Mavzu: Bionoorganik kimyo Reja: Tabiatda biogen elementlarning tarqalishi Odam organizmida makro- va mikroelementlar



Download 240,95 Kb.
Sana31.03.2020
Hajmi240,95 Kb.
#42907
Bog'liq
Bionorganik kimyo

Mavzu: Bionoorganik kimyo

Reja:

1. Tabiatda biogen elementlarning tarqalishi

2. Odam organizmida makro- va mikroelementlar

3. Odam organizmida biogen elementlaming joylanishi

4. Organizmdagi kimyoviy elementlaming biologik o‘rni
Yerning kimyoviy tarkibini, kimyoviy elementlarning yerda tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini hamda ulaming o‘zgarish sharoitlarini geokimyo fani o'rganadi. Bu fan geologiya va mineralogiya kabi fanlar bilan uzviy bogiangan. U kimyoviy qonunlarga tayangan holda yer qobigidagi foydali qazilmalarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Geokimyo fanining shakllanishida amerikalik olim F.Klark (1847—1931), Rus olimlari V.I.Vernadskiy (1863—1945), A.E.Fersman (1883—1945), o'zbek olimi Н.М.Abdullayev (1912—1962) katta hissa qo‘shganlar. Yer qobig'ida tirik organizmlar ishtirokida sodir bo'ladigan kimyoviyjarayonlarni o‘rganadigan geokimyoning bo‘limi biogeokimyo deyiladi.

Yer yuzasining o‘simliklar va tirik otganizmlar bilan egallangan qismi biosfera deyiladi. V.I.Vernadskiy ta’rifiga ko‘ra, biosfera — tirik organizmlar va kosmik nurlar bilan qayta ishlangan ma'ium darajada ta'mirlangan muhit bo'lib hayotga moslashgandir. Uning yuqori chegarasi (troposfera) 12—15 km balandlikda, quyi chegarasi (litosfera) 5 km chuqurlikda joylashgan. Biosfera o‘z ichiga atmosferaning quyi qismini, gidrosferaning hammasini, litosferaning yuqori qismini oladi.

Kimyoviy elementlarning yer qobig‘ida tarqalishi turlicha. Yer qobig‘ini nisbatan kam elementlar hosil qilgan. Yer qobig‘ining 50% ni kislorod, 25% ni kremniy tashkil etadi. O‘n sakkizta element kislorod, kremniy, aluminiy, temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy, vodorod, titan, uglerod, xlor, fosfor, azot, oltingugurt, marganes, ftor, bariylar yer qobig‘i massasining 99,8% ni tashkil etadi. Qoigan barcha elemetlarning massa ulushlari birgalikda 0,2 % ga teng.

Tirik organizmlar yerqobig‘ida kimyoviy elementlarning qayta taqsimlanishida faol qatnashadi. Yer yuzasida tirik organizmlar faoliyati natijasida turli miqdorda minerallar, tabiiy kimyoviy moddalar hosil bo'ladi. Masaian, suyakli tirik organizmlar atrof - muhitdan kalsiyni ajratib olib o‘z tanasiga yig‘adi. Tog‘ jinslari masalan, temir rudasi hosil bo‘lishida mikroorganizmlar faoliyati natijasi ekanligi aniqlangan.



O‘z navbatida yer qobig'ining ustki qismida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tirik organizm kimyoviy tarkibiga ham ta'sir qiladi. Yer qobig‘i, tuproq, dengiz suvi, o‘simliklar, hayvonlar kimyoviy tarkibini o‘rganish (27-jadvai) shuni ko‘rsatadiki, yer qobig‘i va dengiz suvi tarkibidagi barcha kimyoviy elementlar tirik organizm- iarda ham uchraydi. Demak, yer qobig‘i va tirik organizmlaming kimyoviy tarkibi bir-binga o‘xshashdir. Biomolekulaiaming organik qismi bilan kovalent bog‘langan kimyoviy elementlarning orga- nizmdagi miqdori davriyjadvalning II A—IV Aguruhlarida yadro zaryadi ortishi bilan kamayib boradi (masalan, O, S, Se, Te qatorida). Organizmda ion holatida mavjud bo'ladigan elementlar (I A, II A guruh elementlari, s-elementlar, VII A guruh p- elementlari) miqdori esa yadro zaryadi ortishi bilan dastlab ortadi, so'ngra kamayadi. Masalan, II Aguruhda, berilliydan kalsiygacha elementning organizmdagi miqdori ortadi, so'ngra bariydan radiygacha kamayadi. Shunga o‘xshash VII A guruhda ftordan xlorgacha elementning organizmdagi miqdori ortadi, so‘ngra bromdan yodgacha kamayadi.

  • Kimyoviy elementlar odam organizmiga turli yo‘llar bilan kiradi. Tirik organizmdagi mavjud elementlar yer qobig'ida ham ko‘p tarqaigan. Lekin ba'zan chetlanish ro‘y bergan. Masalan, yer qobig‘ida kremniyning massa uiushi 27,6% ga teng. Aluminiy ham yer qobig‘ida 7,45% bolgan holda tirik oiganizmda juda kam (1 • 10-5 %).

  • Kimyoviy elementiaming organizm tomonidan o'ziashtirilishi, shu element tabiiy birikmasining suvda eruvchanligiga bog’liqdir. Kxemniy va aluminiyning tabiiy birikmalarining suvda erimasligi,

  • ulaming o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qilsa kerak. Aksincha uglerodning yer qobig'idagi miqdori kam bo‘lishiga qaramay (0,15%) organizmdagi miqdori ikkinchi o‘rinda (21%) turadi.


A.P.Vinogradov bo‘yicha kimyoviy elementlarning (mass. %) yer qobig‘ida,tuproqda, dengiz suvida, o‘simliklar va hayvonlar tarkibidagi miqdori

E

Yer qobig‘i

Tuproq

Dengiz suvi

O‘simliklar

Hayvonlar

0

47,2

49,0

85,82

70,0

62,4

Si

27,6

33,0

5·10-5

0,15

1·10-5

Al

7,45

7,12

1·10-6

0,02

0,01

Fe

5,0

3,8

5·10-6

0,02

0,01

C

0,15

2,0

0,02

18

21

Ca

3,5

1,37

0,04

0,3

1,9

K

2,5

1,36

0,038

0,3

0,27

Na

2,6

0,63

1,06

0,02

0,1

Mg

2,0

0,6

0,14

0,07

0,03

Cr

0,02

0,019

-

5 ·10-4

1·10-5

F

0,027

0,02

1 ·10-4

1·10-5

1·10-4 -1·10-5

Ti

0,6

0,46

1·10-7

1·10-7

1·10-7

N

0,02

0,1

1·10-5

0,3

3,1

H

1,0



10,72

10

9,7

P

0,08

0,08

5·10-6

0,07

0,95

S

0,05

0,05

0,09

0,05

0,16

Mn

0,09

0,085

4·10-7

1·10-3

1·10-5

Tabiiy tanlanish natijasida tirik organizmlarning asosini 6 ta element tashkil qiladi: uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, va oltingugurt. Bu elementlar organogenlar deb ataladi.

Ularning organizmdagi massa ulushi 97,4% ni tashkil etadi. Shubhasiz, eng muhim organogen ugleroddir. Uglerod mustahkam kovalent bogiar hosil qilish xossasiga ega. Kislorod va vodorod organik birikmalarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini mujassamlashtiradi. Biomolekuiadagi kislorod va vodorodning nisbati moddaning disproporsialanishga va tirik organizm muhiti bo’lmish suv bilan ta'sirlashishga moyilligini belgilaydi. Organogenlar suvda yaxshi eriydigan birikmalar hosil qiladi. Bu ulaming organizmda konsentrianishiga imkoniyat yaratadi.

Organogenlar va ba'zi metallar ham (temir, magniy) turli xil bogMar hosil qila oladi. Bu esa tirik organizmdagi biomolekulalaming turli-tuman bo‘lishiga olib keladi.

Odam organizmida makro- va mikroelementlar


  • makroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-2 % dan yuqori. Ularga O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va С1 kiradi;

  • mikroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-5 % dan 10-2 % gacha boradi. Bu elementlarga Fe, I, Cu, As, F, Br, Sr, Ba, Co kiritiladi;

  • ultramikroelementlar. Ularning organizmdagi miqdori 10-2 % dan kam bo‘ladi.

Bu elementiarga Hg, Au, U, Th, Ra kabi elementlar tegishlidir.Hozirgi paytda ultramikroelementlarni ham mikroelementlar jumlasiga kiritilmoqda.

V.V. Kovalskiy kimyoviy elementlarni ularning hayot uchun muhimligi jihatidan uch guruhga bo‘ldi:



  • hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizmida doimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga

kiradi: C, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, Cl, l, Fe, Mn, Cu, Co, Zn, Mo, V. Bu elementlarning yetishmasligi kishi organizmi faoliyatining buzulishiga olib keladi;

  • aralash elementlar. Ular odam va hayvon organizmida har doim bor, ularning biologik ahamiyati to‘la o‘rganilgan emas: Ga, Sb, Sr, Br, F, B, Be, Li, Si, Sn, Cs, Al, Ba, Ce, As, Pb, Ra, Bi, Cd, Ni, Ti, Ag, Th, Hg, U, Se.

  • odam va hayvonlar organizmida topilgan, lekin miqdori va biologik ahamiyati aniqlanmagan elementlar: Sc, Tl, In, La, Pr, Sm, W, Re, Th va boshqalar.

Turli xil hujayra va organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan elementlarni biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlaming aniq sonini ko’rsatish hozirgi vaqtda juda mushkul ish, chunki juda oz miqdorda bo’ladigan mikro- eiementlarni aniqlash, ularning biologik ahamiyatini ko‘rsatish nihoyatda murakkabdir. Hozirgi paytda 24 ta elementning biologik ahamiyati to‘!a aniqlangan bo’lib, bu elementlarga yuqoridagi hayot uchun zarur elementlar va aralash elementlar kiradi.

Odam organizmida biogen eiementlarning joylanishi

Odam organizmining to‘qimalarida va a'zolarida makro hamda mikroelementlar turli miqdorda to‘pianadi. Ko‘pchilik mikro- elementlar suyak, jigar va muskul to‘qimaarida yig’ladi. Bu a’zolar organizmning mikroelementlar saqlovchi zaxiralari hisoblanadi.

Elementiar ma’lum a’zoga nisbatan moyillik ko‘rsatadi va ularning konsentratsiyasi yuqori boTadi. Ma’lumki, rux — oshqozon osti bezida, yod qalqonsimon bezda, ftortish emalida, aluminiy, mishyak, vannadiy soch va tirnoqlarda, kadmiy, simob, molibden buyrakda, qaiay ichakto'qimalarida brom, marganes, xrom gipofiz bezida yig’ladi. Ba’zi makro- va mikroelementlarning odam organizmida joylanishi quyida rasmda keltirilgan.

Organizmda mikroelementlar bogTangan holda ham erkin ion holida ham uchraydi. Kremniy, atuminiy, mis va titan bosh miya to‘qimalarida oqsil komplekslari tarkibida, marganes esa ion shaklida bo’lishi aniqlangan.





Odam organizmida kimyoviy elementlarning tarqalishi.

Vodorod va kislorod makroeiementlardir. Ular odam organizmida o‘rtacha 65% ni tashkil qiladigan suv tarkibiga kiradi. Suv kishi tanasida turlicha taqsimlangan. Oshqozon shirasida, solakda, qon plazmasida, limfada suvning massa ulushi 90—99,5 % gacha boradi. Siydikda, miyaning oq moddasida, jigarda, terida, orqa miyada, muskullarda, o‘pkada, yurakda 70—80% suv bor. Suvning suyakdagi massa ulushi 40%ga yetadi.

Uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi makroelementlar oiganizmdagi oqsil, nuklein kislotalari va boshqa biologik faol moddalar tarkibiga kiradi. Oqsilda (29-jadval) ugle- rodning massa ulushi 51—55% , kislorodniki 23—24%, azotniki 15—18%, vodorodniki 6,5—7% oltingugurtniki 0,3—2,5 %, fosforniki esa 0,5% ga yaqin bo‘ladi. Odam va hayvonlarning turli xil a’zo va to‘qimalarida oqsilning miqdori jadvaida keitirilgan. Oqsilning miqdoridan, ulardagi C, H, N, S, P larning taxminiy tarkibi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Hayvoniar va odamning turli a’zolarida oqsilning miqdori (quruq massaga nisbatan, % larda)


A'zolar va to'qimalar

Oqsilning massa ulushi,%

A’zolar va to‘qimalar

Oqsilning massa ulushi,%

Taloq

84

Bosh miya

45

0‘pka

82

lchak

63

Muskul

80

Teri

63

Buyrak

72

Suyak

28

Jigar

57

Tish

24

Oqsilning eng ko‘p miqdori taloqda, o‘pkada, muskullarda joylashgan. Suyak va tishda esa uning miqdori eng oz ( 24%). Uglerod, vodorod va kislorod uglevodlar tarkibiga ham kiradi. Lekin uglevodlarning organizmdagi miqdori ko‘p emas, taxminan 2 % ga yaqin. Bu elementlar lipidlar (yog‘lar) tarkibiga kiradi. Fosfolipidlar tarkibida fosfor bo'ladi. Eng ko‘p lipidlarbosh miyada (12%), so‘ngra jigarda (5%) va qon tarkibida (0,6%) bor.

Fosforning asosiy qismi suyak to‘qimalarida to‘plangan. Bu odam oiganizmidagi barcha fosforning 85 % ini tashkil etadi. Fosfor tishning qattiq to‘qimalarida Ca5(P04)3X shaklda yig‘i!adi (X=F, Cl, OH). Kalsiy asosan suyak va tish to‘qimalarida yig'iladi.

Natriy va xlor asosan tashqi hujayraviy suyuqlikda yig‘iladi. Ftoridlar holatida natriy va kaliy suyak hamda tish to‘qimalari tarkibiga kiradi. Magniy esa fosfat holatida tishning qattiq to‘qimalari tarkibiga kirishi aniqlangan.

Tirik organizm uchun zarur bo‘lgan 10 ta metall «hayot metallari» deb nom olgan. Massasi 70 kg bo‘lgan odamda hayot metallarining miqdori quyidagicha: 1700g-Ca, 250 g-K, 70 g- Na, 42 g-Mg, 5 g-Fe, 3 g-Zn, 0,2 g-Cu, 0,1 g yaqin Mn, Mo, va Co bo’ladi. Katta odam tanasida 3 kg ga yaqin mineral tuzlar bo’lib, uning 2,5 kg suyak to'qimalariga to‘g‘ri keladi.

Ba’zi makroelementlar(Mg, Ca) va ko‘pchilik mikroele- mentlar organizmdagi bioligandlar - aminokislotalar, oqsillar nukiein kislotalar, gormonlar, vitaminlar bilan kompleks birik- malar hosil qiladi. Masalan, Fe2+kompleks hosil qiluvchi sifatida gemoglobin tarkibida, Co2+ vitamin Bl2 tarkibida, Mg2+ xlorofil tarkibida bo‘ladi. Boshqa elementlarning (Cu, Zn, Mo va bosh- qalar) ham biokomplekslari organizmda muhim rol o‘ynaydi.

Turli xil kasalliklar kimyoviy elementlarning organizmdagi miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, raxit kasalligida fosfor-kalsiy almashinish jarayoni buzulib, organizmda kalsiyning miqdori kamayadi. Nefrit kasalligida bo'lsa, elektrolit almashinuvjarayoni buzulib organizmda kalsiy, natriy va xlorning miqdori kamayib, magniy va kaliylarning miqdori ortib ketadi. Organizmda makro- va mikroelementlaming miqdorini ma'lum me’yorda ushlab turishda gormonlar ham qatnashadi.

Organizmdagi kimyoviy elementlaming biologik o‘rni

Organizmda makroelementlaming asosiy vazifasi to‘qimaIarni hosil qilish, shuningdek osmotik bosimni, ion va kislota-asos tarkibini me'yorida ushlab turishdir.

Mikroelementlar esa fermentlar, gormonlar, vitaminlar, biologik faol moddalar tarkibiga kompleks hosil qiluvchi yoki faollashtiruvchi sifatida kirib modda almashinish, to'qimaning nafas olishi, zaharli moddalarning zararsizlantirishi kabi jarayonlarda qatnashadi. Mikroelementlar qon hosil bo‘lish, oksidlanish- qaytarilish, a’zo va to‘qimalarning oksidlanuvchanligi kabi jarayonlarga faol ta'sir ko‘rsatadi. Kalsiy, fosfor, ftor, yod, aluminiy, kremniy kabi makro va mikroelementlar suyak to‘qimalarining shakllanishini ta’minlaydi.

Odam organizmida kimyoviy elementlar miqdorining yosh o‘tishiga qarab o‘zgarishi aniqlangan. Masalan, buyrakda kadmiy miqdori, jigarda molibden miqdori yosh ulg'ayishi bilan ortar ekan. Organizmda ruxning miqdori jinsiy kamolotga yetishish davrida maksimai qiymatga yetadi, so'ngra yosh ulg‘ayishi bilan kamayib boradi. Yosh ulg‘ayishi bilan organizmdagi xrom, vannadiy kabi mikroelementlar miqdori ham kamayishi kuzatiladi.

Organizmda mikroelementiarning yetishmasligi yoki ortiqcha to'planishi hisobiga vujudga keladigan turli xil kasalliklaraniqiangan. Ftorning yetishmasligi tish kariysiga, yodning yetishmasligi endemik bo'qoq kasalligiga, molibdenning ortiqchaligi endemik padagra kasalligigaolib keladi. Bunday qonuniyatodam organizmida hayot uchun zarur bolgan mineral moddalar konsentratsiyasi oshganda zararli ta’sir ko'rsatadi.

Bir qancha elementlar (kumush, simob, kadmiy va boshqalar) zaharli hisoblanadi, chunki ulaming organizmga oz miqdorda kirishi ham og‘ir kasalliklarga olib keladi. Organizmda biogen elementlarning yetishmasligi tufayli turli kasalliklar paydo boisa, biogen elementlarning ortiqchaligi ham nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltirib kimyoviy gemostaz hosil bo’lishiga olib keladi. Agar organizmga oziq moddalar bilan ortiqcha marganes kiritilsa plazmada mis miqdori ortadi( Mn va Cu sinergizmi), lekin buyrakda mis midori kamayadi(antagonism). Oziq moddalarda molibden miqdorining ortishi jigarda mis miqdorini ortishiga sababchi bo'ladi. Oziq moddalarda rux miqdorining oitishi tarkibida temir tutgan fermentlar faoliyatini susaytirib yuboradi( Zn va Fe antagonizmi).



Boigen eiementlar qishloq xo'jaligida ham keng qo'llaniladi. Tuproqqa oz miqdorda bor, mis, marganes, rux, kobalt, molibden kabi mikroeiementlar qo'shilsa, ko‘pginao‘simlikIarning hosildorligi keskin ortadi. Mikroelementlar o‘simliklardagi fermentlarning faolligini oshirib, oqsillar, vitaminlar, nuklein kisiotalar, uglevodlar sintezini ta'minlaydi. Kimyoviy elementlaming ba’zilari fotosintezjarayoniga ijobiy ta’sir qilib, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini, urug‘larning yetilishini tezlashtiradi. Mikroelementlar hayvonlar ovqatiga ham qo'shiladi.

Turli xil kimyoviy elementlarning birikmalari dori modda sifatida keng qollaniladi. Kimyoviy elementlarning biologik rolini o‘rganish, ularning biologik faol moddalar— fermentlar, gormonlar, vitaminlar bilan ta'sirlanishini aniqlash — yangi dori moddalari yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Download 240,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish