"Tasdiqlayman " O'IBD o'rinbosari:
_________X.Yarmatov
Gidromeliorativ mashina va jihozlarning tuzilishi va TXK fаnidan o'quv mashg'ulotida ta'lim texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 minut
|
Talabalar soni: 25-30
|
O'quv mashg'ulotining turi va shakli
|
Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti-ma’ruza
|
Ma 'ruza rejasi / o'quv mashg 'ulotining tuzilishi
|
1. Buldozerlar guruhlari va ularning tavsifi.
2. Gidravlik boshqariladigan buldozerlar
|
O'quv mashg'uloti maqsadi:
|
Mavzu yuzasidan o'quvchilarda tushuncha hosil qilish, Buldozerlar ning vazifasi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
|
O`qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida shakllanadigan asosiy bilim va ko`nikmalarni shakllantirish
|
Pedagogik vazifalar:
а) Buldozerlar guruhlari va ularning tavsifini tushuntiradi;
b) Gidravlik boshqariladigan buldozerlar haqida ma’lumot beradi;
|
O'quv faoliyati natijalari
а) Buldozerlar guruhlari va ularning tavsifi haqida tushunchalarga ega bo’ladi
b) Gidravlik boshqariladigan buldozerlar haqida biladi
|
O’qitish usullari
|
Ma’ruza, namoish, amaliy.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Jamoaviy va yakka tartibda ishlash
|
Oqitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, kompyuter, videoproyektor, slaydlar.
|
Oqitish sharoiti
|
Jihozlangan va jamoaviy tartibda ishlashga mo’ljallangan o’quv xona
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki so’rov va amaliy topshiriq.
|
Mashg'ulot raqami №12
Mavzu: BULDOZERLARNING VAZIFASI VA TASNIFI
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Fаоliyat bоsqichlаri
|
Fаоliyatning mаzmuni
|
O`qituvchi
|
Tаlаbаlаr
|
I O’quv mashg’ulotiga kirish bоsqichi
(20 dаqiqа)
|
Tashkiliy qism
1.1. Salomlashadi, yo’qlama qiladi, o’quvchilarning darsga tayyorligini ko’zdan kechiradi
Maqsad va vazifani belgilanishi
1.2. Ma'shg'ulotning nomi va rejasini e'lon qiladi, o'quv mashg'ulotining maqsadi va o'quv faoliyat natijalarini tushuntiradi.
1.3 Mashg'ulot o'tkazish shakli va baholsh mezonlarini e'lon qiladi
|
Tinglaydilar, javob beradilar.
Yozib oladilar
Yozib oladilar
|
II. Аsоsiy bоsqich.
(40 dаqiqа)
|
Motivatsiya
2.1. Tezkor so’rov orqali bilimlarni
faollashtiradi. (1-ilova)
Javoblar muhokama qilinmaydi.
Yangi o’quv materialiga kirish
2.1. Mashg'ulot rejasi bo’yicha ma'ruzani mantiqiy tuzilma asosida olib boradi.
2.2.Tarqatma materiallarni (2-ilova) namoyish qilish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha nazariy holatlarni bayon qiladi.
2.3.Jalb qiluvchi savollar beradi
2.4. Mavzuning har bir qismi boyicha xulosa qiladi.
Rejadagi har bir qism o’rtasida o’zaro aloqani o’rnatadi.
2.5. Yozib olish zarur bo’lgan joylarni yozdiradi
2.6. Yangi o’quv materialini o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun tezkor –so’rov (3-ilova) o’tkazadi
|
Javob beradilar
Tiinglaydilar, savollar beradilar, yozadilar
Javob beradilar
Yozib oladilar
Javob beradilar
|
III. Yakuniy bоsqich.
(10 dаqiqа)
|
Mashg’ulotni yakunlash
3.1. Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qiladi.
Qilingan bilimlarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega ekanligiga o'quvchilar e'tiborini qaratadi.
3.2. O'quvchilar bilimini baholaydi
Uyga vazifa berish
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi (4-ilova)
|
Diqqat qiladilar
Toipshiriqni yozib oladilar
|
O’qituvchi: Boboyev Azizbek
Мавзу: BULDOZERLARNING VAZIFASI VA TASNIFI
Reja:
1. Buldozerlar guruhlari va ularning tavsifi.
2. Gidravlik boshqariladigan buldozerlar.
Buldozer gruntni qatlamma-qatlam kesib olish, tekislash va 150 m gacha masofaga tashib borish uchun moljallangan.
Buldozerlar bilan to‘kmalar, dambalar, to‘g‘onlar hosil qilish, kanallar qurish, muvaqqat kanal va transheyalami tuproq bilan toldirish, qum-shag‘al konlarida ishlash, sochiluvchan materiallami bir yerga to‘plash mumkin.
Buldozer baza mashinadan va old tomonda joylashgan o‘matma jihozdan tuzilgan. 0 ‘matma jihoz ish organi — ag‘dargichni, itaruvchi qurilma va boshqarish tizimini o‘z ichiga oladi.
Buldozerlar ish organining o‘rnatilishiga, baza mashinasining tipiga, baza mashinasining nominal tortish kuchiga va boshqarish mexanizmining tipiga ko‘ra tasniflanadi.
Ish jihozining o'matilishiga ko‘ra buldozerlar burilmaydigan ag‘dargichli va burilma ag‘dargichli buldozerlarga ajratiladi.
Burilmaydigan ag‘dargich mashina bo‘ylama o‘qiga nisbatan perpendikulyar tarzda o‘matiladi. Burilma ag‘dargichning mashina bo‘ylama o‘qiga nisbatan gorizontal tekislikdagi vaziyatini o‘zgartirish mumkin (3.3- rasm).
Nominal tortish kuchiga binoan buldozerlar nominal tortish kuchi 300 kN dan ortiq bolgan o‘ta og‘ir (quwati 300 kVtdan va massasi 50 t dan ziyod), nominal tortish kuchi 200— 300 kN bolgan og‘ir (185—300 kVt, 30—501), nominal tortish kuchi 135—200 kN bolgan o‘rtacha oglr (120—185 kVt, 5—30 t), nominal tortish kuchi 25—135 kN bolgan yengil (45—120 kVt, 5—15 t) va nominal tortish kuchi 25 kN dan kam bolgan kichik gabaritli (45 kVt dan past, 5 t dan kam) xillarga bolinadi.
Traktor sanoati 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60 (100), 90 (150), 150 (250) va (350) kN tortish sinflaridagi gusenitsali hamda g‘ildirakli traktorlar ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jalik tasnifi bo‘yicha tortish sinfi qavssiz ko‘rsatiladi, sanoat tasnifi bo‘yicha tortish sinfi qavs ichida ko‘rsatiladi.
Sanoat tasnifiga ko‘ra, tortish sinfi gusenitsali traktorlar uchun 2,5—3 km/soat va g‘ildirakli traktorlar uchun 3—3,5 km/soat tezlikni
ta’minlaydigan uzatmada 0‘rnatma jihozsiz maksimal tortish kuchini ifodalaydi.
Buldozerlami o‘matish uchun tortish sinfi 30, 40, 60 (100), 90 (150), 150 (250), (350) kN bolgan gusenitsali traktorlar va tortish sinfi 9, 14, 30, 50 kN bolgan g‘ildirakli traktorlar qo‘llaniladi.
Gusenitsali yoki g‘ildirakli mashinalardan foydalanish samaradorligi ular ishlaydigan gruntga va sharoitga bog‘liq.
Glldirakli buldozerlar tezlik va harakatchanlik jihatidan ustunlikka ega. Ular ish joyi uzoq masofada bo‘lganda bir yola bir nechta obyektga xizmat ko‘rsatishda (masalan, bir nechta ekskavator qazib chiqargan gruntni kerakli joyga surib keltirishda), gruntning ustki yengil qatlamini kesishda (bunday qatlamlar kata tortish kuchini talab qilmaydi) samaraliroq ishlaydi.
0 ‘ta nam gruntlarda shinalarning gruntga ilashishi gusenitsalilamikiga qaraganda kamroq, yumshoq va qumli gruntlarda esa deyarli bir xil. Shu sababli gusenitsali buldozerlaming o‘tuvchanligi g‘ildirakli buldozerlarnikiga qaraganda yaxshiroq va qollanilish sohasi kengroqdir.
Gusenitsali buldozerlar toshli va og‘ir gruntlarda, qiyaliklarda, yuzaning qiyaligi keskin o'zgaradigan joylarda, anchagina nam gruntlarda va ish sharoiti og‘ir bo‘lgan boshqa joylarda samarali ishlaydi.
Shu sabablarga ko‘ra umumiy ish vaqtining 70—75 % qismi katta tortish kuchi bilan ish yurishiga sarflanadigan buldozerlar uchun asosiy baza mashina gusenitsali traktordir. Glldirakli buldozerlardan asosan yordamchi ishlarda foydalaniladi.
Boshqarish mexanizmiga ko‘ra gidravlik boshqariladigan va kanat-bloklar bilan boshqariladigan buldozerlar farq qilinadi.
Gidravlik boshqariladigan buldozerlarda ag'dargichni ko'tarish, tushirish va berilgan vaziyatda qotirib qo'yish, ba’zan esa uni og‘dirish ishlari boshqarish tizimining gidrosilindrlari yordamida amalga oshiriladi.
Kanat-blok bilan boshqariladigan buldozerlarda ag‘dargich baza mashinaga o‘matilgan chig‘ir yordamida ko‘tariladi, tushiriladi va kerakli vaziyatda qotirib qo‘yiladi.
Hozirgi vaqtda sanoatda faqat gidravlik boshqariladigan buldozerlar ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |