O‘yin -lug‘at ishining eng natijali vositasi Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish, o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o‘qib yoki hikoya qilib berishi, o‘yin to‘g‘risida savollar va jamoa bo‘lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o‘yinlarda ham shu usullarda foydalaniladi. Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Ayniqsa, dramalashgan o‘yinlar, qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug‘atlarini faollashtirishga yordam beradi. Ona tili mashg‘ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo‘lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy va plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika 13 mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o‘rganadilar. Ayniqsa, dramalashgan o‘yinlar, qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug‘atlarini faollashtirishga yordam beradi. Ona tili mashg‘ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo‘lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy va plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika 13 mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |