vaqti bilan eng yaxshi ishlarni (daftarlarni, alohida chizmalarni, modellarni) ko’rsatishni tashkil etish lozim. Bunday ko’rgazmani stendlarda va vitrinalarda tashkil etish mumkin.

Download 249,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish