Mаvzu: BMT va O’zbekiston (2 soat)
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi
2. BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov BMT ning Bosh assambleyasining 48-sessiyasida so’zlagan nutqining mohiyati
4. O’zbekiston tashqi siyosatini faollashuvida BMT ning o’rni.
O’zbеkistоn Respublikasining BMTga a’zо bo’lishi. O’zbеkistоn va BMT o’rtasidagi hartоmоnlama hamkоrlik. I.A.Karimоvning BMT 48-va 50-sеssiyalarida so’zlagan nutqi, bu nutqlarda ilgari surilgan g’оyalar. Markaziy Оsiyoda хavfsizlik, tinchlik va tоtuvlikni ta’minlash uchun O’zbеkistоnning sa’y-harakatlari. Afg’оnistоn va Tоjikistоndagi mоjarоlarni hal etish bоrasida оlib bоrilgan ishlar. Narkоtrafik muammоsiga e’tibоrning qaratilishi. O’zbеkistоn Respublikasi Pеrzidеnti I.A.Karimоv BMT ning Bоsh assamblеyasining 48-sеssiyasi, so’zlagan nutqida ilgari surgan g’оya, maqsadlar. O’zbеkistоn tashqi siyosati faоllashuvida BMT ning o’rni.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti” atamasi ilk bor 1942 yil boshida AQSH Prezidenti Franklin Ruzvelt tomonidan taklif qilindi. Ikkinchi jahon urushining ana shu og‘ir, suronli davrida 26 mamlakat fashizmga qarshi birgalikda kurashish majburiyatini olgan edi. Bu mamlakatlar insoniyat tarixidagi eng dahshatli bo‘lgan bu urush yakuniga yetganidan keyin xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining deklaratsiyasini qabul qildi. Chunki 1919 yilda tuzilgan va mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishni o‘zining bosh maqsadlaridan etib belgilagan Millatlar ligasi mudhish urushning oldini ololmagani tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.
1945 yili 50 mamlakat vakillari AQSHning San-Fgapsisko shahriga to‘planib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomini ishlab chiqdi va 26 iyun kuni uni imzoladi. O‘sha yilning 24 oktabrida Nizom asoschi davlatlarning aksariyati tomonidan ratifikatsiya qilingach, BMT rasman o‘z faoliyatini boshladi va bu sana BMT kuni sifatida bashariyat tarixidan joy oldi.
BMTning bosh shiori tinchlikdir.Tashkilot mojarolarni hal qilishda murosasozlik, vositachilik vazifasini o‘tab kelmoqda, kezi kelganda tinchlik o‘rnatish operatsiyalarini amalga oshirmoqda.Ko‘plab mojarolar keng ko‘lamli urushga aylanib ketmaganida ham BMTning xizmati katta.
Har qancha qimmatga tushmasin, hech bir tinchlik o‘rnatish operatsiyasining zarari, hatto eng kichik ko‘lamli urush keltiradigan zarar bilan tenglasha olmaydi.BMT o‘z tarixi davomida 77 tinchlik o‘rnatish operatsiyasini amalga oshirdi. Tinchlikning qadri mana shunda ham namoyon bo‘ladi.
BMT Bosh Assambleyasining eng birinchi rezolyutsiyasi 1946 yilning 24 yanvarida qabul qilingan. Unda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilishga da’vat o‘z ifodasini topgan. 1957 yilda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik tuzildi. 1970 yilda Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi.1996 yilda Bosh Assambleya Yadro quroli sinovlarini yalpi ta’qiqlash to‘g‘risidagi shartnomani qabul qildi.
Yadro qurolidan xoli hududlar ham bevosita BMT shafe’ligida barpo etiladi.Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning shunday hududga aylanishida BMT bilan hamkorlik muhim o‘rin tutdi.
Dunyoda xavfsizlikka faqat harbiy mojarolar tahdid solmaydi.Terrorizmga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida BMT shafe’ligida 13 xalqaro konvensiya ishlab chiqildi.2006 yilda Bosh Assambleya Global kontrterroristik strategiyani qabul qildi. Unda milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan harakat dasturi belgilangan.
Shuningdek, xavfsizlik ekologiya va epidemiyalar tarqalishi muammolari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. BMT o‘z tarkibidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Atrof muhit dasturi, YUNISEF, Jahon oziq-ovqat dasturi, Aholishunoslik jamg‘armasi kabi tuzilmalari orqali bu yo‘nalishlarda dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni muvofiqlashtirib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni BMTga a’zo bo‘ldi. O‘sha vaqtdan buyon davlatimiz bayrog‘i BMT Bosh qarorgohi binosi oldida hilpirab turibdi. O‘zbekiston tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlarga qarshi kurashish, ekologik muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida BMT bilan izchil hamkorlik qilib kelmoqda.Joriy yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif asnosida BMT Bosh kotibi ilk bor Orolbo‘yida bo‘ldi va u yerdagi butun dunyoga ta’sir ko‘rsatayotgan ekologik bo‘hron bilan bevosita tanishdi. Bu Markaziy Osiyodagi global ekologik muammoga jahon hamjamiyati e’tiborini yanada kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etadigan voqea bo‘ldi.Bosh kotib Pan Gi Munning tashrifi asnosida BMT va SHHT kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarini faollashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda mazkur ikki tashkilotning ishtirokini kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud maqomini olishida ham BMT bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etdi. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMTbu xayrli g‘oyani keng qo‘llab-quvvatladi.
BMT O‘zbekiston Respublikasining terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tashabbuslari va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ham yuksak baholaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.
BMT minbari Markaziy Osiyodagi jahonshumul muammolarga dunyo mamlakatlari e’tiborini qaratish uchun eng muhim vositadir.BMT Bosh Assambleyasining joriy yil 21-22 sentabr kunlari Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga birinchilar qatorida so‘z berilgani ushbu tashkilotning mamlakatimizga yuksak e’tibori, davlatimiz rahbarining xalqaro tashabbus va takliflariga nechog‘li hurmat bilan yondashuvidan yana bir dalolatdir.
Islom Karimov mazkur sammitda so‘zlagan nutqida Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizning BMT bilan hamkorligi, Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik va ekologiya muammolari, Afg‘oniston mojarosini bartaraf etish yo‘llariga alohida to‘xtaldi.
Mamlakatimiz rahbari bugungi kunning eng dolzarb xalqaro muammolarini hal etishda urush va mojarolar to‘siq bo‘layotganini, Afg‘oniston misolida buning yaqqol tasdig‘ini ko‘rish mumkinligini alohida ta’kidladi. Mazkur mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish uchun unga iqtisodiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy-gumanitar va infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga, Afg‘oniston xalqining ko‘p asrlik an’analari va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarur.Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida BMT shafe’ligida “6+3” muloqot guruhini tuzish taklifini yana bir karra bayon etdi.Prezident Islom Karimov Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishda atrof-muhit muhofazasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. So‘nggi qirq yilda Orol dengizining akvatoriyasi 7 barobar, suvining hajmi 13 marta kamaydi. Orolbo‘yi mintaqasi Amudaryo va Sirdaryo hisobiga suv bilan ta’minlanishi hisobga olinsa, ulardagi oqimning kamaytirilishi shusiz ham murakkab ahvoldagi ekologik barqarorlikka putur yetkazadi.
O‘zbekiston rahbarining nutqi sammit qatnashchilari tomonidan qizg‘in qabul qilindi. Jahon matbuotida yirik siyosatchilar, siyosatshunoslar Islom Karimov puxta o‘ylangan, amalda yuksak samaralar beradigan takliflarni ilgari surganini alohida ta’kidlamoqda. Masalan, Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Madlen Mun mamlakatimiz rahbarining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-diplomatik resurslarga tayanish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatladi. Fransiya Xalqaro munosabatlar instituti eksperti Elian Mosse faqat tinchlik va barqarorlik sharoitida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish mumkin ekanligini qayd etib, Islom Karimov ilgari surgan takliflar belgilangan maqsadlarga to‘la mos kelishini ta’kidladi. Qator ekspertlar Afg‘oniston bilan bog‘liq butun muammolar majmuini hal etish borasida to‘plangan uzoq yillik tajriba unga harbiy yo‘l bilan yechim topib bo‘lmasligini ko‘rsatganini, BMT hamkorligida “6+3” muloqot guruhining tuzilishi muhim ahamiyat kasb etishini qayd qilmoqda.
Mamlakatimiz rahbarining nutqi sammitni yoritgan ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Prezident Islom Karimovning BMT sammitidagi ishtiroki, sammit doirasida Bosh kotib Pan Gi Mun bilan uchrashuvi mamlakatimiz bilan ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shubha yo‘qki, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot homiysi bo‘lgan BMT bundan buyon O‘zbekiston bilan munosabatlarga yanada keng e’tibor qaratadi. Zero, O‘zbekiston rahbarining barcha taklif va tashabbuslari BMTning bosh maqsadlariga, shu jumladan, Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘la mos keladi.O’zbekiston o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritganiga 19 yil to’ldi. O’tgan davr mobaynida mustaqil mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yuksaldi va mustahkamlandi. O’zbekistonning xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolarni hal etish borasida yuksak minbarlardan yangragan tashabbuslari mamlakatimiz 1992 yilda a'zo bo’lib kirgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan keng qo’llab-quvvatlandi.
1992 yilning 2 martida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O’zbekistonning milliy bayrog’i hilpiradi. Ushbu kundan e'tibogap mamlakatimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro qarorlarni qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi.
O’zbekiston o’sha ondan boshlab BMT bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Bular, jumladan, bugungi kundagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek, Afg’onistonni qayta tiklash, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal etish, xususan, Orol dengizi fojiasining og’ir oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalardir.
BMT bilan mamlakatimiz hamkorligining asosiy yo’nalishi faol siyosiy muloqotni yo’lga qo’yish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qatnashishi orqali mazkur siyosiy muloqotga tamal toshi qo’yilib, davlatimiz rahbari ilk bor mustaqil O’zbekiston va uning imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga e'lon qildi. Shu bilan birga, Prezidentimiz Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hududni tashkil etish tashabbusini ham ilgari surib, bu haqdagi shartnoma 2006 yilning sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. BMT Bosh Assambleyasining 61- va 63-sessiyalarida Tashkilotga a'zo davlatlarning ko’pchilik ovozi bilan “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud” Rezolyutsiyasi qabul qilindi, 2009 yilning mart oyidan boshlab esa, bu haqdagi Shartnoma kuchga kirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1995 yilning oktyabrida BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida Afg’onistonga qurol-yarog’ embargosini joriy qilish hamda ushbu mamlakatga do’st bo’lgan davlatlar guruhini tuzish tashabbusini ilgari surdi.Mazkur tashabbus 1999 yilda “Afg’onistondagi ziddiyatni bartaraf etishning asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Toshkent deklaratsiyasida o’z aksini topdi. Bu deklaratsiya afg’on zaminida tinchlik o’rnatishning asosiy tamoyillarini o’z ichiga olgan bo’lib, “6Q2” deya yuritiluvchi muloqot guruhi ishtirokchilarining nuqtai nazarlari va yondashuvlarini birlashtirvchi muhim hujjatga aylandi.
Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida BMT bilan hamkorlik doirasida 2008 yil aprel oyida Buxarestda bo’lib o’tgan NATO/SEAP sammitida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov afg’on muammosini hal etish maqsadida “6+2” muloqot guruhini “6+3” guruhiga aylantirish haqidagi taklifni ilgari surgandi. Bu guruhga Afg’onistonga qo’shni bo’lgan davlatlar bilan birga, AQSh va Rossiya hamda NATO tashkilotining kirishi nazarda tutilgan.
2000 yilda mamlakatimiz Prezidenti dunyoning 150 dan ziyod davlatlari rahbarlari qatnashgan BMTning “Mingyillik sammiti”da ishtirok etdi.Ikki minginchi yillik oralig’ida o’tkazilgan sessiya qatnashchilari O’zbekiston Respublikasini “BMT Mingyillik Assambleyasi” raisining o’rinbosari etib tayinlab, mamlakatimizga katta ishonch bildirdilar.
O’zbekiston BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti, BMTning qochoqlar ishlari bo’yicha agentligi va boshqa institutlari bilan O’zbekiston hududidagi qirg’izistonlik qochoqlarga yordam ko’rsatish borasida yaqindan hamkorlik qildi.
O’zbekistonning Qirg’iziston janubidagi zo’ravonlik qurbonlariga yordam ko’rsatish borasidagi tadbirlari hamda uning oqilona va vazmin siyosati jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. Bir qator davlatlar rahbarlari, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Qirg’iziston prezidenti O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovga 2010 yil iyun oyida Qirg’iziston janubidagi fojiali voqyealar oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish borasidagi O’zbekistonning konstruktiv sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi.
O’zbekiston BMT va uning narkoagressiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. 2002 yil oktyabr oyida BMT Bosh kotibi Kofi Annanning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Tashrif chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMTning giyohvand moddalarni nazorat qilish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi va ushbu markaz Almati shahrida ochilishiga kelishildi.
O’zbekiston va BMTning ekologiya sohasidagi hamkorligi doirasida Orolbo’yidagi vaziyat degradatsiyasining oldini olish va Orol fojiasi oqibatlarini yengillashtirish bo’yicha qabul qilingan tezkor choralar ustuvorlik ahamiyatiga ega. BMT O’zbekistonga ushbu masalani hal etish borasida ko’mak berishga tayyor.
Orol dengizi ekologik fojiasining jiddiyligini inobatga olgan holda, O’zbekiston BMT vakillarining faol ishtirokida 2008 yilning 11-12 mart kunlari Toshkent shahrida “Orol muammosi, uning aholi genofondi, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta'siri, oqibatlarini yengillashtarish borasida xalqaro hamkorlik choralari” mavzuidagi xalqaro konferensiya o’tkazdi.
2010 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun shaxsan Orolbo’yi mintaqasiga tashrif buyurdi.Uning so’zlariga ko’ra, ko’rgan manzaralari unda o’chmas taassurot qoldirdi. Pan Gi Mun Orol muammosini hal etishga ko’maklashishga, ushbu ekologik fojia oqibatlarini bartaraf qilish uchun BMTning ekspert salohiyati, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etish borasidagi barcha sa'y-harakatlarni safarbar qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
O’zbekiston hammuallifligida ishlab chiqilgan “Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasiga BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchilik maqomini berish” to’g’risidagi rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 63-sessiyasida barcha tomonidan qo’llab-quvvatlangan muhim hujjatlardan biri bo’ldi.Pan Gi Mun Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi doirasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni to’la qo’llab-quvvatladi.
Orol dengizi muammolarini hal etish suv-energetika resurslaridan ratsional va oqilona foydalanish masalalari bilan bevosita bog’liq. Transchegaraviy daryolarni himoya qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya etish alohida ahamiyatga ega. Bu masala bo’yicha BMTning 1991 yil 25 fevral, 1992 yil 17 mart va 1997 yil 21 maydagi konvensiyalari davlatlarning “transchegaraviy ta'sirga ega bo’lgan faoliyatni amalga oshirishda transchegaraviy daryolarning xususiyatini inobatga olgan holda, ulardan oqilona va adolatli tarzda foydalanishga” majbur ekanligini uqtiradi. O’zbekiston xalqaro huquq me'yorlariga ko’ra, Markaziy Osiyoning suv-energetika muammolariga uchinchi davlatlarning aralashuvini ma'qul ko’rmaydi.O’zbekiston BMT konvensiyalariga binoan transchegaraviy daryolardagi barcha gidroenergetika loyihalarini BMT vakiligi ostida xalqaro ekspertizadan o’tkazish nuqtai nazarini qat'iy ilgari suradi.Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar bilan o’zaro munosabat doirasida BMTning Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (YEIK), BMT savdo va rivojlanish bo’yicha konferensiyasi guruhi kabi ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlik rivojlanmoqda. 1993 yildan beri respublikada BMTning yirik dasturi - Taraqqiyot dasturi, 1999 yildan buyon mamlakatga oid hamkorlik dasturi asosida tayyorgarlik va tatbiq etish amalga oshirilmoqda. Mamlakatga oid hamkorlik dasturining asosiy vazifasi O’zbekistonga qisqa va o’rta muddatlarda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor vazifalarini hal etishda texnik va konsultativ yordam ko’rsatishdir. 2010-2015 yillarda Mamlakatga oid hamkorlik dasturi umumiy miqdori 43 million 318 ming AQSh dollaridan iborat bo’lgan dasturni amalga oshirishi taxmin qilinmoqda. O’zbekistonning Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorligining ustivor yo’nalishlari ushbu tashkilotning Yevropa hududiy byurosi va O’zbekiston Repsublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi o’rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan OIF/OITSga qarshi kurash hamda ularning oldini olish, sil, bezgak, yuqumli va yuqmaydigan kasalliklarni profilaktika qilish hamda sanitar holatini yaxshilash, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash sohalari sanaladi.
O’zbekiston BMTning nizomiy, yordamchi va konvensiyaviy tashkilotlari bilan inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida yaqindan hamkorlik qiladi. Ushbu yo’nalishda 70 dan ortiq hujjatlar bilan birga oltita asosiy bitimga qo’shildi. O’zbekiston ushbu hujjatlar doirasida o’zining xalqaro majburiyatlarini izchil ravishda bajaradi va mazkur sohada o’z siyosatini ishlab chiqadi.
2008 yilda Inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasining 60 yilligi munosabati bilan Prezident Islom Karimovning 2008 yildagi tashabbusini qo’llab-quvvatlash xalqaro kampaniyasi BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasida va BMTning Inson huquqlari Kengashida katta qiziqish uyg’otdi. Mintaqaviy va global muammolarning o’zaro bog’liqligi BMT va ShHT kabi mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqindan hamkorlik qilishga undaydi. ShHTga raislik qiluvchi mamlakat sifatida O’zbekiston BMT va ShHT o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni faollashtirgan holda tom ma'noda o’zaro sherikchilik xususiyatini namoyon qildi.
2010 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT va Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatlari o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risidagi qo’shma deklaratsiya imzolandi.
Shubhasiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Nyu-York shahriga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi O’zbekiston va BMTning kelgusidagi strategik sherikchilik hamda hamkorlik munosabatlari mustahkamlanishiga kuchli ta'sir ko’rsatadi va bu, o’z navbatida, mamlakatimizning xalqaro darajadagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladi.
Tоshkеntda BMT vakоlatхоnasining оchilishi va uning faоliyati. O’zbеkistоnning BMT faоliyatini yanada takоmillashtirishga qaratilgan takliflari. O’zbеkistоn Respublikasining BMT (PRООN) dasturlaridagi ishtirоki. O’zbеkistоnning BMTning iхtisоslashgan tashkilоtlari – YUNESKO, YUNISЕF, YUNKTAD, Хalqarо Mеhnat Tashkilоti, Jahоn sоg’liqni saqlash Tashkilоti, хоtin-qizlar хalqarо fеdеratsiyasi bilan hamkоrligi. BMTning O’zbekistondаgi vаkоlаtхоnаsi 1993-yil 24 оktyabrdаn bоshlаb Tоshkеntdа fаоliyat ko’rsatmоqdа. U BMT tizimidаgi iхtisоslаshgаn tashkilоtlаr fаоliyatlаri vа dаsturlаrni birlаshtirib, O’zbekiston Respublikаsi хukumаti bilаn birgаlikdа bеlgilаngаn аsоsiy yo’nalishlаrgа qaratаdi.
Vаkоlаtхоnа tаrkibi BMTning: Taraqqiyot Dаsturi (PRООN), Ахbоrоt vа jаmоаtchilik bilаn aloqalаr bo’limi, Giyoхvаndlikkа qarshi kurash Dаsturi, qоchоqlаr ishlаri bo’yicha оliy kоmissаr boshqarmаsining vаkоlаtхоnаsi, Bоlаlаr jаmgаrmаsi (YUNISЕF), Sаnоаtni rivоjlаnish tashkilоtining vаkоlаtхоnаsi (YUNIDО), Jахоn sоg’likni saqlash tashkilоti, Ахоli jаmgаrmаsi vа ko’pginа boshqa dаsturlаrdаn ibоrаt.
BMT fаоliyatini birlаshtirib, ulаr e’tibоrini O’zbekiston Respublikаsi хukumаti bеlgilаngаn аsоsiy yo’nalishlаrgа qaratuvchi vаkillik 1993 yildа оchilgаn vаkоlаtхоnа maqsadi “Bоzоr iqtisodiyotigа o’tish dаvrigа хоs islохоtlаrni аmаlgа оshirish, ijtimоiy tа’lim, ilm Fаn vа mаdаniyat, insоn huquqlаri, dеmоkrаtiya hamdа boshqaruvni rivоjlаntirish, оnаlаr vа bоlаlаr sаlоmаtligini yaхshilаsh, giyoхvаndlikkа qarshi kurash, Оrоl muаmоlаrini хаl etish sохаsidаgi xalqaro aloqailаrni yo’lga qo’yishdа mахsus dаsturlаrni ishlаb chiqishdа O’zbekiston bilаn BMT o’rtasida Аmаliy hamkоrlikni rivоjlаntirishdаn ibоrаt.
BMTning YUNESKO tashkilоti 188 tа Dаvlаt а’zоsi хisоblаnаdi. Tashkilоtning аsоsiy maqsadi, dunyo xalqlаrining tа’lim, fаn vа mаdаniyat sохаlаridаgi hamkоrligini kеngаytirish аsоsidа jахоndа tinchlik hamdа хаvfsizlikni mustахkаmlаshgа tа’sir ko’rsatishdаn ibоrаt. SHuningdеk, bu hamkоrlik хаqiqаtni vа хаqqоniylikni хurmqilish, kоnuniylikni, insоnhuquqlаrivа erkinliklаrinitа’minlаshgа хizmаt qiladi.
O’zbekiston YUNESKO bilаn hamkоrligi dоirаsidа bir nеchа lоyiхаlаr mаvjud. Jumlаdаn, “Bilim hammа uchun” dаsturini оlаylik. Mаktаblаrdа nоgirоn bоlаlаrni o’qitish bo’yicha sinf хоnаlаr tashkil qilindi. Xalqaro ekspеrtlаr tаklif etilib, o’quvchilаr uchun sеminаrlаr o’tkazildi. SHuningdеk, mаdаniyat vа boshqa sохаlаrdаgi hamkоrlik dаsturlаri dоirаsidа ham bir qancha lоyiхаlаr ishlаb chiqilgan. Birginа mаdаniyat dаsturi bo’yicha 5 tа lоyiха mаvjud. Ulаrnnng hammаsi хаrаkаtdа. Hamkоrlik qаmrоvi kеngаyib bormoqda. O’zbekiston bu ishlаrdа fаоl ishtirоk etаr ekаn, xalqlаrning tа’lim, fаn vа mаdаniyat sохаsidаgi hamkоrligini rivоjlаntirish yo’li bilаn jахоndа tinchlik vа хаvfsizlikni mustахkаmlаshgа o’zining munоsib хissаsini qo’shavеrаdi.Аsоsiy maqsadi tеgishli dаsturlаrni аmаlgа оshirish orqali mаmlаkаt ахоlisi хаyot dаrаjаsini yaхshilаsh, barqaror insоniylik taraqqiyotini tа’minlаshdir.
BMT tizimi dоirаsidа BMT Taraqqiyot Dаsturi аlохidа rоl o’ynаydi. U grаntlаr bеrish аsоsidа mоliyaviy ko’mаk bеrish uchun аsоsiy mаnbа хisоblаnаdi.BMTning O’zbekistondаgi vаkоlаtхоnаsining birinchi nаvbаtdаgi maqsadi- ахоlining mоddiy tа’minоtini yaхshilаshni vа ulаrni iqtisodiy-ijtimоiy хаyotdа faolroq ishtirоk etishlаrini tа’minlаshdir. BMTTD хukumаtgа turli dаsturlаr tаyyorlаsh vа аmаlgа оshirishdа ko’maklashadi, ulаr оrаsidа insоn mаnfаtlаri 1-o’rnidаdir. BMTTDning bеsh ustivоr yo’nalishi mаvjud. Bulardаn:Islохоtlаr strаtеgiyasi vа kеlаyotgаn yordаmni muvоfiklаshtirish:
Do'stlaringiz bilan baham: |