1-bosqich: o’quv materiallarini taxlil qilish bosqichi. Bu bosqichda o’quv dasturida berilgan bilimlar etarlimi, ular darslikda qanday aks etgan, ta’limga yangi ahborotlarni olib kirish zaruriyati bormi, o’quv ahborotlarning darslikda berilish tartibi ma’qulmi yoki o’quv ahborotlarining tartibini o’zgartirishga extiyoj tug’iladimi, kabi qator savollar hususida o’ylab ko’riladi. SHuningdek, bu bosqichda darslikda berilgan o’yinlarning o’quv materiallari mazmuniga, ularni o’zlashtirish logikasiga mosligi o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |