Atirgulning xususiyatlari
Aytishlaricha qadimda Misr malikalari atirgulni suvga solib, iliq holida badanlarini chayib yurishgan ekan. Balki shuning uchun ham ularning yuzlari tiniq bo'lgan. Keling, eng yaxshisi atirgulning foydalari haqida qisqacha izoh berib o'tamiz.
1. Atirgulning asal bilan tayyorlangan gul murabbosi me'da susayishining oldini oladi, ovqat hazm bo`lishida samarali dorivor hisoblanadi.
2. Dorivor gul barglarini qaynatib, siqib tashlamasdan shishlarga bog'lansa, ularni qaytaradi. U yana saramasning tuzalishiga yordam beradi.
3. Atirgul va uzum sharbati qaynatilib, milklarga surtilsa, ularning mustahkamligi oshadi. Shu bilan birga quloq og'rigiga qo'llansa ham yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |