Òzbekiston Respublikasi Oliy va òrta maxsus ta'lim vazirligi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti Matematika va informatika yònalishi 110-20-guruh talabasining tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy modellar,tarmoqli semantik modellar,freymli modellar,mahsulotli modellar
Bajardi:110-20-guruh talabasi
Ashirbekova Komila
Qabul qildi: Bobobekov Shokir.
MAVZU: Bilimlar tasvirlash modellari:mantiqiy modellar,tarmoqli semantik modellar,freymli modellar,mahsulotli modellar
Reja:
Bilimlarni tasvirlash modellari turlari.
Mantiqiy model haqida tushuncha.
Mantiqiy modelni tadbiq etish.
Xulosa.
Bilim – predmet sohani tavsiflovchi bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot ko‘rinishi hisoblanib, ob‘yektni to‘la tavsiflashni ta‘minlash shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bilim uchun hos hususiyatlar ichki interpretasiyalanish, o‘z tuzilmasiga egaligi, bog‘liqligi, faolligi kabilar hisoblanadi.
Biror intellektual tizimda bilim olishni tashkil etish uchun, ularni EHM da aks ettirish lozim bo‘ladi. Buning uchun u qandaydir ko‘rinishga ega tizimlashtirilgan axborot shakliga keltiriladi. EHM da aks ettirilgan axborot prosedurali va deklarativ bo‘ladi. Prosedurali axborot dastur ko‘rinishida bo‘lib, masalani echish jarayonida amalga oshiriladi.
Deklarativ axborot dastur qayta ishlovchi ma‘lumotlarda aks ettiriladi. Bilimlarni aks ettirishning mantiqiy, tarmoqli, produksionli, freymli modellari ishlatiladi. Bilimlarni hosil qilish ikki funksiya orqali amalga oshiriladi: axborotni tashqi muhitdan olish; olingan axborotni tizimlashtirish.
Bilimlarni hosil qilishda turli ko‘rinishlar va olinayotgan axborotlarning ham har xil ko‘rinishlari mavjud. Shunga qarab bilimlarni hosil qilish tizimlari (BHKT) o‘qitish, o‘zini o‘qituvchi yoki maxsus funksiyaga moslashtirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Axborotni quyidagi ko‘rinishlarda olish mumkin: axborotlarni mantiqiy hulosalashlarsiz olish; bilim ko‘rinishiga keltirilgan axborotni olish; misollar yordamida o‘qish; metadarajada bilim olish. Ixtiyoriy ko‘rinishdagi axborot qabul qilishda bilim olish jarayoni yuz beradi. Mantiqiy xulosalashlarsiz bilim olish mexanik yodlash hisoblanadi. Bilim ko‘rinishida ifodalangan axborotlarni xulosalashlar uchun qo‘llash mumkin. SHu qatorda axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslab qolish ham ishlatilishi mumkin bo‘lib, ular navbatdagi xulosalashlar, boshqa bilimlarni va faktografik ma‘lumotlarni hosil qilishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |