Interpretatsiyalash
Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.
ET NI QO'LLASH MEZONI
Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini topish istalgan boshqa yo'llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan foydalanilganda quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi:
Ma'lumot va bilimlar ishonchli, vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi;
Bo'lishi mumkin yechimining ko'lami katta emas;
Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan tizimlar borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha olmaydilar. Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo'lgan hollarda bilimlarga asoslangan tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. Bilimlarga asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan hollarda yaxshi natija beradi;
• hech bo'lmaganda, o'z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak.
Birinchi jadvalda masalaning taqqoslangan xususiyatlariga qarab ET larni qo'llashda qayta natija olish mumkinligi keltirilgan.
1-jadval
Qollaniladi
|
Qo'llanilmaydi
|
aniq protsedura yoki algoritm yaratib bo'lmaydi, ammo yechimning evristik usullari mavjud
|
kuchli effektiv algoritmik usullar mavjuddir
|
masalani yecha oladigan ekspertlar bor
|
ekspertlar yo'q yoki juda kam
|
masala xarakteriga qarab, u diagnostika, interpretatsiya yoki prognozlash sohasiga tegishli
|
masala hisoblovchi xarakterga ega
|
foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlar talqinlashtirilgan
|
aniq faktlar yoki protseduralar ma'lum
|
masalalar formal usullar yordamida yechiladi
|
masalalar protsedura usullari yoki induktiv holda yechiladi
|
bilimlar (o'zgarmas doimiy) statik
|
bilimlar dinamik vaqt o'tishi bilan o'zgaradi
|
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas:
Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura tahlili yordamida yechiladigan masalalarda;
Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida yechiladi;
Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |