Mavzu: Bilishning turlari
Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi.
Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Dastlab inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o‘z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali bilishdir.
Oddiy bilish insonning kundalik hayotdagi voqea va hodisalarning o’z sezgi a’zolari orqali atrofni ong tafakkur yodamida tushunishidir.
Ilmiy bilish oddiydan farqli o’laroq tabiatdagi predmet va hodisalarning aniq qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lib bu o’z navbatida ularni yuzaki emas balki chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.
Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida subyekt va obyektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli munosabatlarning biridir.
Bilish dunyoning obyekt va subyektga bo’linishini nazarda tutadi.Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo’lgan individ. Subyekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg’ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu obyekt bo’ladi.
Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o’rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog’liq narsa va hodisalar ham obyekt bo’lishi mumkin. «Obyekt» tushunchasini obyektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o’rganish «obyekti»ga aylanishidan oldin ham obyektiv mavjud bo’lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o’rganish «obyektlari»ga aylangan
Do'stlaringiz bilan baham: |