Yo’lkadan ketayotganda “Avtomobildan saqlaning” degan ko'rsatkichga qarash kerak. Shunday ko‘rsatkich osib qo'yilgan joylarda ehtiyot bo'lish kerak.
14 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga yo'llarda velosiped haydashga ruxsat etiladi. 14 yoshga to‘lmagan bolalar faqat yopiq maydonlarda (hovli, atrofi o‘ralgan joylarva h.k.) velosiped haydashlari mumkin.
Yo‘lka, bog‘, saylgoh va xiyobonlardagi yo'lkalarda, tramvay yo'llarida, velosipedda yurishga ruxsat etilmaydi. Ikki qator bolib, bir-biridan o'zib, rulni ushlamay, transportga osilib yurishga, bir o‘rinli velosipedda ikki kishining yurishiga ham ruxsat etilmaydi.
Velosipedning tormozi, qo‘ng‘irog‘i bekam-u ko‘st ishlashi, qorong‘i tushganda foydalanish uchun oldingi va orqa tomonidagi qizil rangdagi chiroqchasi bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |