Tarbiyachi va bolalar beshburchak, oltiburchak, sakkizburchakli shakllarning burchaklarini sanab ko’radilar.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hozir xohlagan ko’pburchakni olib oldingizdagi oq qog’ozga qo’yib chizasiz. Endi bu ko’pburchakni qaychi bilan qirqamiz. Qirqib bo’lganimizdan keyin burchaklarini sanaymiz. Bolajonlar, xonamizdagi narsalarga e’tibor bering, nimalar ko’pburchak shakllarga o’xshaydi? To’g’ri, stolning yuzasi to’rtburchak shakliga o’xshaydi. Mana bu toj beshburchak shakliga o’xshaydi va hakozo.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: «Kimning shakli chiroyli»
O’yin uchun 4 metr uzunlikdagi lentaning ikki uchi birlashtirilib tugib qo’yiladi.
Bolalar oldin 3, 4, 5 tadan kichik guruhlarga bo’linib, keyin 6, 7, 8 tadan bo’lib ko’pburchaklarni yasaydilar.
O’yin qoidasi: Lentani 5 ta bola 5 joyidan qo’llarida ushlaydilar va taranglashtirib ko’pburchak shaklini chiqaradilar. Tomashabin bo’lib turgan bolalar to’g’ri va chiroyli yasalgan ko’pburchaklarni olqishlaydilar. O’yin shu tarzda davom etadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Uchburchakni ko’pburchak deyishimiz mumkinmi?
2. To’rtburchak ham ko’pburchakmi?
3. Ko’pburchaklarni nima uchun ko’pburchak deymiz?
4. Qanday ko’pburchaklarni bilasiz?
5. Xonamizdagi nimalar ko’pburchak shakllariga o’xshaydi?
6. Beshburchak shaklining nechta tomoni va nechta burchagi bor?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kun tartibini tashkil etilishini o’ziga xos hususiyatlarini aniqlash
Amaliyotchi Qunnazarova Muxabbat
Maqsad:
Ta`limiy – Bog`cha haqida umumiy ma`lumot berish. Bog`chaning barcha honalari oshxona darsxona yotoqxona dahliz vannahona sayr uchun bog` va boshqa ma`lumotlarni berish. Bog`chadagi hodimlar bilan tanishtirish
Tarbiyaviy – Bolalarda bog`cha haqida bog`i musiqa honasi jismoniy tarbiya honasi oshxona va ploshadka haqida umumiy tushuncha berish. Artikulyatsion apparati faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlar ovoz mashqi o’tish
Korrektsion – so’zlar tarkibini shakllantirish lug`at xajmini kengaytirish lug`atni faollashtirish. Didaktik o’yinlar orqali tasavvurini rivojlantirish. Bolalarni grammatik nutqini shakllantirish, so’zlarni aniq talaffuzini shakllantirish. Bog`langan nutqini shakllantirish. Barmoq mashqi orqali fikrlash doirasini rivojlantirish.
J ihoz: bayroq, gerb tarqatma materiallar, bog`cha, oshxona vannaxona, qushlar, uychalar rasmi
Mashg`ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
- salomlashish
- bugun qanday sana?
- 2017 yil 5 sentyabr
- barakalla endi kim aytadi, hozir o’lkamizda qanday fasl?
- hozir o’lkamizda kuz fasli
- barakalla, kim menga hafta kunlarini aytib beradi?
- dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba
- barakalla juda yaxshi javob berding.
2. Artikulyatsion mashq
- lab mashqi “Teshkulcha” (hammamiz labimizni teshkulchaga o’xshatib shakl beramiz)
- ana endi xo’mrayib lablarimiz mana bunday burishtirib qoladi barakalla
- endi til mashqini qilamiz “soatcha” tillarimiz huddi soatning millariga o’xshab harakatlanadi.
Ovoz mashqi
Kim ovozidan taniydi?
A. kakku qush ku-ku
B. tovuq qo-qo-qo
V. Sigir mo’-mo’
G.g`oz g`a-g`a-g`a
D. boyo’g`li u-u
E. xo’roz qo-quqqarakku
J. echki mee-e me-e
Z. sichqon chi-chi-chi
Y. qo’y ba-a ba-a
3. Asosiy qism
- bolalar bugungi mavzuimiz bog`cha bo’ylab sayohat kim aytadi bog`chada bolalar nima qiladilar?
- demak eslab qoling bog`chada bolalar ta`lim tarbiya oladilar.
- ana endi men sizlarni bog`chaning boshqa xonalari bilan tanishtiraman. Bog`chamizda jami 13 ta gruppa bor. Shulardan 3 tasi o’zbek qolganlari rus guruhlaridir.
- ulardan musiqa xonasi, jismoniy tarbiya xonasi mavjud bo’lib, psixolog va hamshiralarning honalari ham mavjuddir. Biz musiqa zalida sizlar bilan logoritmika mashg`ulotini o’tamiz. U erda musiqa ostida engil harakatlar qilib mashg`ulot o’tamiz.
- bolalar kim aytadi kiraverishdagi hona qanday hona?
- to’g`ri oshxona. U erda sizlar uchun shirin va mazali ovqatlar qilishadi.
- jismoniy tarbiya honasida esa harakatlar qilib asta sekin jismonan to’lishib kuchga to’lib boramiz.
- guruhimizning orqa tomonida esa bizningn ploshadkamiz bor. U erda biz qum o’ynaymiz, musobaqalar o’tamiz. Bog`chaning o’rtasida esa basseyn qurilgan. U erda yozda cho’milib chiniqamiz.
4. Otlarni ko’plikka nomlash
Avval tushuntiriladi.
- bolalar biz hozir ko’plikda kelgan so’zlarni qaytaramiz
- xona-xonalar
- bog`cha -bog`chalar
- bola-bolalar
5. Kichraytirish-erkalash
- stul-stulcha
- ayiq-ayiqcha
- quyon-quyoncha
- kitob-kitobcha
6. She`r yod olish
Qo’g`irchoqni avaylab. (30 be T.Adashboev)
Ariqdan o’tayotib Gulnora toyib ketdi
Muncha anqaydim deya o’zini koyib ketdi
o’rnidan turib darhol ko’ylaklarini qoqdi
7. Mavzuni mustahkamlash
Bog`cha bo’ylab mo’ljal olish
- bolalar hozir sizlar bilan qiziq o’yin o’ynaymiz. Hammamiz ko’zimizni yumamiz. Asta bog`chaga kirib kelayotganimizni tasavvur qilamiz. Avval darvozadan kiramiz, qani qorovul amakiga salom beraylikchi
- assalomu alaykum!
- barakalla endi to’g`ri o’zimizni guruximiz tomonga yuramiz. Oshxonadan o’tib jismoniy xonasidan o’tib so’ng guruhimizga daxliz bo’ylab kirib kelamiz. Bog`cha opamizga nima deymiz?
- assalomu alaykum!
- juda yaxshi. Hamma ko’zini ochsinchi. Tasavvur qila oldingizmi?
- barakalla
8. Barmoq mashqi. “UYChA”
Biz quramiz
Baland uylar
Unda bordir mo’ri
Eshik va romlar
9. Rag`batlantirish
- bugun negadir kamroq bola ishtirok etdi. Sababi mavzuimiz hali yangida. Endi hammamiz doim shunday ahil inoq bo’lib o’tirsak tez tez javob berishga urinsak hammangizni yulduzcha bilan taqdirlayman.
10. Yakunlash
- bolalar mavzuni qiziqarli bo’ldimi? - ha
- yanagi safar bog`cha xodimlari bilan tanishtiraman, yaxshi dam oling. Xayr.
Do'stlaringiz bilan baham: |