1.1. Meva, uzum, sabzovot va kartoshka ishlab
chiqarishning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va huquqiy
asoslari
So’nggi 20 yil ichida dunyoda sabzavot va mevalarni iste’mol
qilish yiliga o’rtacha 5-7% ga o’sib bormoqda. O’zbekiston
nafaqat aholining ehtiyojlarini qondiradi, balki qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini eksport qiladi va bu borada katta imkoniyatlarga
ega.
O’zbekistonda yiliga 20 million tonnadan ortiq mevasabzavot ishlab chiqariladi, ularning qariyb 1,0 mln. tonnasi
eksport qilinadi. Ayni paytda respublikada 140 mingdan ortiq
fermer xo’jaliklari, 100 ga yaqin ixtisoslashtirilgan qishloq
xo’jaligi klastelari faoliyat ko’rsatmoqda, ular ichki va tashqi
bozorni sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.
Respublikadagi omborlarning umumiy hajmi 975 ming tonna
mahsulotni, shu jumladan 502 ming tonnaga mo’ljallangan
zamonaviy sovutgich kameralarini tashkil etadi. Bu aholini qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan uzluksiz ta’minlash,
ularning eksportini kengaytirishga yordam beradi. Transport
infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birga, o’zaro
bog’langan logistika tarmoqlarini ta’minlash bo’yicha ishlar olib
borilmoqda, tashqi savdo aloqalari kengaymoqda, bu sohaning
eksport salohiyatining o’sishini ta’minlaydi.
Meva-sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish nafaqat oziqovqat xavfsizligini ta’minlash, balki uning atrofida yangi
tarmoqlarni shakllantirish, odamlar turmush darajasi o’sishini
ta’minlaydigan yangi ish o’rinlarini yaratish bilan bog’liq.
Mamlakatimizda 2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini
rivojlantirish dasturi, qabul qilinishi qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishida tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirish, ilg’or qishloq
xo’jaligi texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo’jaligini kompleks
mexanizatsiyalash va xom ashyoni qayta ishlashni
chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Unda
paxta yetishtirish uchun maydonlarni bosqichma-bosqich
optimallashtirish, unumdorligi past bo’lgan erlarni tortib olish yo’li
bilan keyinchalik meva-sabzavot, kartoshka va boshqa ekinlar
ekinlarini bo’shatilgan maydonga joylashtirish, shuningdek
intensiv bog’larni tashkil etish, seleksiyani yanada rivojlantirish va
urug 'yetishtirish ko’zda tutilgan..
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini
rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo’ljallangan
strategiyasini qabulqilinishi orqali aholining oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo’shilgan
qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini
kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini
ta’minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini
rivojlantirish; tarmoqni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan davlat
xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq
xo’jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini
rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq
statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Ushbu va boshqa tadbirlarni agrar sohada amalga oshirish
respublikaning oziq-ovqat xavfsizligini va oziq-ovqat
mahsulotlarining asosiy turlari bilan o’zini o’zi ta’minlashini
yanada mustahkamlashni, shuningdek, talabga javob beradigan
ushbu mahsulotlar tashqi bozorlarda eksportining sezilarli darajada
oshishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda meva-sabzavot mahsulotlari eksportining
asosiy muammosi uning diversifikatsiyalanmaganligidir (import
qiluvchi mamlakatlarning tor ro’yxati va mustahkam tuzilishi bilan
cheklangan). Bu holat bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Birinchidan, asosiy import qiluvchi mamlakatlarda iqtisodiy
ahvolning yomonlashishi va meva-sabzavot mahsulotlariga
bo’lgan talabning pasayishi butun sanoat uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, import
qiluvchi mamlakatlarning monopsoniya kuchi shunday vaziyatni
keltirib chiqarishi mumkinki, import qiluvchi xaridorlar o’zbek
mahsulotlariga narxlarni belgilash imkoniyatiga ega.
O’z navbatida, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi,
Yaponiya, Koreya, Xitoy) bozorlari, o’zlarining standartlariga
javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlarni etkazib berishni
diversifikatsiya qilishda, ko’proq xaridorlik qobiliyati nuqtai
nazaridan qiziqarli. O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mevasabzavot mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini, xususan,
Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya) va
dunyoning boshqa mintaqalariga etkazib berishni ko’paytirish
496
orqali kengaytirilmoqda, shu bilan birga meva-sabzavot
mahsulotlarining tovar tarkibi ham ko’paytirilib borilmoqda.
Biroq, ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun meva va
sabzavotlarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va eksport qilish
tizimidagi institutsional va me'yoriy-huquqiy bazani
takomillashtirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishlar talab etiladi.
Xususan, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli
yo’lga qo’yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo’jaligi
maydonlarining hajmi ekin turlari bo’yicha paxta-to’qimachilikda
— 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda —
7,5 foizni tashkil etmoqda.
Klaster usulida yyyetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash
natijasida tayyor mahsulot ko’rinishida iste’molchiga etkazib
berish imkonini bermoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yyetishtirilayotgan 80 turdan
ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga
eksport qilinmoqda. 2010 yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi
hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2018 yilga kelib ushbu ko’rsatkich
1,6 foizgacha kamaydi.
Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va
uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli
yo’lga qo’yilmaganligi, ilmiy yondashuvning etarli emasligi
tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmasligiga
olib kelmoqda.
Hisob-kitoblarga ko’ra, 1 gektar maydonda yyetishtirilgan
paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6
baravar, yong’oqdan 5 baravar ko’p daromad olish imkoniyati
mavjud.
Mamlakatimizda meva-sabzavot va uzumchilik sohasida
yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport
hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi erlarni
o’zlashtirish, paxta, g’alladan qisqartirilayotgan maydonlarga
eksportbop qishloq xo’jaligi ekinlari ekishni ko’paytirish,
shuningdek, bog’, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali
foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 11 dekabrda ―Meva-sabzavotchilik va
uzumchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish, sohada qo’shilgan
qiymat zanjirini yaratishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida‖gi qarori qabul qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
14 martdagi «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo’jaligi
kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
4239-son qaroriga asosan Jizzax, Samarqand, Toshkent va
Farg’ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta mevasabzavotchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi birlashmalari
tashkil etildi, xalqaro moliya institutlari mablag’larini jalb etgan
holda 2020 yilda Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarining
22 ta tumanida 31 ta, 2021 yilda respublika bo’yicha 100 ta qishloq
xo’jaligi birlashmalari tashkil etilishi belgilab olingan.
Ushbu qarorga muvofiq:
•qishloq xo’jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot
klasterlari ishtirokchilariga intensiv ko’chatlar (pakana va yarim
pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir
qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;
•uzumchilik yo’nalishidagi investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlari bo’yicha kafillik
taqdim etiladi;
•kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida
tashkil etiladigan qishloq xo’jaligi birlashmalari a’zolariga
subsidiyalar ajratiladi.
Biroq amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami qanchalik keng
bo’lmasin mavjud imkoniyatlardan, resurslar saloyihatidan
samarali foydalanimayaoti. Masalan jahon bozorida meva-sabzavot
mahsulotlari savdosi 205 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bir
paytda, respublikaning mazkur bozordagi ulushi bir foizga ham
etmayapti54. Ushbu mahsulotlaring mamlakat eksporti tarkibidagi
ulushi esa atigi 7 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5
milliard dollarga etkazish, keyingi uch yilda bu ko’rsatkichni 5
milliard dollarga etkazish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlangan.
O’zbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi
bog’lar etarlicha tashkil etilmayotgani, bog’ va tokzorlar yaroqsiz
holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi o’ta
past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski
bog’lar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi.
Hanuzgacha ―mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va
qayta ishlash – eksport‖ zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya
tizimi joriy qilinmaganligi ham mavjud salohiyatdan samarali
foydalanimayotganligidan dalolat bermoqda.
Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish
hajminig o’sishi kuzatilmoqda. Xususan sabzavotlar jami 2000
yilda 2644,7 ming tonna ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019 yilga kelib
10215,1 ming tonna yoki 3,8 barobarga oshgan. Mevalar 2000
yilda 790,9 ming tonna yyetishtirilgan bo’lsa, 2019 yilda 2757,2
ming tonnaga yoki 3,5 barobarga ko’paygan
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xo’jaligini
intensive rivojlantirish natijasida asosiy turdagi meva-sabzavot
mahsulotlari bilan ichki ta’minlanish darajasiga erishildi
Jumladan, agar 2000 yilda aholi jon boshiga hisoblaganda
me‘yorga nisbatan yyetishtirilgan mahsulot hajmi mevada 48,5
%ni, kartoshkada 58,3 %ni, sabzavotda 97,2 %ni, polizda 93,8 %ni
tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilga kelib bu ko’rsatkich mevada 126,7
%ni, kartoshkada 184,3 %ni, sabzavotda 281,3 %ni va polizda
322,3 %ni tashkil etdi. Ichki iste’moldan ortiqcha meva-sabzavot
mahsulotlarining bir qismi qayta ishlash sanoati ehtiyojlari uchun
sarflansa, qolgan qismi yangi uzilgan holda eksportga chiqariladi.
Biroq kartoshkachilikda 20-30 foizi urug’chilika ishlatiladi,
kooperasiya munosabatlarini takomillashtilmaganligi, agro
logistika tizizmdagi kamchiliklari natijasida 20 foizdan ortig’i nesnobut bo’lib ketadi. Oqibatda har yili 300 ming tonna atrofida
kartoshka import qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |