Shartnomaviy javobgarlik deb shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka aytiladi.
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini ba-jarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu ta-raf boshqa tarafga yetkazilgan zararni to`laydi; qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar bo`ladi. Zarar deganda, shartnoma majburiyatlari bajaril-maganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosa-bati bilan taraf qilgan harajatlar, uning mol-mulki yo`qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek, agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajar-ganida taraf olishi mumkin bo`lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi (FKning 14-moddasi).
Shunday qilib, zarar tushunchasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Mulkning yo`qolishi, jismonan yo`q qilinishi yoki xo`jalik oborotidan chiqib ketishi. Masalan, yuk saqlovchi o`z omboridagi mulkni saqlash majburiyatini bajarmasa va ashyo uning beparvoligi oqibatida o`g`irlansa. Mulkning shikastlanishi va oqibatda istemol si-fatini, tashqi ko`rinishini yo`qotishi, qiymatining pa-sayib ketishi.
Mulkka shikast yetkazilganda uning qiymatining ka-mayish miqdori yoki yetkazilgan shikastni bartaraf etish harajatlari aniqlanadi. Bunday zarar shartnomaning idish va o`rash haqidagi shartlari bo’zilishi, yetkazib berilayotgan uskunalarning sinishi, shuningdek, masalan, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mulkdan tegishli tartibda foydalan-maganligi oqibatida uni zudlik bilan tamirlash talab qilinadigan holatga keltirib qo`yishi natijasida yetka-zilishi mumkin.
3. Tarafning xarajatlari. Masalan, ishlab chiqarish-ning to`xtab qolishi natijasida qilingan xarajatlar, qabul qilib olingan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar) dagi kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlari, to`langan neustoykalar va zararni qoplashga ketgan xara-jatlar.
4. Taraf ololmay qolgan daromad (boy berilgan foy-da)-aybdor taraf shartnoma majburiyatlarini bajargan taqdirda huquqi bo’zilgan shaxs olishi mumkin bo`lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar, yani aybdor taraf to`g`-ridan-to`g`ri yetkazmagan bo`lsada, uning aybli harakat-lari yoki harakatsizligi natijasida olinishi mumkin bo`lgan foydani boy berish natijasida ko`rilgan zarar.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko`ra neustoyka (jari-ma, penya) to`langanligidan qati nazar, shartnoma majbu-riyatlarini bo’zgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o`zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Yetkazilgan zararni undirish uchun zarar ko`rgan taraf quyidagilarni: birinchidan, majburiyatning haqiqatdan bajarilmaganligini; ikkinchidan, zararning mavjudligini; uchinchidan bo’zilgan majburiyat bilan yetkazilgan zarar o`rtasida sababiy bog`lanish borligini va, to`rtinchidan, yetkazilgan zarar qancha miqdorda ekanligini isbotlab berishi zarur. Agar qonun yoki shartnomada zararni to`lashni cheklash, yani kamroq miqdorda to`lash nazarda tutilmagan bo`lsa, yetkazilgan zararni to`la hajmda qoplanishi zarurligi tamoyiliga amal qilinadi.
Yetkazilgan zararning narxini aniqlash bo`yicha Fuqa-rolik kodeksida (324-m.) yangi qoida belgilangan. Zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo`lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy ravishda qa-noatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoat-lantirilgan bo`lmasa–davo qo`zg`atilgan kunda mavjud bo`lgan narxlar etiborga olinishi nazarda tutiladi. Bu masala bo`yicha nizo sudda ko`rilgan taqdirda sud vaziyatga qarab, zararni to`lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo`lgan narxlarni etiborga olgan holda aniqlashi va qanoatlantirishi ham mumkin. Olinmay qolgan daromad (boy berilgan foyda) ga majburiyat bajarilgan taqdirda jabr ko`rgan taraf olishi mumkin bo`lgan barcha daromadlar kiritiladi. Zararning mazkur shaklini o`ziga xos xususiyati shundaki, kreditor tomonidan daromadi haqiqatda olinmagan bo`ladi, lekin qarzdor o`z majburiyatini tegishli tarzda bajargan taq-dirda kreditor shu foydani olishi mumkinligi eti-borga olinadi. Olinmay qolgan daromadni undirish haqida davo bildirilgan taqdirda, davogar ushbu foydani olishi mumkinligi va bunga imkoniyat mavjud bo`lganligini, faqat javobgar o`z majburiyatlarini bo’zganligi sababli foydani olishdan mahrum bo`lganligini isbotlashi shart.
Biroq, tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumi hi-sobidan foyda olish faqat shu tovar tayyorlangan va istemolchiga yetkazib berilgan holdagina amalga oshiri-lishi mumkin, shu sababdan davogar unda ushbu tovarni sotish imkoniyati borligini va sotishdan tushgan mablag` hisobidan nazarda tutilgan foyda olishi mumkinligini isbotlab berishi shart. Boshqacha qilib aytganda, davogar ushbu foydani olish uchun haqiqatda imkoniyatlar mavjud bo`lganligini isbot-lashi shart. Boy berilgan foyda miqdorini isbotlash chog`ida davogarning tahminiy hisob- kitoblari yoki tahminiy farazlari hisobga olinmaydi, balki daromad olish imko-niyati mavjudligi haqida guvohlik beradigan yozma da-lillar: davogar bilan uning hamkorlari o`rtasida to’zilgan shartnomalar, tegishli shartnoma to’zish haqida taklif bi-lan ulardan olingan kafolat xatlari, davogarning shart-noma to’zish haqidagi taklifiga uning hamkorlari bergan yozma ijobiy javoblar, kelajakda niyat qilingan ishlar to`g`risida to’zilgan bayonnomalar va hokazolar talab qili-nadi.
Olinmay qolgan daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agarda majburiyat bajarilgan bo`lganida, kreditor qilishi lozim bo`lgan oqilona harajatlar hisobga olinib aniqlanadi. Chunonchi, xom ashyo yoki butlovchi buyumlarni yetkazib bermaslik natijasida olinmay qolgan foyda tarzidagi zararni qoplash haqidagi talab bo`yicha bunday foydaning miqdori u tovarlarni xaridor bilan to’zilgan shartnomada nazarda tutilgan tayyor mahsulotlarni sotish bahosidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda yetkazib berilmagan xom ashyo yoki butlanishi lozim bo`lgan buyumlar qiymati, transport-tayyorlash ha-rajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan boshqa harajatlar qiymati chegirib tash-lanadi. Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomo-nidan uni olish uchun ko`rilgan choralar va shu maqsadda ko`rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi. Taraflar shart-nomada majburiyatlar bajarilmagan taqdirda aybdor taraf ikkinchi tarafga qoplashi lozim bo`lgan zarar miqdorini mustaqil belgilashlari ham mumkin. Muddatini o`tkazib yuborish yoki shartnoma maj-buriyatlarini o`zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to`lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o`rnini qop-lash taraflarni majburiyatlarni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Demak, qonun majbu-riyatni asl holida bajarish shartligi bilan birga asl holida bajarishdan ozod qilishni ham nazarda tutgan. Masalan, kechiktirib yuborish oqibatida o`zi uchun aha-miyatini yo`qotgan (FKning 337-moddasi 2-qismi) ij-roni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shu-ningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to`lash (FKning 342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |