Mavzu. Biznesni tashkillashtirish. Biznes



Download 23,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/197
Sana10.03.2022
Hajmi23,12 Mb.
#487910
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197
Bog'liq
Biznes maruzalar

1.
 
Rejalashtirish
2.
 
Tashkil qilish
3.
 
Motivatsiya
4.
 
Nazorat
Rejalashtirish - 
faoliyat maqsadlarini , buning uchun zarur bo`lgan resurslarni
 
aniqlash , 
maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish , tashkilotni kelajakdagi rivojlanishini prognoz 
qilish. 
Tashkil qilish - 
tashkilot tuzilmasini shakllantirish , uni resurslar (moddiy, moliyaviy, 
mexnat) bilan taminlash.
Motivatsiya - 
xodimlarni faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy jixatdan rag`batlantirish 
hamda xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish yordamida 
tashkilot maqsadlariga erishishni ko`zlab samarali ishlashga ruxlantirish. 
Nazorat - 
ish natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan baxolash hamda xisobini olish, 
rejalarni , meyorlarni , qarorlarni korrektirovka qilish. 
Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U
mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya
(qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash
mumkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab
chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan - bu mahsulot ishlab chiqarish, metall 
yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish
jarayoni, ya’ni bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab
chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan
- bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment
jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va
amallardan iboratdir.Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining
qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish
boyicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra


uni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish. 
Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki
boshqaruv m a’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi 
boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizim ning holatini baholash, uni
yaxshilash yo‘llarini izlash yoki undagi salbiy hislat- larni bartaraf qilish bilan bog'liq
ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish
maqsadiga nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi
rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o‘tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan 
boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi. Menejment jarayonini, shuningdek, quyidagi
davrlarga bo‘lish mumkin: maqsad qo‘yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, menejment 
tizimida tashkiliy-amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash. Menejment operatsiyalari
- rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo‘lib, ularning tartibi va birikishi 
natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat uchun korxonaning 
yillik va oylik hisobotlarini olish, ular bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni
boshqaruv jarayoniga tatbiq qilish lozim.Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga,
eng avvalo, axborotni kiritish lozim. Menejment operatsiyalarining katta qismi axborot bilan
ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo‘llaniladigan texnika vositalari ham
shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy 
orgtexnika vositalaridir.Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va
tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash,
tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga - tushuntirish,
ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish,
majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas,
balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu 
operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.Menejment jarayonini
tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja, narxni belgilash va
kredit berish funksiyalarini bog'lashni ta’minlash, menejment tizimi ayrim unsurlarini
(maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usuliar va tarkib) muvofiqlashtirish,
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash
zarur.Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan 
menejment jarayonini tashkil etish bilan bog'liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog'liq
bo‘lmagan boshqaruv tashkilot-lari o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo‘lib
qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va
korxona o‘rtasida va h.k.). Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida 
ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha ma’lum masalalarni hal
etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi
obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda
quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi: 
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibini; 
- uning hududiy tarkibini; 
- ishlab chiqarishning alohida unsurlarini. 
Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni
boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha
tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish
sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani
boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdoni, m oliya, moddiy-
texnikaviy ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam-rab oladi.Ishlab
chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman
miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo‘g'ini -
korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari,
bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. 
Bjahqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil etish har bir vazifada ish
hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini


loyihalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari
ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
a) marketing;
b) biznes-reja;
d) tartibga solish;
e) tashkil etish;
g) rag‘batlantirish;
g) nazorat va hisob;
h) undash;
i) rejalashtirish. 
G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini 
turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: 

rejalashtirish; 

tashkil qilish; 

tartibga solish va muvofiqlashtirish; 

nazorat; 

rag‘batlantirish (motivlashtirish). 
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib, chiqadi. 
Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida: 

loyihalash; 

konstruktorlik; 

rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi.
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, 

maxsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 

mexnat normalari, materillari sarfini belgilash; 

asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo 
bo‘ladi. 
Endi quyida boshqaruv funksiyalariga atroflicha to‘xtalamiz: 

Download 23,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish