Firavn Amenofis III ning lashkarboshilaridan birining Fivadagi qabr toshida tasvirlangan qadimgi Misr bog'Iari tog'risida tasavvur ma'lum. U bog'ning butun tarxini huddi qush parvozdagidek tasvirlaydi. Bu yerning baland devor bilan o'ralgan kvadrat maydoni, bog'ning bosh qismida joylashgan uy simmetrik joylashgan turli xil daraxtlar: palma, anor, limon va hokazolar alleyalari bilan soyalanadi. Misrliklarning tasavvurlari bo'yicha palmalar xo'jayiniga shodlik, smokovnitsalar - boylik va yashirin bilim, eben daraxti -boylik va baxt keltirgan. Bu daraxtlar misrliklar uchun muqaddas hisoblangan. Bog' to'rt qismga bo'lingan. Bog'ning ochiq makonlari past bo'yli o'simliklar bilan o'ralgan hovuzga ega bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |