Mavzu: Bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar haqida tushuncha berish Reja



Download 24,53 Kb.
bet1/4
Sana29.09.2021
Hajmi24,53 Kb.
#189286
  1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish Reja


Mavzu: Bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar haqida tushuncha berish

Reja:

    1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti.

2. Qayta hikoya qilishga о‘rgatish metodikasi.
Tayanch tushunchalar: Tetiklashtiruvchi mashq, lug’at, so‘z, tuzilish, analogiya, tahlil, matn, matn, bayon, izchillik, ifoda, vosita, foydalanish, ko'nikma.
1. Turli yosh guruxlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o'rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish. Maktabgacha ta'lim muassasalarining katta guruxlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro'yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg’ulot olib boriladi.

I-topshiriq bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. "Zumrad va Qimmat", "Bo'g'irsoq", "Ikki echki", "Ur, to'qmoq", "Echki bolalari", "Toshbaqa bilan chayon" kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, unga shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.

Bolalar hikoyasi quyidagi ko'rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:

- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).

- matn mazmunining to'liqligi;

- matnni bayon qilishda izchillik;

- ifoda vositalaridan foydalanish ko'nikmasi;

- nutqning ravonligi.

Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin:

- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;

- matndagi so'zlarga taqlid qilib so'zlaydi;

- ba'zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;

- bir oz to'xtab-to'xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo'ladi;

- nutqda ifodalilik yetishmaydi:

- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;

- o'zicha ba'zi so'zlarni qo'shib, ma'nosiz hikoya qiladi;

- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;

- hikoya qilish jarayonida matn ma'nosini o'zgartirib yuboradi;

- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.

Bolalarga "Mehmonda", "Uycha", "Maktabga yo'l" mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo'l qo'ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.

Mazkur bog'chalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:

- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;

- matn mazmunini to'liq ifodalay olishi;

- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;

- ifoda vositalaridan foydalana olishi;

- nutqning ravonligi, tezligi;

- jumlalarning grammatik jihatdan to'g'ri tuzilganligi;

- nutq madaniyatiga rioya etishi.

Bolalar nutqini o'rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo'lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog'lanishli nutqini o'rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 24,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish