Atirgul qanday yetishtiriladi?
Ekish uchun tavsiya etilgan atirgul navlari: Qora magiya, Papilon, Burgun, Salvidor, Kulin Yelezaveta, Moskovskiy, Prezident, Anjelika va h. k.
Koʻchat tayyorlash. Yozning oʻrtalarida chala yarim pishgan naʼmatak teriladi, dukkaklari chaqib olinadi va oʻradagi qumga aralashtirib koʻmiladi. Koʻmil-gandan soʻng 3-4 kun davomida suv sepilib turiladi. 15-20 kun oʻtgandan soʻng koʻmilgan naʼmatak qumdan olinadi, yoyib quritiladi.
Quriganlari elanib, qumdan ajratiladi, mato xaltaga solib, soya va quruq joyda saqlanadi. Naʼmatak urugʻi noyabr oyida yana qalinligi 25-30 sm boʻlgan hoʻl qumga aralashtirib koʻmiladi. Mart oyining 5-10 sanalarida qumdan kovlab olinib, elanadi va 10-15 sanalarda yerga sepiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |