MAVZU: BOLALAR JAMOASINI SHAKLLANTIRISHGA YORDAM BERUVCHI SHART-SHAROITLAR YARATISH.
MUNDARIJA:
KIRISH:…………………………………………………………...……..…2
1.BOB: MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASINI SHAKLLANTIRISH.
1.1 Bolalar jamoasi haqida ushuncha……………………….……………….5
1.2 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beruvchi omillar………………...……………………………………..…8
2.BOB: MAKTABACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASINI SHAKLLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISHNING AHAMIYATI.
2.1 Bolalar jamosini shakllantirishda bola shaxsini tarbiyalash shart-sharoitlari……………………………………………………..…………….……12
2.2 MTT da bolalar jamosini shakllantirish bosqichlari.………………….20
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………26
ILOVALAR…………………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:………………....….…30
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozir vaqtda yurtimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
_____________________________
1.2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror,
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
2."Ilk qadam o'quv dasturi" 2018-yil 7-iyul.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |