Asosiy elementlar Makroelementlar Mikroelementlar
60 kg vaznli katta yoshdagi odamda asosiy elementlar miqdori
Element
|
Miqdori
|
Vazifasi
|
Asosiy elementlar
|
Kislorod (O)
|
39 kg
|
Asosiy biomolekulalar va suvning tarkibiy qismi
|
Uglerod (C)
|
11 kg
|
Asosiy organik va biomolekulalarning tarkibiy qismi
|
Vodorod (H)
|
6 kg
|
Biomolekulalar va suv tarkibiga kiradi, organism suyuqliklarining pHini belgilaydi
|
Azot (N)
|
1,5 kg
|
Oqsil va nuklein kislotalarning tarkibiy qismi
|
Makroelementlar
|
Kalsiy (Ca)
|
1000 g
|
Suyak va tishlarning tuzilishi, mushak qisqarishi va nerv impulslari o’tishida muhim
|
Fosfor (P)
|
600 g
|
Suyak va tishlarning hamda nuklein kislotalarning tarkibida
|
Kaliy (K)
|
120 g
|
Hujayra suyuqligining musbat ioni (K+) ta’minlash va mushak qisqarishi
|
Xlor (Cl)
|
100 g
|
Hujayra tashi suyuqligining manfiy ioni (Cl-) va me’da shirasi kislotaligini (HCl) ta’minlash
|
Oltingugurt (S)
|
86 g
|
Oqsil, jigar, vitamin B1 va insulinning tarkibiy qismi
|
Natriy (Na)
|
60 g
|
Hujayra tashi suyuqligining musbat ioni (Na+) ta’minlash , suv balansi, mushak qisqarishi va nerv impulslari o’tishida ishtirok etadi
|
Magniy (Mg)
|
36 g
|
Suyakning tarkibiy qismi va turli metabolik reaksiyalar ishtirokchisi
|
Mikroelementlar
|
Temir (Fe)
|
3600 mg
|
Kislorod tashuvchi gemoglabinning tarkibiy qismi
|
Kremniy (Si)
|
3000 mg
|
O’sish, suyak va tishlar, pay va terini mustahkamlash
|
Rux (Zn)
|
2000 mg
|
Hujayraning turli metabolik reaksiyalarida, DNK sintezi, suyak to’qimasi o’sishi va immun sistemadagi jarayonlarda
|
Mis (Cu)
|
240 mg
|
Qon tomirlari, qon bosimi va immune tizim shakllanishida
|
Marganes (Mn)
|
60 mg
|
Suyak o’sish, qon ivishi, metabolik reaksiyalarda qatnashadi
|
Yod (I)
|
20 mg
|
Qalqonsimon bez faoliyati uchun zarur
|
Molibden (Mo)
|
12 mg
|
Fe va N ni ovqat tarkibidan o’zlashtirish uchun kerak
|
Mishyak (As)
|
3 mg
|
O’sish va rivojlanish uchun kerak
|
Xrom (Cr)
|
3 mg
|
Qonda qand miqdorini muvozanatda ushlash va biomolekulalar sintezi uchun
|
Kobalt (Co)
|
3 mg
|
Vitamin B12 va eritrositlar tarkibiga kiradi
|
Selen (Se)
|
2 mg
|
Immun sistema, yurak va me’da osti bezi uchun muhim
|
Vanadium (V)
|
2 mg
|
Suyak va tishlarning shakllanishi va ovqatdan energiya olish uchun kerak
|
Birinchi guruh makroelementlar deb ataladi. Bu guruhga H, O, C, N, P, Ca elementlari kiradi. Bu elementlar xujayralar tarkibining 96,3 foizini tashkil etib, nuklein kislotalar, karbon suvlar, yog’, oqsil molekulalarning xosil bo’lishida aktiv ishtirok etadi.
Ikkinchi guruhga odam a'zolaridagi miqdori 0,01 foizdan to 1,0 foizgacha bo’lgan yana 6ta element (K, Na, Cl, S, Mg, Fe) kiritilib, ular oligobiogen elementlar deb ataladi.
Uchinchi guruh mikrobiogen elementlar deb atalib, bu guruhga odam tanasidagi miqdori 0,01 foizdan kam bo’lgan biogen elementlar kiritilgan. Bunday mikrobiogen elementlardan 15 tasi (temir, yod, mis, rux, kobalt, xrom, molibden, nikel, vanadiy, selen, marganets, margimush, ftor, kremniy, litiy) organizm uchun hayotiy zarur bolgan elementlardir. Bu elementlar essensial elementlar deb ataladi. Bu elementlarsiz organizm na o’sa oladi, na rivojlana oladi, na oz hayot faoliyatini to’xtata oladi. O’zgaruvchan valentlikka ega bo’lgan elementlardan 5 tasi (ruxdan tashqari) kompleks birikmalar hosil qilish hususiyatiga ega bo’lgan (Mn, Co, Cu, Mo) elementlardir. Bu elementlar oqsil moddalar bilan birgalikda metallofermentlar, metalloproteinlar tarkibiga kiradi.*
Hozirgacha ma'lum bo’lgan 760 ga yaqin fermentlardan choragi metallofermentlardir.
Biogen elementlar tabiatda u yoki bu xududda tarqalganligi bo’yicha biogeokimyoviy muhitlarni tashkil qiladi. Bu muxit bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar endemik kasalliklar turiga kiradi. Masalan, yod yetishmovchiligi bilan bo’qoq kasalligi, ftor ortiqchaligi bilan flyuaroz, stronsiy ortiqchaligi bilan stronsiyli raxit kasalliklari bog’liq. Atrofi muhitda elementlar tarqalgan konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarning yana bir turi kasb kasalliklari deyiladi. Bu kasalliklarga atrof muxitni muhofazalash masalalari yechilmaganligi olib keladi. Masalan ko’mir qazuvchilarda - antrakoz, alyuminiy ishlab chiqarish sanoatida - alyuminoz, shisha, g’isht ishlab chiqarish (silikat ) sanoatida silikoz kasalligi rivojlanishi kuzatiladi.
Organizmda mineral moddalarning disbalansi bilan bog’liq holatlar mikroelementozalar deb nomlanadi. Bu nom bilan rivojlanishi asosida makro- va mikroelementlar yetishmovchiligi, ularning disbalansi va ularning miqdoriy nisbatlari buzilishi yotadi.
Biogen elementlarning davriy jadvalda joylashgan o’rniga ko’ra s,p,d-turlarga bo’lib ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |