Mavzu: Bichish. Taxtalarni bichish sxemasi. Reja: Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari Arralangan materiallarni saralash


Arralangan materiallarni saralash



Download 142 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi142 Kb.
#907467
1   2
Bog'liq
13-Mavzu2

Arralangan materiallarni saralash
Saralash maydonida taxtani uzatuvchi konveyerli lenta va tashlovchi tokcha orasidan odamlarni o‘tishini taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Tashlovchi tokcha qarshisiga taxtani zanjirli konveyer tashqarisiga chiqib ketishini chegaralovchi to‘siq o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Konveyerda taxtaning harakatlanuv maydoniga, maydonni ikki tomonidan har 20 m da ko‘tarilish uchun narvonlar bo‘lishi lozim.
Taxtani tepa qavatidan pastki qavatdagi saralash maydoniga tushirish zonasi to‘silgan bo‘lishi lozim.
Konveyerdan paketlarga taxtalarni qo‘lda tashilishini yengillashtirish uchun rolik bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Paketlar orasidagi oraliqlari 0,7 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Paketlar uchun mo‘ljallangan tagliklar avtoulovning yukni ushlovchi moslamasining o‘lchovlariga mos kelishi lozim.
Paketning muvozanatini ta’minlash uchun har 300 – 400 mm balandlikda uchtadan kam bo‘lmagan bir xil qalinlikdagi oraliq qistirmalari qo‘yilishi va ularning uchlari paket chegarasidan chiqib turmasligi lozim.
Avtomatik yoki yarim avtomatik saralash maydonlaridagi taxtani paketlarga yuborilayotgan hududi to‘silgan bo‘lishi lozim.
Arralangan materiallarni kamerada quritish
Quritish bloklarini rels yo‘llarining holati (temir yo‘l izi kengligini doimiyligi, qiyshaygan joylarini yo‘qligi, relslarni travers aravachasi bilan birlashish holati) har yarim yilda tekshirilishi va dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Trek va travers aravachalarida shtabellarni yurgazilishi piyodalar tezligida bo‘lishi lozim.
Travers aravachasi harakati vaqtida shtabellar tushib ketmasligini oldini oluvchi tirgovichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Travers aravachasining elektr yurgizuvchisining ta’minlash kabeli, kanatda sirtmoqsimon halqalar yordamida osilgan tarzda bo‘lishi va aravachaning harakati vaqtida bemalol surilishi lozim.
Shtabelni travers aravachalariga yuklash yoki tushirish vaqtida uni ushlab turish uchun fiksator bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Travers aravachani oxirgi holatida saqlab qolish uchun, relslarda chegaralovchi- tirgovich o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Quritish shtabellarini to‘g‘ri qo‘yilganligini rels yo‘llarida qo‘yilgan gabarit andoza orqali tekshirilishi lozim.
Quritish kameralarini yoritish 42V dan oshmaydigan kuchlanishdagi ko‘chma elektr yoritgichlar orqali amalga oshirilishi hamda uni ulanishi va o‘chirilishi kameraning tashqarisida bo‘lishi lozim.
Quritish rejimini masofadan boshqarilishi va quritish jarayonini sozlash avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Quritish kamerasi ichida ishlarni amalga oshirish havoni harorati 400 S dan past bo‘lganda ruxsat etiladi. Quritish kamerasining kirish eshigi oldida navbatchi ishchi qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Arralangan materiallarni namligini quritish vaqtida bilish uchun, tekshiruv namunalari boshqaruv koridori tomonidagi yuqori haroratli kameralar devoridagi tuynuk orqali maxsus moslamalar bilan olinishi va qo‘yilishiga ruxsat etiladi.
Quritish kameralarining darvoza eshikchalari kameraning tashqarisi va ichkarisidan ham ochiladigan hamda havo zanjirlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Tutun quvurlarining shibyerlari poldan turib ularni yopilishiga imkon beruvchi va shiberni inidan chiqib ketishini oldini oluvchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. S.A. Azimov. Duradgorlik. – T.: «Sharq», 2004. 2. A.I. Vorobyov. Mehnat ta’limi. – T., 1993. 3. N.M. Zohidov.

  2. Yog‘ochsozlik va metall bilan ishlash. – T., 2007. 4. N. Jo‘rayev, T. Fayzullayev. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – T., 2009. 5. A. To‘xtayev.

  3. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. – T.: «O‘qituvchi», 1994. 6. S.N. Usmonov, Y.T. Dadaboyev.

  4. Bozor iqtisodiyoti asoslari. – T.: «Fan», 1999. 7. U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov. Iqtisodiyot va tadbirkorlik. – T.: «O‘qituvchi», 2004.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish