Mavzu: Biogeografiyaning rivojlanish tarixi.
Mavzu rejasi:
1-davr
2-davr
3-davr
4-davr hozirgi yo‘nalishlarni ahamiyati
Eramizdan oldingi davr
Aristotel, Strabon ishlari bayon etiladi.
Mavzuning nazariy asoslari
O`rta Osiyo mutafakkir olimlarining ishlari: -Eramizdan keyin va xozirgi davr
bilan bog`lab, bu soxada olib borilgan olimlarning ishlari bayon etiladi.
Zoogeografik rayonlashtirishning nazariy tomonlari asoslanadi. Skletter
(1855), Uolles “Hayvonlarning geografik tarqalishi (1876). Gmelin S.G, Pallas R.S,
Eversman Ye.A.,Seversov N.A.,Menzbir M.A, Nikolskiy, Bobrinskiy, Geptner,
Zoxidov T.Z va boshkalar ilmiy ishlari bayen etiladi.Zoogeografiya
biogeografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, fan sifatida XIX asrda shakllandi. Ammo
zoogeografiya sohasiga tegishli bo‘lgan turli mazmundagi fikrlaming paydo bo‘lishi
ancha ilgari boshlangan. Zoogeografiyaning rivojlanish
tarixini olimlar turli
davrlarga bo‘ladilar. Jumladan, biolog va zoogeograf olim M.A.Menzbir (1882)
birinchi bo‘lib, zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta, amerikalik biogeograf
L.Styuart (1957) esa uchta davrga ajratishni taklif etishgan.
Ayni vaqtda
zoogeografiyaning rivojlanish tarixi va uni davrlarga bo‘linishini oydinlashtirishda
ko‘pincha biogeograf olimlardan A.G.Voronov (1963) va G.V.Naumov (1969)ning
ishlariga tayaniladi. Ular zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta davrga bo‘lib
o‘rganishni taklif etishgan. Mazkur davrlar zoogeografiyaning rivojlanish
yo‘nalishlariga mos keladi. Har bir davrda turli yo‘nalishlarga bag‘ishlangan qator
tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1777-yil nemis olimi E.Simmerman o‘zining
“Specimen zoologiae geographicae” (“Zoologik geografiya mutaxassisi”)
nomli
kitobini chop etdi. Unda hayvonlar migratsiyasi to‘g‘risida bir qator ma’lumotlar
bayon etilgan hamda birinchi bo‘lib “zoogeografiya” va “geografik zoologiya”
terminlari qo‘llanilgan. Shu sababli E.Simmermanni zoogeografiya fanining
asoschisi sifatida e’tirof etishgan. Tabiatshunos olim Ch. Darvinning “Turlaming
paydo bo‘lishi” (1859) asari tadqiqotchilaming hayvonlar geografiyasiga bo‘lgan
qiziqishlarini ortishida muhum o‘rin tutgan. Zoogeografiyaning
rivojlanishida
angliyalik tadqiqotchi F.Skleeteming (1858) xizmati alohida ahamiyatga ega.
Angliyalik olim A.R.Uollesning (1876) “Hayvonlaming geografik tarqalishi” asari
evolutsion zoogeografiyaning rivojlanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zoogeografiyaning fan sifatida shakllanishida R.Lidekker, P.S.Pallas, A.Vagner,
N.A.Seversov, A.F.Middendorf, E.A.Eversman, Yu.I.Semashko, G.I.Radde,
B.K.Nikolskiy, N.A.Bobrinskiy, V.G.Geptner, Ya.A.Birshteyn, I.I.Puzanov,
F.Darlington va boshqa olimlaming xizmatlari katta.
-
Hayot darajalari molekulyar xujayra, to‘qima,
organizm, tur populyatsiya,
biogeotsenoz, biosfera
xarakterlanadi, xayvonlarni tarqalishini tushuntiradi.
Skeleter (1875), Uolles (1876) yil birinchi bor quruqlik muxitini 6 ta zoogeografik
viloyatlarga ajratgan.
Umurtqali xayvonlarning Yer yuzida joylashishiga qarab quruqlik 4 yirik
geyalarga va 6 ta zoogeografik viloyatlarga bo‘linadi.
1.Paleoarktik: (yevropa, shim. Afrika. Shim va mark. Osiyo. Yaponiya)
2. Neoarktik (shimoliy Afrika)
3. Efiopiya (Xabashiston) Saxroi Kabir janubi.
4. Xindomalay (Jan. Osiyo, Malaya arxipelagi)
5. Neotropik (Jan va Mark. Amerika).
6. Avstraliya (Yangi Gvineya, yangi Zelandiya, Tasmaniya)
•
Bobriniskiy A.G, Gladkov N.A (1961), Voronov A.G. (1963) Lopatin I.K
(1980) quruqlik muxitini quyidagi zoogeografik viloyatlarga
ajratishni taklif
etishgan.
•
Golarktik (Paleartik, neoarktik – kenja viloyatlar)
•
Xindo Malay
•
Madagaskar
•
Efiopiya (Habashiston)
•
Neotropik (Markaziy va Janubiy Amerika)
•
Polineziya
•
Avstraliya
•
Yangi Zelandiya
Zoogeografiya viloyatlari yangi klassifikatsiya bo‘yicha o‘z navbatida 4 ta
yirik Geyalarga (Arktogeya, Paleogeya, Neogeya, Notogeya) kiritiladi
.
Mustaxkamlash uchun savollar:
1. Zoogeografiya fanining rivojlanish davrlarini xarakterlang
2. Zoogeografik rayonlashtirishning nazariy asoslari
3. Eramizdan oldingi davrdagi zoogeografik karashlar
4. Eramizdan keyingi davrdagi zoogeografik karashlar
5. Zoogeografiyani uygonish davridan keyingi rivojlanishi
6. O`rta Osiyo faunasini o`rganishning nazariy asoslari