2.3. Begona o’tlarga qarshi kurash choralari
1. Begona o‘tlar klassifikatsiyasi. 0 ‘zbekistonda begona o'tlaming
72 ta oilaga mansub bo'lgan 841 turi uchraydi. Shundan 519 turi bir yillik, 322 turi esa ko‘p yillik o‘sim!iklardir. Ishlab chiqarish sharoitida esa, ulaming muhim biologik xususiyatlari, ya’ni oziqlanishi yashash davri va ko‘payish usuliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi.Parazit begona o tlar. Parazit begona o‘tlar noparazit begona o‘tlar yoki madaniy o‘simliklar bilan birga yashab, ular hisobiga oziqlanadi.
Ular haqiqiy va yarim parazit begona o'tlaiga bo'linadi. 0 ‘zbekistonda haqiqiy parazit begona o‘tlar poya paraziti va ildiz parazitlariga bo'linadi.
Poya parazitlari. Parazit begona o'tlarning bu guruhiga pechakguldoshlar (Cussutaseae) oilasiga kiradigan pechaklaming barcha turi kiradi. Ular karantin begona o‘tlar hisoblanadi. Bu begona o‘tlar ingichka poyaU va yo‘g‘on poyalilarga bo‘linadi.
Ingichka poyali parazitlarga sebarga zarpechagi, kipriksimon zarpechak, zig'ir zarpechagi kiradi. 0 ‘zbekistonda yo‘g‘on poyali parazitlardan Leman zaфechagi yoki devpechak ko‘proq uchraydi. Ildiz parazitlariga shumg‘iyalaming barcha turlari kiradi. Ulardan eng zararlisi tamaki shumg'iyasi, kungaboqar shumg'iyasi, Misr shumg‘iyasi, beda shumg‘iyasidir. 0 ‘zbekistonda shumg‘iyaning ikki turi: kungaboqar va misr shumg'iyasi uchraydi.
Noparazit begona o'tlar. Bu guruhga yashil baxgga va ildiz sistemasiga ega bo'lgan hamda tuproqdagi suv oziq moddani bevosita o‘zi o‘zlashtiradigan va mustaqil hayot kechiradigan begona o‘tlar kiradi. 0 ‘suv davrining qisqa yoki uzunligiga qarab, begona o'tlar bir yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga boiinadi. Bir yillik va ikki yillik begona o'tlar o'z hayoti davomida bir marta, ko'p yilliklari esa har yili bir necha marta urug' beradi.
Bir yillik begona o'tlar eng ko'p va keng tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ular faqat urug'idan ko'payadi. Ko'pchilik bir yillik begona o'tlar (itqo'noq, oqsho'ra, olabo'ta va boshqalar) geterokarpiya, ya’ni har xil kattalikdagi urug' hosil qilish xususiyatiga ega.
Bir yillik begona o'tlar o'z navbatida, urug'larining unib chiqish muddatlariga qarab efemerlar, bahorgi, qishlovchi va kuzgi begona o'tlar kabi bioguruhlarga bo'linadi.
Efemerlarning o'suv davri qisqa bo'lib, ulaming hayoti unib chiqishidan urug' yetilguncha 1,5-2 oy davom etadi. Bunga lolaqizg'aldoq, yulduz o't va boshqalar misol bo'ladi. Kuzda unib chiqqanlari qishlaydi. Ular kuzgi boshoqli g'alla, birinchi yilgi beda, kuzgi piyoz va boshqa ekinlar orasida ko'p uchraydi. Bahorgi begona o‘tlar o‘z navbatida erta va kechki bahorgilarga bo‘linadi. Erta bahorgi begona o'tlaming maysalari bahorda va kuzda chiqadi, mavsumda bir marta urug‘ beradi. Bularga yowoyi suli, olabo‘ta kabi o‘tlar misol bo‘la oladi.
Kechki bahorgi begona o‘tlaming urug‘i tuproq yetarli qizigandagina unib chiqib, sekin rivojlanadi. Masalan, yowoyi gultojixo‘roz, semizo‘t, shamak, ituzum, tuyaqorin va boshqalar.
Begona o‘tlarga qarshi kurashda ular urug‘larining tinim davrini va ma’lum vaqtda hayotchanligini saqlash qobiliyatini bilish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, bir qancha mayda urug‘li bahorgi begona o‘tlarning urug‘i 1-2 sm chuqurlikdan bemalol unib chiqsa, 5 sm va undan ortiqroq chuqurlikda esa mutlaqo unib chiqmaydi.
Itqo‘noqning urug‘i 10-12 sm, yowoyi suli 20 sm chuqurlikdan ham unib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |