Mavzu: Tarbiyachi bilan birgalikda “Qurish-yasash,konstruksiyalash va matematika” markazini jihozlash va tashkil etish Amaliyotchi Qunnazarova Muxabbat Maqsad:
Ta`limiy – Bolalarga so’z tuzish ko’nikmasini shakllantirish. o’yinchoqlar nega kerakligi haqida tushuntirish. Ularni nimalardan yasalishini kimlar tomonidan yasalishi haqida tushuntirish
Tarbiyaviy – o’yinchoqlarni to’g`ri ishlatishni buzmaslikni ozodalikka rioya qilishni ochiqko’ngil bo’lishni o’rgatish
Korrektsion – Bog`langan nutqni shakllantirish. Lug`at boyligini oshirish. Otlarni ko’plikda nomlash. Intonatsiya bilan she`r yodlash. Turli o’yinlar yordamida fikrlash doirasini kengaytirish
Jihoz: kuz, barg rasmlari, o’yinchoqlar, xar xil xayvonchalar o’yinchoqlari, qo’g`irchoq va rasmi, yulduzcha, to’rtburchak, dumaloq shakllari
M ashg`ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
- bolalar mashg`ulot boshlandi
- assalomu alaykum
- vaalaykum assalom
- bolalar bugun bog`chaga nechanchi kun kelishingiz?
- birinchi
- juda yaxshi. Xaftaning birinchi kuni qanday ataladi?
- dushanba
- yaxshi xozir o’lkamizda qanday fasl?
- kuz fasli
- kuz faslida fanday oylar bor?
- sentyabr, oktyabr, noyabr
- barakalla bolalar
2. Artikulyatsion mashq
A. Nafas mashqi
- bolalar hozir sharni puflaymiz qo’llarimizni asta ishiramiz qani boshladik f-f-f
B. Lab mashqi
- bolalar hozir hammamiz labimizni kulgi holiga keltiramiz. Barakalla
3. Uy vazifasini tekshirish
- bolalar kim aytadi. o’tgan safar qaysi mavzuda gaplashgandik?
- to’g`ri barakalla birma bir rasm ko’rsatiladi bolalar javob beradilar
- barakalla endi kim menga she`r aytib beradi? (bolalar aytadilar)
Barakalla bolalar
4. Asosiy qism
- bolalar men bugungi mavzuni aytmayman
Rasmlar orqali o’zingiz aytasiz bu ni ma?
- o’yinchoqlar
- barakalla ofarin. Bugungi mavzuimiz o’yinchoqlar ekan. Kim aytadi o’yinchoqlarni nomlab beringchi?
- qani Mustafo sen aytchi
- mashina kamaz
- yaxshi
- o’yinchoqlar fikrlashingizni qiziqishingizni oshiradi, kasbni tanlashingizga yordam beradi. Kichik bolalarni o’yinchoalar ovutadi chalg`itadi.
- umumlashtirganimizda o’yinchoqlar deymiz.
- bolalar hozir sizlar bilan 4-chisi ortiqcha o’yinini o’ynaymiz.
A. Shiqildoq
B. Ayiqcha
V. Lego
D. Stol
Shulardan qaysi biri ortiqcha
Stol, to’g`ri
5. Jismoniy daqiqa
Shamol bo’lib esamiz sh-sh-sh
Yomg`ir bo’lib yog`amiz chak chak chak
Gul bo’lib unamiz
Bo’ron bo’lib esamiz bum bum bum
Chaqmoq bo’lib chaqamiz gum gum gum
Qor bo’lib yog`amiz to’p to’p to’p
Mashg`ulotga qaytamiz.
6. otlarni ko’plikda kelishi
Baraban-lar koptok-lar kamon-lar
Qilich-lar kubik-lar qo’g`irchoq-lar
Ayiq-lar lego-lar mashina-lar
7. She`r yodlash G`.Komilov she`ri
o’yindan charchagan chog`
Dam olsin deb o’yinchoq
Lolaxon alla aytar
Sho’x quvnoq yalla aytar
Lekin asta o’zini
Mudroq bosar ko’zini
8. Topishmoq
Cho’pchagim cho’pchak
Oltin belanchak
Etti qizning onasi
Xaligacha kelinchak (Qo’g`irchoq)
9. Mavzuni mustahkamlash
Yog`ochdan shishadan qattiq kelenkadan plastmassadan o’yinchoqlar.
10. Rag`batlantirish
- bugun hammaga qarsak chalamiz. Keyingi safar bundan ham faol ishtirok etishingiz uchun
11. Yakunlash
- bugungi mavzuimiz sizlarga yoqdimi?
- ha
- barakalla uy vazifalarini o’yinchoqlardan yana ko’pini nomlanishlarini bilib kelinglar.
Xayr