9-A sinf I-guruh
|
9-A sinf II- guruh
|
9-B sinf I-guruh
|
9-B sinf II-guruh
|
|
|
|
|
2-dars. Modelning turlari
Dars ta`limiy maqsadi O‘quvchilarga modelnig abstrakt, fizik, biologik turlari haqida ma’lumot berish, ularda masalaning mohiyatiga qarab model tanlash ko‘nikmasini hosil qilish
Dars tarbiyaviy maqsadi: O`zaro hurmat, o`zaro yordam ko`nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni ijodiy izlanish orqali bilim olishga o`rgatish
Dars turi : Yangi bilim berish
Dars metodi : suhbat
Dars jixozi : Ko`rgazma, test , slayd,
Darsning borishi:
-
Tashkil etish (1- minut)
-
Davomat va dars tayyorgaligini tekshirish (2 minut)
-
Uy ishini tekshirish (2 minut)
-
O’tgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish (10 minut)
Mavzuni yoritish: (15 minut)
Ko‘p hollarda ma’lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma’nodagi nusxasi o‘rganiladi. Bunga bir tomondan, ma’lum bir sabablarga ko‘ra (chaqmoqning turg‘un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag‘ talab etishi yoki inson hayotiga havf tug‘dirishi va hokazo) haqiqiy obyektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganishning ilojisi bo‘lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma’nodagi nusxasini o‘rganish yetarli bo‘ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan soxaning talablariga javob berishi kerak bo‘ladi.
Model – haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nusxasidir.
Model so‘zi (lotincha modulus – o‘lchov, me’yor) samolyotsozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to‘garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo‘lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo‘lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo‘lib siz bilgan o‘yinchoq; chaqmoqning modeli bo‘lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandlash elektrodining yonishi; insonning modeli bo‘lib uning hujayrasi yoki qo‘g‘irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo‘lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi.
Modellar ob’yektlarni ifodalash vositalariga qarab quyidagi uch turga bo‘linadi:
1. Abstrakt modellar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.
Matematik modellar obyektning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga avvalgi darslardagi misollar eslatib o‘tiladi.
Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jaroyonini shakllanishini ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste’mol, ish bilan bandlik, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. O‘quvchilarga iqtisod fanidan olgan bilimlari asosida biror iqtisodiy formulani izohlab berishni vazifa qilib topshiriladi.
2. Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi asl nusxasi kabi bo‘ladi, lekin undan miqdor (o‘lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellari bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar bu kabi modellarga ko‘plab misollar keltira olishadi.
3. Biologik model turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo‘llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rish imkonini beradi. Biologik jarayonlar avval biologik modellarda o‘rganilishiga nima sabab bo‘lishi izohlanadi.
Kompyuter yordamida biologik jarayonlarning modellarini kuzatish haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Inson kasalligini aniqlash uchun kompyuter tamografiyasining imkoniyatlari haqida so‘zlab berilsa o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqish yanada kuchayadi.
Quyida iqtisodiy, fizik va biologik jaroyonlarning matematik modellariga misol ko‘ramiz.
1 – masala. Bankka yiliga A foizli daromad olish uchun qo‘yilgan X so‘m pulning T yildan keyingi holatini ifodalovchi model tuzing.
Yechish. 1-yil oxirida olinadigan daromad so‘m bo‘ladi. Shuning uchun yil oxirida bankdagi pul so‘m bo‘ladi.
Ikkinchi yil oxirida olinadigan daromad so‘m bo‘ladi. Ikkinchi yil oxirida bankdagi pul so‘m bo‘ladi. Shunday hisob-kitob ishlarini bajarib T yildan keyin bankdagi pul
so‘m bo‘lishi topiladi.
2 – masala. Bosimi P, egallagan hajmi V va temperaturasi T bo‘lgan ideal gazning holatini ifodalovchi matematik model tuzing.
Bu masalaning yechimini Klayperon formulasi beradi, ya’ni ideal gazning bosimi, hajmi va temperaturasi quyidagicha bog‘langan:
.
Bu formula ideal gazning temperaturasining o‘zgarishi bosim yoki hajmning o‘zgarishiga sabab bo‘lishini yaqqol ifoda etadi.
3 – masala. Yer atrofida H kilometr balandlikda uchayotgan kosmik kemaning tezligiga ko‘ra uning harakati modelini tuzing.
Ma’lumki, fizikada kemaning birinchi kosmik tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi
,
bu yerda g – Yerga erkin tushish tezlanishi, R = RYer + H, RYer – Yer radiusi. Bundan V 7,92 km/sek ekanligi topiladi. Agar kosmik kema shu tezlikda harakat qilsa, uning harakat trayektoriyasi (harakat chizig‘i) aylana kabi bo‘ladi. Kosmik kemaning tezligi birinchi kosmik tezlikdan kichik bo‘lsa Yerga qulab tushadi. Agar kema ikkinchi kosmik tezlikda harakat qilsa, uning harakat trayektoriyasi ellipssimon bo‘ladi. Uchinchi kosmik tezlikdagina kosmik kema Yerning tortish kuchini yengib boshqa planetalarga ucha oladi.
4 – masala. Gulning o‘sish jarayoni modelini tuzing.
Bu masalaning modeli quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi:
bu yerda t – vaqt, T – havo temperaturasi, I – yorug‘lik miqdori, H – gul tanasidagi namlik miqdori, , , – temperatura, yorug‘lik, namlikka mos doimiy kattaliklar.
Mavzuni mustahkamlash: (10 minut)
Darslikdagi model turlari aks etgan 3- rasmni MS Word dasturi yordamida bajarish
Darsni yakunlash (5 minut)
-
Baholash
2. Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 3-mashq.
2. Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq)
O‘TBDIO’ : Ziyayeva R
Do'stlaringiz bilan baham: |