Mavzu: biomassada moddalar va energiya almashinuvi



Download 16,54 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,54 Kb.
#205646
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH


MAVZU:BIOMASSADA MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI.

ODAMNING BIOSFERADAGI O’RNI


REJA:



  1. Biomassada moddalar almashinuvi




  1. Biomassada moddalar almashinuvi

3.Odamning biosfereadagi o’rni

O‘simliklar bilan hayvonlar anorganik muhit bilan o‘zaro

bog‘liq bo‘lib, tabiatda davriy ravishda boradigan moddalar va

energiya aylanishi doirasiga kiradi. Yashil o‘simliklar quyosh nuri-

ning energiyasini yutib anorganik moddalardan anorganik mod-

dalarni sintez qiladi. Bu moddalar barcha geterotrof organizmlar

uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulotdir. Hayvonlar o‘simlik

holidagi birlamchi mahsulotni ikkilamchi mahsulotga — hayvonlar

mahsulotiga aylantiradi. Bakteriyalar bilan zamburug‘lar birlamchi

o‘simlik va ikkilamchi hayvon mahsulotlarini mineral moddalar-

ga parchalaydi. O‘simlik va hayvonlar parchalanganda ammiak

shaklida azot ajralib chiqadi. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar am-

miakni nitrit va nitrat kislotalar tuziga aylantiradi. Bu tuzlarni

o‘simliklar o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, ba’zi bakteriyalar havo

azotini o‘zlashtirib olish xususiyatiga ega.

Yerdagi hayotni ta’minlovchi biologik davriy asosini quyosh

energiyasi bilan yashil o‘simliklarning xlorofili tashkil etadi. Boshqa

davriy aylantirishlarning hammasi biologik davriy aylanishga

bog‘liq bo‘lib, unga yordam beradi. Moddalarning davra bo‘ylab

aylanishida tirik modda, ya’ni biomassa biogeoximiyaviy funk-

siyalarni bajaradi. Biosferada moddalarning aylanishi natijasida ele-

mentlarning doimiy migratsiyasi sodir bo‘ladi. O‘simliklar bilan

hayvonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar

muhitdan o‘tadi. Organizmlar parchalanganda bu elementlar qay-

tadan muhitga o‘tadi, u yerdan yana organizmga kiradi. Element-

larning biogen migratsiyatsini ikki turi farq qiladi: 1- turini mik-

roorganizmlar va 2- turini ko‘p hujayrali organizmlar yuzaga

keltiradi. Odamzod migratsiyaning 3- turini tashkil etadi, bu

tur odam faoliyati ta’sirida namoyon bo‘ladi.

Odamning biosferadagi roli

Odamning biosfera massasining bir qismi bo‘lib, uzoq vaqt-

gacha atrofdagi tabiatga bevosita tobe bo‘lib kelgan. Odam miyasi-

ni rivojlanishi bilan odamning o‘zi yerdagi hayotning keyingi

evolyutsiyasining qudratli omili bo‘lib qoladi. Odam energiyasi-

ning har xil turlarini, ya’ni mexanik, elektr va atomlar biogen

Odamning biosferadagi roli

Odamning biosfera massasining bir qismi bo‘lib, uzoq vaqt-

gacha atrofdagi tabiatga bevosita tobe bo‘lib kelgan. Odam miyasi-

ni rivojlanishi bilan odamning o‘zi yerdagi hayotning keyingi

evolyutsiyasining qudratli omili bo‘lib qoladi. Odam energiyasi-

ning har xil turlarini, ya’ni mexanik, elektr va atomlar biogen

migratsiyasining anchagina o‘zgarishiga yordam beradi. Odam fa-

oliyati tufayli biosfera atomlarining migratsiyasi ko‘proq o‘zgarib

boradi.

Odam kanallari. Suv omborlari barpo etib, daryolarni kengay-

tirib, ularning o‘zanini o‘zgartirish yo‘li bilan tabiatga bevosita

ta’sir ko‘rsatadi. Odamning faoliyati atmosfera va okeanlar tarki-

bini o‘zgarishiga ham ta’sir qiladi. Yer yuzasidagi yashil o‘simliklar

va hayvonlar miqdori ham kamayib bormoqda. Inson ulkan ener-

giya va texnikaga ega bo‘ladi. Bu esa hayotning yaxshilanib bori-

shigagina emas, balki salbiy natijalarga ham olib keladi. Odam-

ning faoliyati ko‘pincha tabiat qonunlarini buzilishiga sabab bo‘ladi.

Akademik V.I.Vernadkiy aytganidek, hozirgi vaqtda insoniyat

yerning yangi qobig‘ini, ya’ni noosferani (yerning aqlli qobig‘ini)

vujudga keltirmoqda.

Insoniyat biosferada nisbatan kichik massa bo‘lsa ham, uning

faoliyati juda kattadir. Biosferaning o‘zgarishi va buzilishi jiddiy

tashvishlantiradi. Shuning uchun ham 1971 yil YUNESKO

(maorif, fan va madaniyat bo‘yicha birlashgan millatlar tashki-

loti) tomonidan “Odam va biosfera” deb atalgan xalqaro bio-

logik programma (MBP) qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq

odam ta’sirida biosferaning va uning resurslarini o‘zgarishi

o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda ishlab chiqarish tar-

moqlarini oqilona rivojlantirish, energiyadan oqilona foydala-

nish va biosferada mavjud qonuniyatlarni buzmasdan tabiat boy-

liklaridan foydalanish eng zarur vazifa bo‘lib qoldi. Biologik omil-

larga asoslanib, havo, suv, tuproq va tirik tabiatning tozaligini

muhofaza qilish zarur. Biosferaning sanitariya jihatidan muhofa-

za qilish butun insoniyatning eng muhim masalalaridan biri bo‘lib

hisoblanadi.
Biomassa

Biomassani tashkil etgan organizmlar juda kam ko‘payish va

sayyora bo‘ylab tarqalish xususiyatiga ega. Ko‘payish hayotning

zichliligini ta’minlaydi. Hayotning zichligi tufayli organizmlar

orasida maydon, oziq, havo va suv uchun kurash boradi.

Quruqlik biomassasi. Yerdagi quruqlikda qutblardan boshlab

ekvatorga borgan sari biomassa ortib boradi va xilma-xil bo‘ladi.

Hayvonlar turining soni va xilma-xilligi o‘simliklarga bog‘liq bo‘lib,

u ham ekvatorga tomon ortib boradi. Oziq zanjirlari bir-biri bilan

chirmashib ketib, ximiyaviy elementlar va energiya bir halqadan

ikkinchisiga o‘tib turadigan murakkab tur hosil qiladi. Organizm-

lar o‘rtasida joy, oziq, yorug‘lik, kislorod uchun keskin kurash

boradi.
Tuproq biomassasi

Òuproq o‘simlik hayotida faqat muhit bo‘lib qolmay, balki

bunda yashovchi organizmlar uchun o‘ziga xos biosenotik kom-

pleks ham hisoblanadi. Òuproqda bakteriyalar, organik moddalar-

ni parchalovchi zamburug‘lar ko‘p bo‘ladi. Òuproqning yuza

qatlamlarida yashil va ko‘k-yashil suvo‘tlari yashaydi. Òuproq qat-

lamida o‘simliklar ildizi ko‘p tarqalgan. Sodda hayvonlar — amyo-

balar, xivchinlilar, infuzoriyalar ko‘p bo‘ladi. Òuproq har xil

organizmlar va fizik-kimyoviy omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Òurli

tuproqlarda o‘ziga xos biotsenozlar mavjuddir. Daraxtlar, butalar.

O‘t o‘simliklarning tuproqda va tuproqosti qatlamlarida yaruslar

holida joylashgan ildizlari tashkil etadi. Òuproqda yashovchi bar-

cha organizmlar tuproq hosil qiluvchi ishlarni bajaradi. Òuproq

unumdorligi hosil bo‘lishida qatnashadi. Ko‘pchilik tuproq orga-

nizmlari moddalarning biosferada boradigan umumiy aylanishida

ishtirok etadi.

Dunyo okeanining biomassasi

Yer gidrosferasi, ya’ni dunyo okeani sayyoramiz yuzasi-

ning 2/3 qismini egallaydi. Suv organizmlar hayoti uchun mu-

him bo‘lgan alohida xususiyatlarga ega. Issiqlik sig‘imining katta

bo‘lishi okean va dengizlar haroratini bir xilda tekis saqlab tura-

di va qish bilan yozdagi keskin harorat o‘zgarishlarini yumsha-

tadi. Okean suvlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi juda

barqaror bo‘lib, hayot uchun qulay muhit yaratadi. Suvo‘tlar

fotosintezi asosan suvning yuqori — 100 m gacha bo‘lgan qat-

lamlarida boradi. Suvda muallaq holda yashaydigan bir hujayrali

suvo‘tlari va eng mayda hayvonlar plankton hosil qiladi. Okeanda

plankton va erkin suzib yuradigan organizmlar ham ko‘p, suv

tubida yashaydigan organizmlar bentos deb ataladi (bentos grekcha

chuqur degan ma’noni bildiradi). Okeanda biomassa asosan tar-

qoq bo‘ladi. Baliqlar, kalmarlar, sutemizuvchilar (ba’zilari) suzib

yuradi. Okeanda, ayniqsa uning tubida bakteriyalar ko‘p bo‘ladi.

Ular organik qoldiqlarni parchalab, anorganik moddalarga ay-

lantiradi. Nobud bo‘lganlari asta-sekin cho‘kadi. Ular chiriganda

jinslar hosil bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



  1. Verzilin N. M., Korsunskaya M. «Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi», «O‘qituvchi» 1983y.

  2. E.Eshonqulov, H.Hamidov, A.Bekmuhammedov. «Toshkent» 2016

3. Mavlonov O. «Biologiya repetitor kitobi» T.: «O’qituvchi» NMIU, 2016y.

4. G‘ofurov A. T. va boshqalar. Biologiya (Evoloyutsiya va ekologiya) T.: “Sharq”. 2007y.

5. G‘ofurov A. T., Maxkamov M. «Botanikadan ekskursiyalar o‘tkazish metodikasi», «O‘qituvchi» 1991y.

6. G‘ofurov A. T., Xabirova S. «Biologiyadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar», «O‘qituvchi» 1978y.


Internet saytlar:

www.aim.uz

www.arxiv.uz

www.referat.uz

www.ziyonet.uz

www.kitob.uz



www.google.com
Download 16,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish