Mavzu: Bilish nazaryasi: asosiy muammolari va yunalishlari. REJA: - Bilish jarayoning falsafiy tahlili;
- Bilishning subyekt va obyekti
- Bilish turlari
- Hissiy va mantiqiy bilish.
- Asosiy falsafiy muammolar va ularning o‘ziga xosligi
- Asosiy falsafiy yunalishlash.
BILISH : Insonning o’zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga munosabatlaridan biri – bilish hisoblanadi. Ayrim faylasuflar fikriga ko’ra, “inson o’zini va dunyoni biliishga shubha bilan qaraydi, inson dunyoni to’’liq bilolmaydi”deb insonning bilish nuqtasini chegaralaydi. O’rta Osiyo va boshqa xalqlarning bilish nazariyasi. • O’rta Osiyo mutafakkirlari FAROBIY, BERUNIY, IBN SINO, ULUG’BEK, NAVOIYlar ham insonning dunyoni va o’zini bilish masalasi haqida to’xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli- faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb ko’rsatishgan. • Mashhur olimlardan biri nemis faylasufi I. Kant –” insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni “ narsalar biz uchun” va narsalar o’zaida”ga bo’ladi”. Bunga ko’ra narsalarning erkinlik va o’lmaslik tushunchalarini inson bilmaydi degan qarashni yuzaga keltiradi. •Fransuz faylasufi DEKART esa, insonning o’zi va dunyoni bilishi haqida to’xtalib, birdan- bir to’g’ri bilish bu – TAFAKKURdir deydi. Bilishning subyekti va obyekti. SUBYEKTLAR; •Bilishning subyekti sifatida borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita, muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar jamoasi tashkil qiladi. OBYEKTLAR; •Bilishning obyekti esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishiga qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. Bilishning predmeti ham mavjud bo’lib, bunda bilish obyekti va subyektining bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir. Bilish turlari : ●Insonning bilish nazariyasi turlari shartli ravishda bir necha turlarga holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy( kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. ●Oddiy bilish insonning kundalik hayotdagi voqea va hodisalarning o’z sezgi a’zolari orqali atrofni ong tafakkur yodamida tushunishidir. ●Ilmiy bilish oddiydan farqli o’laroq tabiatdagi predmet va hodisalarning aniq qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lib b u o’z navbatida ularni yuzaki emas balki chuqurroq o’rganishni taqazo etadi. Bilishning asosiy bosqichlari: ●Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladi ●Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir. ILMIY BILISH TA’RIFI — ILMIY BILISH METODLARI ■Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. ■Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat. ■Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisadir ■ Kuzatish va eksperimentanaliz va sintez ■Tarixiylik va mantiqiylik ■Induktiv va deduktiv ■Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish ■Formallashtirish va modellashtirish MANTIQIY BILISH ■Mantiqiy bilish bu avvalo, predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi – bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. ■Aqliy bilish- borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, muhumlashgan va konkretlashgan fkriy ifodalanishidir. ■Mantiqiy bilishda inson ongi borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari – hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |