Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyatini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Majburiyatning kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan Majburiyat, shartnomaga asoslanmagan (delikt) Majburiyat. Shartnomaga asoslangan Majburiyatning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, Majburiyatni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash Majburiyati; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Majburiyati koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan Majburiyat taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday Majburiyatning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan Majburiyat taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod boʻlishi mumkin.
Vakolat — vakilning V. beruvchiga fuqarolik hukuq va majburiyatlar vujudga keltirishi, oʻzgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yaʼni huqukdir. V. ishonchnoma, qonun, sud karori yoki maʼmuriy akt (hujjat) asosida yuzaga keladi. Qoida ta-riqasida, vakil uz V.ini V. beruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, amalga oshirishga majbur. Vakil V. beruvchi shaxe nomidan shaxsan oʻz foydasiga har xil bitimlar tuza olmaydi (tijorat vakilligi bundan mustasno). Vakil amaldagi konunchilik va V. beruvchining topshiriklariga binoan ish koʻradi. Vakil V.siz yoki V. doirasidan chetga chiqib, harakat qilgan takdirda, bunday harakat V. beruvchi uchun hech qanday huquqiy oqibat tugʻdirmaydi, ammo bu harakat V. beruvchi tomonidan maʼqullansa, bu hol uning uchun muayyan huquqiy oqibat tugʻdiradi. V.ni vujudga keltiruvchi asoslarga koʻra, vakillik 2 turga boʻlinadi: 1) qonun boʻyicha vakillik; bunda vakillik va V. meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi; u muomalaga layoqatsiz shaxs (yosh bolalar, akli zaif va ruhiy kasal)larning manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladi; 2) shartnomaviy vakillik; bunda vakil va uning V.i vakil qiluvchining erki bilan yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |